MAPATON: “O‘zsuvta'minot” tizimi va Geoaxborot bazasini o‘zaro integratsiya qilish 

MAPATON: “O‘zsuvta'minot” tizimi va Geoaxborot bazasini o‘zaro integratsiya qilish 



3-4 kurs talabalari diqqatiga

❗️ O‘zbekistonda ilk bor tashkillashtirilayotgan “Mapaton” tadbirida ishtirok eting va yangi tajriba, do‘st va tanishlar orttirish, yakuni bo‘yicha sertifikat va qimmatbaho sovg‘alarga ega bo‘lish imkoniyatidan foydalaning.
(Mapaton ma'lum bir mavzuda geoaxborot ma'lumotlarini shakllantirish bo‘yicha musobaqa)


Mapaton o‘tkazilish vaqti va manzili: 

📆 25-26 noyabr

📍Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani.


Asosiy Maqsad: “O‘zsuvta'minot” tizimi va Geoaxborot bazasini o‘zaro integratsiya qilish.

Mapaton qanday tashkil qilinadi? 

Mentorlar boshchiligidagi talabalar Toshkent viloyati, Yangiyo‘l tumanidagi 64 ta mahallalarda joylashgan bir qator xonadonlar bo‘yicha guruhning mobil ilova (Android OS) orqali onlayn so‘rovnoma to‘ldiradi. Natijalari soha mutaxassislari tomonidan umumlashtiriladi.


3 kun ichida nimani o‘rganasiz:

• Talabalar, Mapaton orqali gurux bo‘lib ishlash(teambuilding); 

• Mobil ilova orqali dala sharoitida geoaxborot ma'lumotlarini jamlash;

 • GAT(geoaxborot tizimlari) dasturiy ta'minotlari orqali ma'lumotlarni tahlil qilish;

•  Veb GAT orqali ma'lumotlarni vizualizatsiya qilish;

 

Talablar: 

🔹 Toshkent shahridagi INHA universiteti, Turin Politexnika Universiteti, Toshkent shahridagi ADJU Universiteti, Toshkent shahridagi Amity Universiteti, Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti, Toshkent Arxitektura - Qurilish Universiteti, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutlaridan birining kunduzgi 3 va 4 bosqich talabasi bo‘lishingiz;

🔹 GIS, geodeziya, kartografiyaga qiziqishingiz;

🔹 Mas'uliyatli va yana bir bor mas'uliyatli bo‘lishingiz;

🔹 24 noyabr (13:00-18:00) ,25-26 noyabr (8:00-20:00) kunlarida to‘liq qatnashaolish;

🔹 Android operatsion tizimga ega telefon;

🔹 Powerbank qurilmasiga ega bo‘lish;

🔹 Yaxshi kayfiyat va bilimga chanqoqlik; 

Taqdirlash: mapaton ishtirokchilariga “Ishtirokchi sertifikatlari”, g‘olib guruhlariga esa esdalik sovg‘alari topshiriladi.

Barcha anketalar 18 noyabrgacha faqatgina google form orqali qabul qilinadi. Tashkiliy masalalar yuzasidan yuqoridagi oliygoxlar @DelUnit telegram foydalanuvchiga yoki deliveryunit@asr.gov.uz orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Report Page