MAKTAB O‘QUVCHIARI BILAN UHRASHUV

MAKTAB O‘QUVCHIARI BILAN UHRASHUV


2024-yilning 30-may kuni SamDVMCHBU Ichki yuqumsiz kasalliklar kafedrasi professori, veterinariya fanlari doktori B.Bakirov va shu kafedra assistenti S.Asqarovlar Samarqand shahridagi 58-o‘rta maktab bitiruvchi sinf o‘quvchilari bilan    uchrashuv o‘tkazdilar. 

Uchrashuvda maktab direktori Boyqobiliva Barno, direktorning ma’naviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Jumanov Doniyor va boshqa o‘qituvchi, o‘quvchilari ishtirok etdilar.

Ushbu uchrashuvning kun tartibidagi asosiy masala maktab o‘quvchilarini Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universotetiga o‘qishga jalb etish masalasi bo‘ldi. Bu borada professor B.Bakirov va assistent S.Asqarovlar o‘quvchilarni universitet tarixi, undagi yo‘nalish va mutaxassisliklar, bitiruvhilarning ish bilan ta’minlanishi, shuningdek, universitetdagi o‘quv jarayoni, professor-o‘qituvchilar kontingenti, universitetning xalqaro aloqalari va undagi sog‘lom ma’naviy muhit bilan atroflicha tanishtirishga bagishlangan ma’ruza bilan chiqish qildilar.

Barcha chiqish va ma’ruzalar o‘quvhilarda katta qiziqish uyg‘otdi va shu bilan birgalikda, so‘zga chiqqanlar o‘zlariga tushgan savollarga atroflicha javob berdilar. 

Yig`ilish so‘ngida maktab ma’muriyati tomonidan ma’ruzachilarga katta minnadorchilik bildirildi va bunday uchrashuvlarning tez-tez tashkil etilib turilishi foydali ekanligi to‘g‘risida o‘z fikrlarini bildirishdilar. 


🏛 Axborot xizmati



Report Page