MAQOLA

MAQOLA

Tuzuvchi: To'raboyev Behzodjon
MAQOLA

Taxliliy publitsistikaning markaziy janri maqoladir. Maqola so'zi arabcha bo'lib, aytilgan so'z degan ma'noni bildiradi. Maqola deb jamiyat xayotining biror soxasi buyicha ma'lum bir masala, muammo ko'tarib chiqilgan publitsistik materialga aytiladi. Maqolada muayyan mavzu yuzasidan xayotdan olingan fakt, voqea va xodisalarni umumlashtirish asosida ma'lum bir fikrlar, taklif va mulohazalar oldinga suriladi, ilmiy, nazariy, amaliy va publitsistik — ijtimoiy-siyosiy xulosalar chiqariladi. Publitsistikaning bu janri insonning tashki dunyoni bilishdagi eng muhim nazariy uslubi - deduksiya, taxlil, tadqiqotga asoslanadi. Agarda axboriy janrlar jamiyat xayotining ko'zga ko'rinib turgan tashqi jixatlari — yuz bergan voqea va xodisa, faktlarni aks ettirish, taxliliy publitsistikaning boshlang'ich janri bo'lgan korrespondensiya esa bu fakt voqea va xodisalarning sababi va oqibati, ya'ni moxiyatini bilish uchun olib borilgan dastlabki urinish, xayotning chuqur qatlamlariga kirib borish uchun quyilgan dastlabki qadamdan iborat bulsa, maqolani ana shu fakt, voqea va xodisalarning moxiyatini tula ochib berish, xayotning eng chuqur qatlamlariga keragicha, lozim darajagacha kirib borish, maqsadga imkon darajasida tula erishishga qiyos qilish mumkin, ya'ni, maqola janrining asosiy xususiyati xayotiy voqea, xodisalari, faktlar majmuasini chuqur taxlil va tadqiq etish, ulardan zarur ilmiy, amaliy va publitsistik xulosalar chiqarishdir. Boshqacha qilib aytganda maqola insonning dunyoni anglashdagi muxim quroli, bemisl vositasidir. Maqola janri jamiyat xayotining barcha soxalarini qamrab oladi. Unda ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-ishlab chiqarish, madaniy-ma'naviy xayotning barcha muxim masalalari o'z ifodasini topadi. Mazkur janrda jamiyatning shu kundagi, ayni zamondagi xayoti borasidagi fakt, voqea va xodisalar shu kun, ayni zamon uchun yoritiladi, boshqacha qilib aytganda maqola uchun eng muxim talab uning shu kun uchun zarurligi, publitsistikligidir.Maqola asosan ommaviy axborot vositalarining gazeta va jurnal kabi ko'rinishlarida, shuningdek almanax, to'plam va kitoblarda asosiy o'rin oladi. Nazariy turdagi ilmiy, adabiy- badiiy va boshqa Maqolalar asosan jurnallardan joy oladi. Gazetalarda ko'proq publitsistik Maqolalar bosiladi. Ommaviy axborot vositalarining radio va telvedeniya kabi ko'rinishlarida Maqola janri radio chiqishlar va televizion kursatuvlar degan nom bilan o'z aksini topadi. Axborot agentliklar ham ayrim xollarda Maqola janridan foydalanadilar. Internetda ham Maqola beriladi va u sayt degan nom oladi.Maqola qaysi xil va turda bo'lmasin ma'lum bir umumiy tuzilishga, kompozitsiyaga ega bo'ladi. Maqolada birinchi o'rinda unda oldinga surilayotgan fikr, aytilmoqchi bo'lgan ma'no turadi. Ya'ni jurnalist hayotning ma'lum bir soxasi, ma'lum bir mavzu bo'yicha olib borgan kuzatishlari, topgan fakt va yangilikari, bo'lib o'tgan voqea va xodisalar asosida o'quvchiga yangi bir fikr, yangi gap aytishi lozim. Bu esa muallifning bu soxani qanchalik yaxshi bilishi, uning barcha tomonlaridan xabardor bulishi, o'sha soxa uchun qanday yangiliklar, yangi echimlar taklif qila olishidan kelib chiqadi. Bu esa jurnalistdan o'sha soxa bo'yicha chuqur ixtisoslikka ega bo'lishini talab qiladi. Masalan, sanoat haqida Maqola yozish uchun shu soxaning yetuk mutaxassisi darajasida bilish, iqtisod soxasida yozish uchun esa iqsodchi, huquq soxasida yozish uchun esa huquqshunos, san'atga oid Maqola yozish uchun san'atshunos bo'lish, yoki bu soxani chuqur bilib olish shart. Maqola ijtimoiy hayotning barcha soxalarini aks ettirar ekan, u o'z navbatida mavzu jixatidan turli xillarga bo'linadi. Bular — ijtimoiy-siyosiy mavzulardagi Maqolalar, iqtisodiy- ishlab chiqarishga bag'ishlangan Maqolalar va madaniy-manaviy mavzularga tegishli Maqolalardir.

MENYU




Report Page