MAKTABDAGI “BULLING”DA PEDAGOGLAR UCHUN MASLAHATLAR

MAKTABDAGI “BULLING”DA PEDAGOGLAR UCHUN MASLAHATLAR

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi Axborot xizmati


Sotsiologlarning fikricha, oxirgi 10 yillarda o‘smirlar o‘rtasidagi munosabatlar salbiy tomonga o‘zgargan. Qo‘pollik odatiy holga aylanib qolgan. O‘tish yoshidagilarning bu darajada qiziqqon bo‘lib ketishlarining asosiy sababi oilaviy sharoit, maktabdagi muloqotlar deya qaralmoqda. Deyarli har bir sinfda ochiqdan-ochiq masxara qiluvchi o‘quvchilar bor. Eng katta muammo esa bu sinfdagi istalgan bolaga salbiy ta’sir o‘tkazishi mumkin.

 “BEZORILIK” TUSHUNCHASI

Inglizchadan olingan “bulling” so‘zi “bezorilik”, “urushqoqlik”, “qo‘pollik”, “tajovuzkorlik” ma’nolarini bildiradi. Ilgari ijtimoiy-psixologik va pedagogik muammolarning majmuasini anglatgan bu so‘z so‘nggi 20 yil ichida xalqaro ijtimoiy-psixologik va pedagogik atamaga aylandi. Jismonan kuchlilik, jabrlanuvchiga nisbatan shafqatsizlikning yuqoriligi bezorilikning muhim belgisidir. Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, bezorilik to‘rt asosiy komponentni o‘z ichiga oladi:

-                      tajovuzkor va salbiy xatti-harakatlar;

-                      ularni muntazam ravishda amalga oshirish;

-                      o‘zaro teng bo‘lmagan kuchga ega bo‘lgan munosabatlarning paydo bo‘lishi;

-                      qasd qilish.

BEZORILIKNING KO‘RINISHLARI

1. Jismoniy tajovuz;

2. Og‘zaki bezorilik;

3. Qo‘rqitish;

4. Yakkalash (izolyatsiya);

5. Tovlamachilik;

6. Mulkka zarar yetkazish.

NIMA UCHUN BEZORILIK BILAN KURASHISH ZARUR?

-                      Sinf iqlimini o‘zgartiradi.

-                      Boshqalarga ham salbiy ta’sir qiladi.

-                      Zo‘ravonlik qurbonlari o‘z joniga qasd qilishlari mumkin.

Nima qilmaslik kerak?

- Barcha javobgarlikni psixologga yuklamaslik;

- muammoni faqat ota-onalarga topshirmaslik;

- ishtirokchilarni (jabrlanuvchi va bezorini) direktorga yubormaslik, uzr so‘ratmaslik.

PSIXOLOGGA NIMA YUKLATILADI?

- Bezorilik haqida ma’muriyatga aytish va pedagoglar jamoasiga xabar berish;

- har bir o‘qituvchining fikrini eshitib, “bulling”ga qarshi izchil pozitsiyada bo‘lish;

- muallimlarga o‘z pozitsiyalarini shakllantirishga yordamlashish;

- ma’muriyatga maxsus organni tashkil etishga yordam berish (masalan, “bezorilikka qarshi qo‘mita”).

OTA-ONALAR BILAN ISHLASH

- Ularning yelkasiga butun majburiyatni yuklamaslik;

- aniq bir reja tuzilmaguncha ularga qo‘ng‘iroq qilmaslik (“quloqsiz” bolalarning ota-onalari kamdan-kam hollarda yordam berishi mumkin);

-yig‘ilishlarda bezorilik holatlarining bo‘lmasligi uchun oldindan ogohlantirish;

- ota-onalar ishtirokida “aybsiz” metodologiyasini qo‘llash.

SINF RAHBARLARI BILAN ISHLASH

- Bezorilik harakatlari haqida gapirib berib, uning belgilarini qanday aniqlashni o‘rgatish

- barchani o‘z pozitsiyasini egallashga undash;

- beixtiyor bezorilikni qo‘zg‘atishi mumkin bo‘lgan o‘qituvchilarning harakatlarini aytib berish.

PEDAGOGLAR NIMA QILISHI KERAK?

Pozitsiyani ushlash. Agar muallim bezorilik holati haqida xabar topsa yoki shunday holatga o‘zi guvoh bo‘lsa, u jabrlanuvchiga kelgusida yana zarar yetmasligi uchun iloji boricha bolalarni tartibga chaqirishning eng oson yo‘llarini topishi kerak. Sinf bilan gaplashish O‘qituvchi bezorilik holatini o‘quvchilar bilan muhokama qilishi va tushuntirish ishlari olib borishi shart. Ushbu suhbat “sirlarning” ochilishiga yordam beradi, vaziyatni oydinlashtiradi hamda ziddiyatli jarayonni yengillashtiradi.

Ota-onalarni suhbatga chaqirish. Qancha erta bezori bolaning oilasi bilan gaplashilsa, shuncha yaxshi. 


Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi Axborot xizmati


Report Page