MAHORAT DARSI: “AXBOROT-KUTUBXONA XIZMATI SAMARADORLIGINI OSHIRISH UCHUN JAHON AXBOROT RESURSLARI”

MAHORAT DARSI: “AXBOROT-KUTUBXONA XIZMATI SAMARADORLIGINI OSHIRISH UCHUN JAHON AXBOROT RESURSLARI”

https://t.me/natlibuz

2024-yil 17-may kuni Jizzax viloyati Sambhram Universiteti majlislar zalida OTM doktorantlari, o‘qituvchilari, ilmiy darajaga da’vogarlar, ARM, AKM mutaxassislari uchun “Axborot-kutubxona xizmati samaradorligini oshirish uchun jahon axborot resurslari” bo‘yicha mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.

Uni “E-LINE PRESS” MChJ ijrochi direktori Yuliya Eshmetova va Milliy umumta’lim elektron kutubxona markazi rahbari Alisher Kattabekovlar olib bordi.

Mahorat darsida O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazining Ilmmetriyani rivojlantirish va ilmiy rivojlanishni prognoz qilish departamenti boshlig‘i Diana Abdumuminova xalqaro ma’lumotlar bazalari bilan samarali ishlash jarayoni, Moody’s Analytics o‘quv mahsulotlarini sotish bo‘yicha menejer Lenka Hluchá MOODY Analytics'dan ta’lim takliflari, EBSCOning Moldova, Markaziy Osiyo, Kavkaz mintaqasi foydalanuvchilarini oʻqitish boʻyicha mutaxassisi Irina Serjan ilmiy tadqiqot kompetentsiyalarini rivojlantirish: EBSCOhost platformasida ilmiy nashrlarni qidirish, tahlil qilish va ular bilan ishlash, Rossiyaning Znanium EKT Bosh muharriri Alexander Shchukin (onlayn) zamonaviy kutubxona uchun AKT integratsion yechimlarining afzalliklari hamda E-Line Press Ixtisoslashgan elektron resurslar boʻlimi boshligʻi Nargiza Pazilova “Doktorantlar, oʻqituvchilar va olimlarga axborot xizmatini koʻrsatishda kutubxonalarning vazifalari. ProQuest ma’lumotlar bazasi va Antiplagiat.ru tizimi” mavzusida qiziqarli suhbat qurdilar hamda ilmiy izlanishlarga ko‘plab foydali maslahatlar berdilar.

EBSCOning Moldova, Markaziy Osiyo, Kavkaz mintaqasi foydalanuvchilarini oʻqitish boʻyicha mutaxassisi Irina Serjan tadbir ishtirokchilarini EBSCO milliy loyihasi doirasida kutubxonalar uchun “Zamonaviy kutubxonada EBSCO elektron resurslarini samarali boshqarish” tanlovining natijalari bilan tanishtirdi va g‘oliblarni taqdirladi.



Report Page