MA`LUMOT

MA`LUMOT


2024-yil 23-iyun kungi tasdiqlangan xizmat taqsimotiga asosan, M-39 “Toshkent-Termiz” avtomobil yo‘lining 954-970-km.ga xizmatga jalb etilgan, yo‘l-patrul xizmati inspektori safdor U.Yu. xizmati davomida, soat taxminan 11:03lar atrofida “Termiz-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib ketayotgan “Xyundai sanata” rusumli transport vositasi haydovchisiga to‘xtash ishorasi berganida haydovchi qonuniy talabga bo‘ysinmasdan harakatlanib ketganligi, shundan so‘ng ushbu avtomobil yo‘lining 939-954-km.ga xizmatga jalb etilgan yo‘l-patrul xizmati inspektori safdor X.M.ga aloqaga chiqib ushbu avtomashinani to‘xtatish choralarini ko‘rishligini haqida xabar berganligi, ushbu avtomashina to‘xtatilganidan so‘ng YPX inspektori va haydovchi o‘rtasida o‘zaro tortishuv bo‘lganligi, YPX inspektori tomonidan haydovchiga nisbatan tegishli tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib transport vositasi vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga olib borganligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda xodimlarning xatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangan.


Jizzax viloyati IIB JXX YHXB Axborot xizmati

Report Page