MAKTAB OLIMPIADASI HAQIDA.

MAKTAB OLIMPIADASI HAQIDA.

Ushbu post bitta bekorchi tomonidan yozildi. 🙃

Ehh…. bu fan olimpiadasi! Qachon tugaydi bu axmoqona o`yinlar? Olimpiada bilimlar sinovi emas, balki, qon bosimini ko`taradigan, bilimli o`quvchini yerga ishqaydigan va o`qituvchini qonini ichadigan tadbir! Korrupsiyaning g`irt qaynab turgan o`chog`i! 

Maktab uchun fan olimpiadasi bu juda muhim tadbir. Chunki, u maktab reytingiga bevosita ta`sir ko`rsatadi. Olimpiadada yaxshi reytingni ko`rsata olmagan maktab direktoriga yaxshigina gap tegadi. Direktor nima qilsin bu holatda? Albatta o`qituvchini qonini ichadi! Yangi o`qituvchini ishga qabul qilganda “olimpidaga o`quvchilarni chiqarasan, o`rin olasan, bo`lmasa ishdan haydalasan” deydi. Bu yolg`on deyishingiz mumkin. Lekin bu ochiq haqiqatku! Buni barcha o`qituvchilar yaxshi biladi. Ammo buni aytishdan tiyilishadi, afsus... 

Ko`pchilik maktablarda olimpiadaga tayyorlanayotgan o`quvchilarni darslardan ozod qilish odati bor. U faqat olimpiadaga tayyorlanishi kerak deyishadi. To`g`ri u tayyorlanishi kerak. Masalan, fizika fanidan tayyorlanayotgan o`quvchi fizikani chuqurroq o`zlashtirishi uchun juda ko`p qo`shimcha shug`ullanishi kerak. Lekin, qolgan fanlarchi? Ularni bir tiyinlik qadri yo`qmi? Mayli, o`sha o`quvchi fizikadan respublika bosqichida 1-o`rinni egallasin. Zo`r, gap yo`q. Ammo boshqa fanlardan uzoqlashib ketgan bu o`quvchi kerakli kadr bo`lib yetisha oladimi? O`zi, boshqacha aytganda bu o`quvchi geografiyadan, biologiyadan va kimyodan talab qilinadigan bilimlar asosidagi fizik masalalarni yecha oladimi? Kechirasizu, yecha olmaydi. Masalan, Yerning magnit qutblari va geografik qutblari, Yer koordinatasi, inson qon bosimi, shu asosda arterial va vena qon bosimi, yoqilg`ining yonish reaksiyasi va hakozo… Bularga tishi o`tmaydi. Bular nega kerak dersiz balki? Lekin, biologiyadan inson tanasini o`rganish ortiqchalik qilmaydi hayotda. Uni o`zi ham odamku. Yoki jonsiz buyummi u? Bu bola “og`iz bo`shlig`idan keyin qizilo`ngach, keyin o`n ikki barmoqli ichak, keyin oshqozon keladi" yoki "o`t suyuqligi oshqozon quyiladi” deb tursa juda qiziq holat bo`ladi men sizga aytsam. 

Endi fizikadan fan olimpiadasida beriladigan masalalarga e`tibor qaratsak. Quyidagi masalalar maktab olimpiadasida tushgan: 

1-masala: 10 l hajmli idishda 27 gradus haroratli 0,25 kg azot bor. Molekulalarning o`zaro ta`siridan hosil bo`lgan bosim gaz bosimining qancha qismini tashkil etadi? Molekulalarning hususiy hajmi idish hajmining qanday qismini tashkil etadi? 

Yechim: bu masalada real gazlar uchun o`rinli bo`lgan Van-der-Vaals tenglamasidan foydalaniladi:

Maktab dasturiga kirmagan tenglama.

2-masala: Radiusi R=50 mm bo`lgan ebonit shar ishqalash yo`li bilan zaryadlandi. Zaryadning sirt zichligi σ=10 µC/m^2 bo`lib, u sirt bo`ylab tekis taqsimlangan. Shar o`z o`qi atrofida v=600 ayl/min chastota bilan aylantirildi. Shar markazida hosil bo`ladigan magnit maydon induksiyasi B ni aniqlang. 

Yechim: Aylana bo`ylab harakatlanayotgan sirtiy zaryadlar aylana toklarni hosil qiladi va bu toklar magnit maydonini yuzaga keltiradi. Shar markazidagi magnit maydonni hisoblash uchun aylana toklarning magnit maydonlarini qo`shib chiqish kerak. Bu magnit maydon nazariyasining asosiy vazifasidir. Bunda superpozitsiya prinsipidan foydalanamiz. Buning uchun boshi shar markazida bo`lgan qutb koordinatalar sistemasini kiritamiz:

Sharda ajratilgan juda kichik soha

Bio-Savar-Laplas qonunidan foydalanish uchun sharni aylanish o`qiga perpendikular bo`lgan ikkita tekislik bilan kesamiz. Bunda juda yupqa zaryadlar halqasidan iborat sferik sirt yuzga keladi. Rasmdagi juda kichik sirtni kuzatamiz. Bu sirt yuzasida

Ajratilgan sohadagi zaryad

kabi zaryad bor. Bunda dφ=ωdt bo`lib, bu 

zaryadlar

Aylana tok kuchi

kabi aylana tok hosil qiladi. Bu aylana tok 

halqasi shar markazida 

Aylana tok magnit maydon induksiyasi

formulaga ko`ra quyidagicha magnit maydon induksiyani hosil qiladi: 

Ajratilgan halqaning magnit maydon induksiyasi

Bu ifodani integrallash asosida shar markazidagi magnit maydon induksiyasini hisoblab topamiz:

Shar markazidagi magnit maydon induksiyasini hisoblash

ω=2πv ekanligidan:

Shar markazidagi magnit maydon induksiyasi

Bu kabi masalalarni ko`plab, misol qilish mumkin. Bu tipdagi va bu qiyinlik darajadagi masalalarni kim yecha oladi? O`quvchi buni yecha olmasligi aniq. Hatto o`qituvchi ham yecha olmaydi. Hakamlarchi? Hakamlar ham  bu tipdagi masalalarni yechishiga ko`pchilik ishonmaydi. Yecha olmasa ham o`quvchilar ishini tekshirganlar qancha. Bunaqasi juda ko`p bo`ladi. Qachon maktab darajasidagi masala va testlar qo`yilarkin? Tuyani dumini yerga tegishini kutamiz shekilli? 

Faraz qiling, bitta tumanda masalan, 50 ta maktab bor. Bu maktablar ichida masala yechish ko`nikmasi yuqori darajada bo`lgan bitta yoki ikkita o`qituvchi topiladi holos. O`qituvchini darajasi yetmagan masalaga  o`quvchi qanday javob bersin?  Yuqoridagi ikkita masala yechimini yodlab qo`ying. Chunki, keyingi bosqichlarda yoki keyingi yilda bu masalalar yana qaytadan tushadi. 😂 Bu aniq. Olimpiada masalalari ham juda qiziq. Bir-biriga o`xshab ketadi😆. Bu tasodif yoki boshqa? Bu holatdan quyidagicha xulosa kelib chiqadi: 

✔olimpiada masalalari kelishilgan holda har yili eng qiyinlaridan tanlab olinadi. Bu masalalarni faqat soqqasi borlar yecha oladi; 

✔ har yili aynan bir xil masalalar tashlanadi. Chunki, uni har yili “kerakli” o`quvchidan boshqasi yecha olmaydi. O`sha “kerakli” o`quvchi keyingi bosqichga chiqadi. 

✔ olimpiadaga masala tuzuvchilarni malakasi talab darajasida emas. 

Bundan boshqa yana qanday xulosa bo`lishi mumkin? Afsuski boshqa hech qanday! Bu holat qachon izga tushadi bitta xudoga ayon. 

Balki, meni o'zi nima deyotganini tushunmaydi dersiz. Men respublikada universitetlar o'rtasida o'rin olganman. Maktabda ishlaganman.

Hurmatli o`quvchilar, olimpiada deb ko`p joningizni qiynamang. U hayotingizda hech narsaga arzimaydi. Buyuk kelajak uchun maktabda beriladigan barcha darslarda aktiv bo`ling. Yaxshi o`qib nufuzli Oliygohlarga topshirib kiring. Kejakda yaxshi kadr bo`lish uchun qunt bilan bilim oling. Mana shu kelajak uchun eng to`g`ri yo`l! Hammaga o`qishlarida omad!!!

Ha yana aytgancha masala va test materiallarini wordni yaxshi biladigan mutaxasis yozsa, nur ustiga a'lo nur bo'lardi. Matnni ko'rgan odam qo'rqib ketadi bo'lmasa 😂






Report Page