MALAKA TALABI
Oliy, bakalavr diplomiga ega boʻlishi(magistratura, ilmiy darajaga egalik afzallik beradi)
Ustuvor ravishda ijtimoiy yoʻnalishlar (ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega shaxslarga afzalliklar beriladi) kamida 2 yil, shundan, kamida 2 yil ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy yoki davlat boshqaruvi organlarining boshqa tarmoqlarida boshqaruv yoki mutaxassis lavozimlarida ishlagan boʻlishi.
Microsoft Office dasturi (Word,Excel, Power Point va h.k),zamonaviy axborot texnologiyalarida va internet tarmogʻida mustaqil foydalanuvchi sifatida turli ish dasturlari bilan ishlash boʻyicha yetarli koʻnikmaga ega boʻlishi.
Mehnat qonunchiligidan xabardor boʻlishi;
Davlat tilini bilish (rus, ingliz va boshqa tillarni bilish afzallik hisoblanadi);
Soha boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi, normativ-huquqiy hujjat hamda standartlardan xabardor boʻlishi, doimiy ravishda malakasini oshirganligi.
Mehnat qonunchiligidan xabardor boʻlishi;
Davlat tilini bilish (rus, ingliz va boshqa tillarni bilish afzallik hisoblanadi);
Soha boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi, normativ-huquqiy hujjat hamda standartlardan xabardor boʻlishi, doimiy ravishda malakasini oshirganligi.
Oylik ish okladi 3900
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Toshkent shahar boʻlimi tasarrufidagi tuman boʻlinma bosh mutaxassislarining xizmat vazifalari YOʻRIQNOMASI
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Ustavi hamda Markaz, boʻlim rahbari buyruqlari va mehnat intizomiga qatʼiy rioya qilgan holda faoliyat olib boradi. Bunda:
tashkilot, muassasalar bilan yaqin aloqa oʻrnatadi, ular ishiga yordamlashadi, ular faoliyatini metodik muvofiqlashtiradi, ular faoliyati yuzasidan metodik nazorat olib borish ishiga rahbarlik qiladi;
targʻibot ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish;
boʻlimga kelib tushgan buyruq, qaror, xatlar va boshqa hujjatlarni roʻyxatga olish;
boʻlimga kelib tushgan hujjatlarning yagona hisob bazasini shakllantirish va yuritish;
ezgulik va insonparvarlik tamoyiliga asoslangan milliy gʻoya targʻiboti, maʼnaviy- maʼrifiy ishlarning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash;
sohalar va hududlarning oʻziga hos xususiyatlarini inobatga olgan holda, aniq maqsadga yoʻnaltirilgan targʻibot-tashviqot dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
aholi, ayniqsa, yoshlarni uzluksiz maʼnaviy tarbiyalash dinlararo bagʻrikenglik, millatlararo totuvlik va oʻzaro mehr-oqibat muhitini yanada mustahkamlashga qaratilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni amalga oshirish;
mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlari, davlat dasturlarining mazmun va mohiyatini aholining keng qatlamlariga yetkazishga qaratilgan targʻibot ishlarini amalga oshirish;
“Jaholatga qarshi maʼrifat” tamoyilidan kelib chiqqan holda dunyoda yuz berayotgan murakkab geosiyosiy va gʻoyaviy-mafkuraviy jarayonlarning mazmun- mohiyatini chuqur yoritib borish, terrorizm, diniy ekstremizm, aqidaparastlik, korrupsiya, separatizm, odam savdosi, axborot xurujlari, “ommaviy madaniyat”ning salbiy taʼsirlari, narkobiznes va boshqa tahdidlarga qarshi samarali gʻoyaviy kurash olib borish;
yurtimizning tinchligi va osoyishtaligiga rahna soladigan, xalqimizning iymon- eʼtiqodiga zarar yetkazadigan har qanday yot gʻoyalarga nisbatan ayovsiz kurashchan muhitni yaratish;
jamiyatimizning barqaror rivojlanishiga toʻsqinlik qilayotgan ichki tahdidlar, el-yurt taqdiriga loqaydlik, mahalliychilik, urugʻ-aymoqchilik, oilaviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasiga eʼtiborsizlik kabi holatlarga barham berishga qaratilgan targʻibot tadbirlarini amalga oshirish;
targʻibot-tashviqot ishlarida aholining maʼnaviy ehtiyojlari, hududiy, kasbiy hamda yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda mutanosib, maqsadli va mazmunli yondashuvni joriy etish;
oila, taʼlim tashkilotlari va mahallalarda maʼnaviy-ahloqiy tarbiyaning uzviyligini taʼminlashga koʻmaklashish;
madaniyat, adabiyot, kino, teatr, musiqa va sanʼatning barcha turlari, noshirlik- matbaa mahsulotlari, ommaviy axborot vositalarida maʼnaviy-ahloqiy mezonlar, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligiga erishish;
oila, taʼlim muassasalarida yoshlar tarbiyasi, chekka hududlar va mahallalarda uyushmagan yoshlar oʻrtasida maqsadli gʻoyaviy-tarbiyaviy ishlami tashkil etish;
mamlakat ahli, ayniqsa, yosh avlodning dunyo va yurtimiz miqyosidagi siyosiy jarayonlarga mustaqil va ongli munosabatini shakllantirish, ularda faol fuqarolik pozitsiyasini, fidoyilik va vatanparvarlik tuygʻusini kamol toptirish;
festivallar, tanlovlar va boshqa tadbirlar gʻoliblari, qatnashchilari va faxriy mehmonlarini esdalik sovgʻalari bilan mukofotlash boʻyicha takliflar tayyorlash;
media mahsulotlar ishlab chiqarish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar vakillari va mutaxassislar bilan birgalikda maʼnaviy-maʼrifiy sohaga oid tarqatma materiallar tayyorlab, amaliyotga joriy etish choralarini koʻrish;
yoshlarda sogʻlom dunyoqarash, kitobxonlik koʻnikmasini shakllantirish, internet, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan oqilona foydalanish madaniyatini oshirish, ularda gʻoyaviy va axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirish;
xalqimizning tarixiy merosi, urf-odatlari va milliy tarbiya anʼanalarini asrab- avaylash, keng aholi qatlamlari oʻrtasida oʻzaro mehr-oqibat muhitini mustahkamlash, shuningdek, jamiyatimizda sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish boʻyicha chora- tadbirlar ishlab chiqish va joriy etish;
yoshlarimiz ongiga salbiy taʼsir etuvchi, ularni gʻoyaviy jihatdan qaram etishga yoʻnaltirilgan harakatlarga qarshi samarali kurash olib borish hamda irodali, fidoyi, vatanparvar va oʻz mustaqil fikriga ega avlodni tarbiyalash boʻyicha maʼnaviy-ahloqiy tarbiya dasturlari ishlab chiqish;
ommaviy axborot vositalarida, ijtimoiy tarmoqlarda oʻz faoliyatiga doir maʼlumotlami yoritib borish;
joylarda maʼnaviy-maʼrifiy targʻibot ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish, jamoat, madaniyat va sanʼat tashkilotlari, taʼlim-tarbiya muassasalari bilan hamkorlik oʻrnatish, axborot-tahlil ishlarini amalga oshirish;
turli masalalar, muammolarga bagʻishlangan mahalliy ilmiy-amaliy konferensiya va anjumanlar tashkil etish;
maʼnaviy va maʼrifiy adabiyotlar, uslubiy qoʻllanmalar, kitoblar, plakatlar va boshqa yozma nashrlar multimediya mahsulotlar, koʻrsatuv va eshittirishlar, badiiy va hujjatli filmlar, roliklar tayyorlash va boshqalar.
___________________ ___________________