MANGU QALBIMIZDASIZ...

MANGU QALBIMIZDASIZ...

Rahmatulla Temirov

Buxoro davlat universiteti pedagogika fakultetida O'zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf hamda xalqimizning sevimli yozuvchisi O'tkir Hoshimov xotirasiga bag'ishlangan " Mangu qalbimizdasiz" nomli tadbir bo'lib o'tdi.


Tadbirda pedagogika fakulteti oila psixologiya ta'lim yo'nalishi 3-bosqich talabalari tomonidan har ikki ijodkorning ijodidan namunalar keltirildi. O'.Hoshimov qalamiga mansub hikoyalardan sahna ko'rinishlari, xalqimizning soddadil shoiri M.Yusuf ijodidan ajoyib she'rlar, uning qalamiga mansub qo'shiqlar ijro etildi.


Ayniqsa, shoirning Ona monologi iqtidorli talabalar tomonidan maromiga yetkazib ijro etildi.


Pedagogika fakulteti matbuot kotibi
Rahmatulla Temirov

Report Page