MA'NAVIYAT ZIYOSI.
Ибрат

Yurtboshimiz ham yurtimiz kelajagi bo'lmish farzandlarimiz tarbiyasi ma'naviyatli ota onalar qo'lida ekanligi,
tarbiyasi bilan ma'naviyatli, mukammal dunyoviy bilimlarga ega, dinni asl mohiyatini tushunadigan ota onalar shug'ullanishi lozimligi haqida har qaysi chiqishlarida kuyunib gapiradilar.









YANGI O'ZBEKISTON STRATEGIYASI kitobida Kitobxon millat tamoyili asosida kitobxonlikni keng targib qilishda ta'sirchan vositalardan foydaoanish haqida takliflar aytib o'tilgan. Shu munosabat bilan Xiva shahar Ma'naviyat Kengashi raisi, shaxar hokimi tashabbusi bilan to'ylarda oila qurayotgan yosh kelin kuyovlarga Ma'naviyat sandig'i sovg'a qilish an'anasi boshlab yuborildi. Kuni kecha 2 ta kelin tushirgan Olloberganovlar xonadoniga to'yona sifatida "Kelinlik odobi", "Kuyovlik odobi", "Ovsinchilik odobi", "Qayinotalik san'ati", "Qaynonalik sanati", "Halol nimayu, Harom nima", "Bekajonar va beklar" , "Yosh ota ona maktabi", "Baxtli oila manaviyati" kabi kitoblar Ma'naviyat sandig'ida sovg'a qilindi. Xonadon bekasi Shoira opa bu sovgadan boshi osmonga yetgani, o'zi sevib kitob o'qishi, kelinari va o'g'illariga ham ushbu kitoblarni o'qishlari uchun zamin yaratib berishligi hakida aytib, minnatdorchilik bildirdi.
👉Telegram (https://t.me/Xiva_MM)👈
👉Fasebook (https://www.facebook.com/groups/386077966499988/)👈