MAKKAJO‘XORI

MAKKAJO‘XORI

t.me/ykfoundation

Ahamiyati. Makkajo‘xori eng qimmatli, yuqori hosilli don ekini hisoblanib oziq - ovqat, yem - xashak, texnik va agrotexnik ahamiyatga ega.

Oziq-ovqat sifatida makkajo‘xorining doni ishlatiladi. Uning doni juda ham to‘yimli hisoblanib, tarkibida o‘rtacha 10,6% kletchatka, 1,4% kul moddalari bor. Lekin, makkajo‘xori donida oqsil miqdori kam bo‘ladi. Shu sababli makkajo‘xori uniga 25-30% bug‘doy uni qo‘shib non yopiladi.

Makkajo‘xori doni tarkibida yog‘ moddasi (4,3-5,0%) ko‘p bo‘lganligi uchun uning uni tez achiydi. Don murtagi maxsus mashi­ nalarda ajratib olinib, qolgan qismidan un tayyorlanadi, chunki makkajo‘xorining murtagi tarkibida 25 - 40 % gacha moy moddasi bo‘lib, undan oziq - ovqat uchun ishlatiladigan moy tayyorlanadi. Bundan tashqari, makkajo‘xori donidan yorma tayyorlanadi, sut - mum pishish davrida uni qovurilgan (bodroq) va qaynatib pishiril-gan holda oziq - ovqat sifatida ishlatish mumkin. Shu davrda uning donidan konserva tayyorlash ham mumkin.

  Yem - xashak sifatida makkajo‘xorining doni va poyasi ishlatiladi. Uning doni juda to‘yimli (1 kg makkajo‘xori doni 1,34 kg ozuqa birligiga ega) hisoblanib, uy parrandalariga va mollarga bu-tunligicha yoki yorma holida beriladi.

  Makkajo‘xorining poyasi mollarga ko‘kligicha beriladi, undan xashak tayyorlanadi, doni sut - mum pishish davrida o‘rilganda esa uning poyasidan yuqori sifatli silos tayyorlash mumkin. Makkajo‘xori silosining bir kilogrammi to‘yimliligi jihatidan 0,20 - 0,25 ozuqa birligiga, so‘tasi bilan birga bostirilganda esa 0,40 ozuqa birligiga teng bo‘ladi.

  O‘tmishdosh. Makkajo‘xori yer tanlamaydi. Uni har qanday ekindan bo‘shagan yerga ekish mumkin. Makkajo‘xoriga g‘o‘za, don va ayniqsa, don - dukkakli ekinlar yaxshi o‘tmishdosh ekin hisoblanadi. Makkajo‘xorini makkajo‘xoridan keyin va uni takroriy ekin sifatida ekilganda ham yaxshi natija beradi.

  O‘g‘itlash. Kuzgi shudgordan oldin organik va mineral o‘g‘itlar beriladi. Organik o‘g‘it - go‘ng kuzda gektariga 10 - 20 tonnadan so-linadi. Bundan tashqari, kuzda har gektar ekin maydoniga 50 - 80 kg fosfor va 30 - 50 kg kaliy o‘g‘itlari solinadi. Ekish vaqtida gektariga 10 kg fosfor va 10 kg kaliy solinadi. O‘g‘it uyalab berilganda mak-kajo‘xorining hosili 15 - 20 % ga oshadi. Oziqlantirish ham makkajo‘xori hosilini oshiradi. O‘sish davrida makkajo‘xori ikki marta,bi­ rinchi marta o‘simlikda 3 - 4 barg hosil bo‘lganda va ikkinchi otalik to‘pguli hosil bo‘lishiga 8 - 10 kun qolganda oziqlantiriladi. Birinchi oziqlantirishda gektariga 60 - 80 kg azot, 40 - 60 kg fosfor va 30 kg kaliy, ikkinchi oziqlantirishda esa 60 - 80 kg azotli o‘g‘itlar beriladi.

  Yerni tayyorlash. Makkajo‘xori ekish uchun yer kuzda shudgor qilinadi. Tuproqning xususiyatiga qarab shud gorlash chuqurligi 28 - 30 sm va undan ham chuqur bo‘lishi mumkin.

  Urug‘ni ekishga tayyorlash. Hozirgi vaqtda urug‘likni har bir xo‘jalikda tayyorlash mumkin. Bu holda makkajo‘xori urug‘lari ekish davrigacha so‘tada saqlanishi kerak. Saqlash davrida bular­ ning namligi 14-15% dan oshmasligi shart. Ekishga 10-15 kun qolganda so‘talar yanchib olinadi. Ekish uchun so‘taning o‘rta qismidagi donlar ishlatiladi. So‘taning ostki va ustki (uch) qismidagi donlari bir xil kattalikda bo‘lmaganligi sababli ularning unib chiqish­ darajasi past bo‘ladi. Ekiladigan urug‘ning tozaligi 99-99,8%, unib chiqish darajasi 85-95 % bo‘lishi tavsiya etiladi.

  Ekish muddati va usullari. Makkajo‘xori bahorda tuproq harorati 10 C ga yetganda ekiladi. Bundan tashqari uni yozda takroriy ekin sifatida ham ekish mumkin. O‘zbekistonning janubiy viloyatlarida 15-20 martda, Toshkent, Samarqand viloyatlarida hamda Farg‘ona vodiysida 20-25 martda, Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasida 10 aprelda ekiladi. Umuman, har bir viloyat sharoitida chigitni ekish boshlanguncha makkajo‘xori ekishni tamomlash kerak. Makkajo‘xori kechki muddatlarda ekil-ganda, uni hosili ancha pasayadi.

  Makkajo‘xori keng qatorlab, qator orasi 60, 70, 90 sm qilib ekilib,­ uning naviga qarab har 15 - 20 sm oralig‘ida bitta o‘simlik qoldiriladi.

  Ertapishar nav va duragaylar ekilganda bir gektar yerda 70 - 80 ming o‘simlik, o‘rtapishar nav va duragaylar ekilganda esa bir gektar yerda 50 - 55 ming o‘simlik qoldirilishi kerak. Kechpishar navlar (O‘zbekiston tishsimon) va duragaylar ekilganda esa bir gektar yerda 40 ming ko‘chat qoldirilishi kerak.

  Har gektar yerga sarf bo‘ladigan urug‘ning miqdori uning yirikligiga va unib chikish darajasiga bog‘liq. Shu xususiyatlariga qarab urug‘ning ekish me’yori 15-20 kg dan 25-30 kg gacha bo‘la-di. Urug‘ tuproqning 7-10 sm chuqurligiga ko‘miladi.

  Ekinni parvarish qilish. Makkajo‘xorini parvarish qilish tuproq qatqalog‘iga qarshi kurash, qator oralarini ishlash, yagonalash, oziqlantirish, sug‘orish va urug‘lik maydonlarida qo‘shimcha changlashdan iborat.

Begona o‘tlarni yo‘qotishda hozirgi vaqtda ekishdan oldin age lon (4 - 6 kg/ga) atrazin (3 - 8 kg/ga) treflan (1 - 2 kg/ga) ishlatiladi. Maysalanish davrida - 2,4D amin tuzi 2 kg/ga 2,4D butil efiri (0,4 - 1,2 l/ga qo‘llaniladi, bu gerbisidlar yaxshi natija bermoqda.

  Sug‘orish. Makkajo‘xori naviga, tuproq sharoitiga qarab 3 mar-tadan 6 martagacha sug‘oriladi. 1-2 suv o‘simlik to‘pgul chiqar-masdan oldin beriladi. Birinchi suv maysa paydo bo‘lgandan so‘ng 20-25 kun o‘tgach va ikkinchi suv 20-25 kundan keyin beriladi.

  Bu sug‘orishlarda gektariga 700-800 m3 suv beriladi. To‘pgul chiqarish davrida va don yetilish davrida makkajo‘xorining suvga talabchanligi yana ham ortadi. Bu davrda tez - tez suv berib turish kerak. Har 12-15 kunda 800-900 m3miqdorda suv beriladi.

  Makkajo‘xorini takroriy ekin sifatida kuzgi ekinlardan bo‘shagan yerlarga ekish alohida o‘rin tutadi. Bu holda kuzgi ekinlar tez muddatda yig‘ib olinadi, yer ekishga tayyorlanadi va urug‘ ekil-gandan so‘ng sug‘oriladi. Umuman, makkajo‘xori takroriy ekin sifatida ekilganda uning agrotexnikasi, bahorda ekilgandagi makkajo‘xori agrotexnikasidan kam farq qiladi. Faqat makkajo‘xorining ertapishar nav va duragaylari takroriy ekin sifatida ekilishi kerak.

Hosilni yig‘ib olish. Silos uchun ekilgan makkajo‘xori doni­ ning sut - mum pishish davrida o‘riladi. Bunda KSK - 100, «Vixr», KS – 18 va boshqa zamonaviy rusumli kombaynlari ishlatiladi. Tomorqa sharoitida parvarishlanganda barcha mehnat qo‘l kuchi yordamida amalga oshiriladi.

Don uchun ekilgan makkajo‘xorining doni to‘la pishganda, so‘ta qobiqlari quriganda yig‘ishtirib olinadi. Bunda «Xerso­ nets-200», «Xersonets-72» rusumli maxsus kombaynlar ishlatiladi. Bu kombaynlar bir yo‘la makkajo‘xorini o‘rish, poyasini maydalash, so‘talarni poyadan ajratib olish va ularni qobig‘ini archish kabi ishlarni bajaradi. So‘talar esa xo‘jalikda oddiy molotilka yoki kom-baynda yanchiladi.

Iqtisodiy samarasi. 10 sotix maydonga 3 kg makkajo‘xori urug‘i uchun 5 ming so‘mdan bo‘lsa, 15 ming so‘m sarflanadi. Umumiy xarajatlar 350 ming so‘mni tashkil etadi. Hosilning bir kilogrami 4000 so‘mdan sotilganda (o‘rtacha 10 sotixdan 350 kg hosil olinada) 1,4 mln. so‘m bo‘ladi. Shunda 10 sotix maydondan (poyasidan tashqari) 1 mln. 50 ming so‘m sof foyda olish mumkin.

Menyuga qaytish.

Report Page