MAMLAKAT YOSHLARINING HAR BIR VAKILI E’TIBOR MARKAZIDADIR

MAMLAKAT YOSHLARINING HAR BIR VAKILI E’TIBOR MARKAZIDADIR

www.milliygvardiya.uz

Mamlakatimizda sogʻlom va barkamol avlodni tarbiyalash, maʼnaviy-axloqiy, jismonan yetuk, vatanparvar, milliy anʼana va qadriyatlarimizga sadoqatli yoshlarni voyaga yetkazish, ularni amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarning faol va jonkuyar ishtirokchisiga aylantirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning oldini olish, alohida sharoitlarda tarbiyalash va taʼlim berishga muhtoj boʻlgan yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzurida Sirdaryo viloyati Baxt shahrida Respublika oʻgʻil bolalar oʻquv-tarbiya muassasasi tashkil etilganligi va u Milliy gvardiyaga biriktirilganligi hammamizga maʼlum.

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondonligi tashabbusi ostida ushbu oʻquv-tarbiya muassasasida Qaror loyihasi boʻyicha vazifalar qisqa muddat ichida belgilanib, yurtboshimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus yoʻnalishlari boʻyicha bir qator tashkilotlar hamkorligidagi ishlar amalda yoʻlga qoʻyildi.

@milliygvardiyauz_official

Xususan, birinchi yoʻnalish boʻyicha yoshlarda sanʼatga boʻlgan qiziqishni orttirish maqsadida Oʻzbekistonda xizmat olib borayotgan taniqli aktyor va aktrisalar bilan turli xil ijodiy uchrashuvlar oʻtkazilishi yoʻlga qoʻyilib, “Quvnoqlar va zukkolar” jamoalarining chiqishlari hamda konsert dasturlari, Harbiy-texnik instituti orkestri jamoasi va “Alvon beretlar” badiiy havaskorlik ansambli oʻz faoliyatini ushbu maktabga bogʻlagan holda tarbiyalanuvchilar uchun maxsus musiqiy dasturlar ustida ish olib bormoqdalar.

@milliygvardiyauz_official
@milliygvardiyauz_official

Ikkinchi yoʻnalish ijrosi boʻyicha esa ushbu muassasada tarbiyalanuvchilarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilish maqsadida sportning futbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat va shashka turlari boʻyicha musobaqalar tashkillashtirilib, sport tadbirlarida faol qatnashgan va gʻoliblikni qoʻlga kiritgan yoshlar munosib taqdirlanib borilishi yoʻlga qoʻyildi.

Shu jumladan, mazkur oʻquv-tarbiya muassasasida mashhur sportchilar bilan ham uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Misol uchun, Olimpiada-2016 chempioni, bir qator Oʻzbekiston va xalqaro musobaqalar gʻolibi Xasanboy Doʻsmatov bilan boʻlib oʻtgan uchrashuv yoshlarda katta taassurot qoldirdi. Doʻstona suhbat soʻngida chempion oʻquvchi yoshlar uchun sportning boks turi boʻyicha qisqa va eng kerakli mashgʻulotlardan master-klass koʻrsatib mashgʻulot mobaynida bir qator iqtidorli sportchilar mavjudligi aniqlandi.

@milliygvardiyauz_official

Toʻrtinchi yoʻnalishda belgilangandek yoshlarning maʼnaviyatini yuksaltirish hamda ular oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish maqsadida Harbiy-texnik instituti professor-oʻqituvchilari tomonidan davra suhbatlari va kitob mutoalasi boʻyicha madaniy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazilib kelinmoqda.

@milliygvardiyauz_official

Mazkur oʻquv-tarbiya muassasasida “Jinoyatchilikka qarshi birga kurashamiz” shiori ostida oʻtkazilgan tanlovning “Jinoyat va jazo” mavzusida tayyorlangan oʻquvchilar ishtirokidagi sahna koʻrinishlari har bir tomoshabin oʻquvchiga oʻz taʼsirini koʻrsata oldi.

Respublika oʻgʻil bolalar oʻquv-tarbiya muassasasida 5 ta muhim tashabbusning har bir yoʻnalishi boʻyicha maxsus toʻgaraklar tashkil etilgan boʻlib, tarbiyalanuvchilar iqtidori va qobiliyatlariga koʻra guruhlarga biriktirilgan.

Kuni-kecha Milliy gvardiya qoʻmondoni general-polkovnik B.Tashmatov va Sirdaryo viloyati hokimi Gʻ.Mirzayevlar oʻquv muassasasining faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida tarbiyalanuvchilar bilan uchrashuv oʻtkazdilar.

@milliygvardiyauz_official

Suhbat davomida Milliy gvardiya qoʻmondonligi iqtidorli yigitlarga kelgusida oʻzlari qiziqqan kasbiy yoʻnalishda oʻqish va ishlash imkoniyatiga ega boʻlishga koʻmaklashishini, hech bir tarbiyalanuvchi eʼtibordan chekkada qolmasligini bildirib, ushbu maktab ularning hayot yoʻli ekanligiga, avvalo, oʻzlari ishonishlari lozimligini, qolaversa, kelajagi uchun harakat qilayotgan har bir oʻsmir yigit, albatta, jamiyatda oʻz oʻrnini topa olishini taʼkidladilar.

Yuqorida aytilgan fikrlar isboti sifatida bir qator yigitlarning qobiliyatlari munosib baholanib, ularning kelgusi faoliyatlari yuzasidan mutasaddi rahbarlarga topshiriqlar berilganini keltirishimiz mumkin.

Yurtboshimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus oʻquv-tarbiya muassasasi oʻquvchilarining hayotida muhim ahamiyat kasb etayotgani boʻlib oʻtayotgan ochiq suhbatlarda tarbiyalanuvchilarning oʻzlariga va kelajakka boʻlgan ishonchlari ortishida aks etmoqda.

Report Page