MAKTABLARIMIZDA ROSSIYALIK O‘QITUVCHILAR DARS BERADI

O‘zbekiston Respublikasida Xalq taʼlimi vazirligi va Rossiya Federatsiyasi maorif vazirligining “Zo‘r!” (“Klass”) loyihasi ikkinchi bosqichiga start berildi. Shu munosabati bilan 30-31 yanvar kunlari 47 nafar Rossiyalik o‘qituvchi va metodistlar O‘zbekistonga yetib kelishdi.

Shulardan 5 nafar Rossiyalik o‘qituvchilar viloyatimizda belgilangan 5 ta tumanda rus tili fan o‘qituvchilarga ehtiyoji bor 5 ta maktablarda faoliyat olib borishadi.

2021-yil 4-fevral kuni А.I.Gertsen Rossiya Davlat Pedagogika Universitetining “Xorijiylar uchun rus tilini o‘qitish metodikasi” kafedrasidan biriktirilgan filologiya fanlari nomzodi, dotsent Ye.V. Аdatova va katta o‘qituvchi N.V.Moiseevalar, viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi boshlig‘i D.Sadriddinova, viloyat xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish hududiy markazi rektori А.Xolmurodovlar rahbarligida viloyat malaka oshirish hududiy markazi va Jizzax shahridagi 22-ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabiga tashrif buyurishdi.

Tashrif chog‘ida rossiyalik mehmonlar malaka oshirish hududiy markazi rus tili va adabiyoti fani o‘qituvchilari guruhi tinglovchilari va 22-IDUMning rus tili va adabiyoti fani o‘qituvchilari bilan muloqatda bo‘lishdi.
Jizzax viloyat xalq ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.