MANDARIN
t.me/ykfoundation
Ahamiyati: Kimyoviy tarkibi bo‘yicha ham mandarin mevalari turli-tumandir. Ayrim navlarida qand miqdori ko‘p bo‘lsa (Ponk-an, Suntara, Kishiu), boshqalar-ida organik kislotalar miqdori ko‘p bo‘lib, nisbati bo‘yicha li-monga juda yaqin turadi (mas-alan, Kalamondin va boshqalar). Ammo har qanday holatda ham mandarin mevalari boshqa sitruslar-dan vitaminlarga boyligi bilan ajralib turadi. Respublikamiz subtrop-iklari sharoitida yetishtirilgan mandarin mevalari eti tarkibida o‘rta-cha quyidagi miqdorda vitaminlar va boshqa moddalar mavjud: qand - 7,3% (shundan saxaroza - 4,9%), pektin moddalar - 0,65%, kislota-lar - 0,95%, mineral moddalar -0,45%, A vitamini - 0,42 mg/100 g, V, vitamini - 0,06 mg, V, vitamini - 0,06 mg, S vitamini - 38 mg/100 g, RR vitamini - 0,13 mg/100 g.
Aynan mandarin atamasi yevropaliklar tomonidan uning ajoyib sifatiga berilgan, ya’ni xitoy tilida mandarin «amaldor» ma’nosini anglatadi. Sanoat asosida yetishtirishda mandarinning asosiy kam-chiligi uning apelsin va boshqa sitruslarga nisbatan kam saqlanishi va transportboplik xususiyatining pastligi hisoblanadi.
Tavsiya etiladigan navlari: Ponkan, Suntara, Kishiu.
Ekish sxemasi:Mandarin burchakli sxemada ekilganda man-darin 4x2-2,5 va shaxmat tartibida ekilganda 3x2-2,5 m. sxemada ekiladi.
Tuproqni tayyorlash va ekish: Tuproqni tayyorlashga sarflana digan mehnat va moddiy harajatlar ko‘p jihatdan issiqxona may-donining to‘g‘ri tanlanganligi, tuproqning mexanik tarkibi va fizik xususiyatlari, unumdorligi va muhiti, sizot suvlarining joylashuvi va boshqa omillarga bog‘liq.
Agar issiqxona avvaldan foydalanilib kelinayotgan bo‘lsa, yer dastlab o‘tmishdosh ekin va boshqa qoldiqlardan puxta tozalana-di. Maydonni puxta tekislab olish sitrus ko‘chatlarini o‘tqazishdan oldin bajariladigan muhim tadbirlardandir. Maydon tekislanganch, tuproq unumdorligiga bog‘liq ravishda organo-mineral o‘g‘itlar so-linadi va 30-45 sm chuqurlikda shudgorlanadi.
Ko‘chatlarni o‘tqazishda ekish chuqurligiga jiddiy e’tibor ber-ish lozim. Ko‘chatlarni shunday o‘tqazish lozimki, ularning ildiz bo‘g‘zi tuproq sathida qolishi kerak. Ildiz bo‘g‘zi va payvand qil-ingan joyi tuproq ostida qolib ketgan sitruslarda gommozga chi-damlilik keskin pasayib ketishini olimlar kuzatishgan. Shu bois chuqur ekib yuborilgan daraxtlar qazib olinib, biroz ko‘ta-rilgan holda qayta ekiladi, aksincha, yuza ekilgan ko‘chatlarning bahriga esa tuproq tortib qo‘yiladi.
Parvarishlash: Ko‘chatlarning yaxshi tutib ketishi, normal o‘sib rivojlanishi va erta hosilga kirishi ularni muntazam va sifatli ravishda parvarishlab turishga bog‘liqdir.
Ko‘chatlar ekib bo‘lingach, tuproq yumshatilib, begona o‘tlar yo‘qotib turiladi.
Azotli o‘g‘itlar har yili daraxtlarning yoshi va tuproqning unum-dorlik darajasini hisobga olgan holda taxminan quyidagi miqdor-da beriladi: 1-3 yoshli daraxtlarga 30-50g; 4-5 yoshli daraxtlarga 60-90g; 6-8 yoshli daraxtlarga 100-150 g va 9 yoshdan ortiq da-raxtlarga 250-300 g. Bunda umumiy me’yorning 60 foizi bahorda gullashdan oldin va qolgan 40 foizi gullash yakunlangandan so‘ng iyun oyida beriladi.
Mandarinko‘chatlariga shakl berishni ko‘chatzordayoq bosh-lash lozim. Pakana mandarin payvand ko‘chatlari 15-20 sm ga yet-ganda uning uchi yaxshi rivojlangan barg ustidan chilpib qo‘yiladi. Birmuncha vaqtdan so‘sh barg qo‘ltiqlaridagi kurtaklardan novda-lar o‘sib chiqadi. Ulardan ko‘chat tanachasida teng oralikda joy-lashgan 3-4 novda shox-shabbani shakllantirish uchun qoldiriladi. Mazkur shoxlar 25-30 sm uzunlikka yetgach, 3-5 kurtak qoldirilib, ularning ham uchi chilpib qo‘yiladi. Bunda oxirgi kurtak tup ichi-ga emas, balki tashqariga qaragan bo‘lishi lozim. Biroz muddatdan so‘ng birinchi tartib shoxlarda ikkinchi tartib shoxlar paydo bo‘la boshlaydi. Ikkinchi tartib birinchi novda bilan tana oralig‘idagi masofa imkon qadar 15-20 sm bo‘lishiga erishish lozim. Ikkinchi tartib shoxlar ham yuqoridagi tartibda chilpib qo‘yilib, navbatdagi tartib shoxlar shakllantiriladi.
Shu tariqa keyingi tartib shoxlar shakllantirib boriladi. Bunda juda qalinlashib ketgan, keraksiz va g‘ovlovchi novdalar tagidan kesib tashlab turiladi.
Kasallik va zarakunandalariga qarshi kurash: Sitrus ekinlari-da malsekko, gommoz, alternarioz, fitoftoroz, antraknoz va boshqa kasalliklar, zararkunandalardan shira bitlari, qalqondorlar, oqqanot va o‘rgimchakkana keng tarqalgan.
Shiralar sitruslarning o‘suv nuqtasi va yosh barglarining shirasi ni so‘rib kuchli zarar yetkazadi. Shira bosgan nihollar va barglar deformatsiyaga uchrab, buralib ketadi.
Shiralarnish yashi joylarga ko‘chishida chumolilar yordam be-radi. Shu bois shiralarga qarshi kurashishda chumolilarga qarshi kurashishni ham ko‘zda tutish lozim.
Kurash choralari. Avvalo shiralarning ko‘payishi va tarqalish-sha imkon beruvchi chumolilar yo‘qotiladi. Agrotexnika qoidalari ga qatiy rioya qilinadi. Issiqxonalarda biologik usulda kurashib afidofag (oltinko‘z, xonqizi, va h.k.) hasharotlarni qo‘yib yuborish juda yaxshi natija beradi. Zarur hollarda Kinmiks, Nurell-D, Detsis kabi preparatlar purkaladi. Prsnaratlar purkalgan hollarda 20 kun-gacha hosil yigishga ruxsat etilmaydi.
Qalqondorlar aniqlanganda shira bitlaridagi singari avvalo chu-molilarni yo‘qotish choralari ko‘riladi. Qalqondorlarni namlangan doka bilan artib olinadi. Kuchli zararlangan shoxlar va novdalar kesib tashlanadi. Zararkunanda katta maydonda tarqalgan bo‘lsa, o‘simliklarga karbofos, deltafos va bogaqa kimyoviy preparatlar purkaladi.
Agrotexnika koidalarsha qat’iy rioya qilish, nihozsharni to‘g‘ri parvarishlash, ildiz bo‘g‘zi tuproq bilan ko‘milib kolshpiga yo‘l ko‘ymaslik, tuprokni muntazam yumshatib turish, tuproq namligi keragidan ortiq bo‘lmaslshini ta’minlash, xandaqlarni muntazam shamollatib turish, profilaktika maqsadida kuzda xandaqlar ustini yopishdan oldin va bahorda usti ochilganidan keyin daraxtlarga 1% li Bordo suyukligi purkash tavsiya qilinadi. Daraxt po‘stlog‘ining zararlangan qismi bog‘ pichog‘i yordamida ehtiyotkorlik bilan (yog‘och qismiga yetkazmasdan) tozalanadi, va joy mis sulfatning 3% li eritmasi bilan yuviladi, 2-3 kundan so‘ng tarkibida 1 qism mis sulfat, 2 qism so‘ndirilmagan ohak yoki 4 qism so‘ndirilgan ohak va 12 qism suv bo‘lgan pasta surtiladi.
Mevalarni terib olish: oktabr-noyabr oylarida, ya’ni ular sarg‘a yib tabiiy ravishda to‘kila boshlagan davrda amalga oshiriladi.
Ko‘chatlar ekilgandan so‘ng 3-4 yili hosilga kiradi. Har yili hosil beradi, hosildorligi sharoit yaxshi kelgan yillarda 20-25 t/ga gacha.
Iqtisodiy samaradorligi: Mandarin10 sotix issiqxonaga 4x2 m sxemada ekiladigan bo‘lsa, 125 dona ko‘chat ketadi. 125 dona ko‘chatimiz 3-5 yildan so‘ng hosilga kirib, 1 dona mandarin da-raxtidan o‘rtacha naviga qarab 30 kg hosil olinadigan bo‘lsa, jami 3750 kg hosil olishimiz mumkin. 3750 kg mandarin o‘rtacha 18 000 so‘mdan sotadigan bo‘lsak 67 500 000 so‘m daromad kel tiradi. Issiqxona qurish va issiqxonadagi haroratni bir me’yorda ushlab turish katta xarajat talab etadi. O‘zbekiston Respublikasiga chet davlatlardan kirib kelayotgan apelsin mevalari tannarxi arzon shuning uchun iqtisodiy tomondan samaradorligi past hisoblanadi.