MAKTABIMIZGA HOKIM KELDI

MAKTABIMIZGA HOKIM KELDI


O‘lkamizga yangilanish va yasharish fasli kirib kelishi butun maktabimiz uchun quvonarli va omadli bo‘ldi, desam, mubolag‘a bo‘lmaydi. Maktabimizda uyushtirilgan tadbirga Andijon viloyati hokimi keldi. 

Tadbir endigina boshlangan, hokim barchani Navro‘z ayyomi bilan tabriklayotgan ekan. Ustozlarim taklifi bilan men ham o‘z she’rlarimdan o‘qib berdim. Hokimimiz o‘qishdagi va jamoat isharimdagi faolligimni e’tirof etib, menga noutbuk sovg‘a qildi. Men ham viloyat rahbariga ilk nashrdan chiqqan she’riy kitobimni sovg‘a qilib, kitobim taqdimotiga taklif qildim.

Bobur nomidagi axborot kutubxonasida «Qalbim ohanglari» kitobim taqdimotini ustozim Najmiddin Ikromiy bilan birgalikda o‘tkazdik. Halim Karim, Xurshida Vahobjon qizi, Farid Usmon, Bahodir Andijoniy, Zamira Ro‘ziyeva kabi ijodkorlarning ishtirokida kechgan tadbir nafaqat meni, balki ustozlarim va maktabdoshlarimni ham quvontirdi. Tadbir mushoiraga aylanib ketdi. Ushbu kun hayotimdagi eng baxtli lahzalardan biri bo‘lib qoladi!

Anisa DOSTONOVA,

Andijon shahar 37-umumta’lim maktabining 7-«A» sinf o‘quvchisi 


Report Page