MA’LUMOT

MA’LUMOT


Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali Amaliy matematika fakultetiga biriktirilgan Yangiobod tuman politexnikumida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida..

 1. 2025-yilning 31 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 16 oktabrdagi “Kasbiy ta’limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro ta’lim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-158-son farmoni ijrosi yuzasidan Amaliy matematika fakultetiga biriktirilgan Yangiobod tuman politexnikumiga o‘quv-uslubiy yordam ko‘rsatish, ta’lim sifatini oshirish hamda ularning moddiy-texnik bazasini yaxshilash maqsadida texnikumda faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilar, hodimlar va o‘quvchilar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

2.Uchrashuvda Amaliy matematika fakulteti dekani S.Aliboyev, Amaliy matematika fakulteti dekan o‘rinbosari M.Qurbonboyev hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi. Dastlab professor-o‘qituvchilar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 16 oktabrdagi “Kasbiy ta’limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro ta’lim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-158-son farmoni mazmun mohiyatini to‘liq tahlil qilib, farmon ijrosini to‘laqonli ta’minlash yuzasidan hamkorlikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar va kelgusi vazifalar yuzasidan atroflicha so‘z yuritdi.

3.Shundan so‘ng so‘zga chiqqan M.Qurbonboyev O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filialida talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, filialdagi mavjud ta’lim yo‘nalishi xususida to‘liq ma’lumot berib o‘tildi.

4. Uchrashuvning davomida Amaliy matematika fakulteti dekani S.Aliboyev Yangiobod tuman politexnikumidagi o‘qituvchilarga “Hemis axborot tizimi” haqida tushuntirish ishlarini olib bordi va texnikumda mavjud bo’lgan yo’nalishlar bo’yicha hodimlar tomonidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Undan so’ng texnikum faoliyati bilan tanishish doirasida talabalari turar joylari ham ko‘zdan kechirildi va mavjud kamchiliklar haqida tushuntirish ishlari olib borildi.

 

 



Report Page