MAHORAT DARSI: SISTEMATIZATOR MAKTABI
https://t.me/natlibuz2024-yil 17-may kuni Jizzax viloyati axborot-kutubxona markazi umumiy o‘quv zalida “Sistematizator maktabi” mahorat darsi tashkil etildi.
Uni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Kataloglashtirish va tizimlashtirish xizmati rahbari Vladimir Borisov va O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktor o‘rinbosari Nasiba Xoldorovalar olib bordilar.
Respublika axborot-kutubxona muassasalari kataloglashtirish va tizimlashtirish xizmati mutaxassislari uchun tashikil etilgan mahorat darsida UO‘K jadvallari haqida umumiy ma'lumot berildi, UO‘K jadvallari tuzilishining strukturasi va prinsiplari bayon etildi, UO‘K jadvalining tarkibiy qismlari (asosiy va yordamchi UO‘K jadvallari) tahlil etildi, maxsus aniqlovchilarning xossalari va qo‘llanilishi hamda UO‘K jadvallari bo‘yicha indekslashning asosiy qoidalari tushuntirib berildi.











