MAHALLAMIZDAGI OTALIQQA OLINGAN 472 NAFAR YOSHNING BANDLIGI TA’MINLANMOQDA

MAHALLAMIZDAGI OTALIQQA OLINGAN 472 NAFAR YOSHNING BANDLIGI TA’MINLANMOQDA

"Samarqand yoshlari" gazetasi
Viloyatimizning Jomboy tumanidagi “Qangli” mahallasida 1089 ta xonadon, 1 355 ta oila mavjud bo‘lib,  umumiy aholi soni 6 112 tani tashkil etadi. Ularning 472 nafarini otaliqqa olinganlar, 1 484 nafarini esa 14-30 yosh toifasidagi qatlam qamrab olgan.

 Otaliqqa olingan yoshlar bilan individual ishlash, ularning taklif va murojaatlariga yechim topishda biriktirilgan mas’ullar tomonidan muammolar  bosqichma-bosqich hal etib kelinmoqda. Jumladan, yoshlarning 1 nafariga motokultivator uskunasi va moddiy yordam, 2 nafariga oliy va professional ta’limni davom ettirishi uchun shartnoma to‘lovi pul mablag‘lari ajratilgan bo‘lib mazkur yoshlar ishtirokida “Yoshlar festivali” tashkil etildi.

Festival doirasida hunarmandchilik va qo‘l mehnati asosida yaratilgan buyumlar ko‘rgazmasi, “Besh tashabbus olimpiadasi” ko‘rgazma va taqdimoti, sport musobaqalari, harbiy qurol-aslahalar ko‘rgazmasi, “Zakovat” intellektual o‘yini, kitobxonlik va she’riyat kechasi, bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, huquqiy savodxonlik burchagi tashkil qilinib, tuman Adliya bo‘limi tomonidan huquqiy maslahatlar berib o'tildi. Bundan tashqari, tadbir ishtirokchilari “Ibrat farzandlari”  kasb-hunarga o‘qitish markazi faoliyati bilan tanishtirib, Oxunboboyev OSHP tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan ham o‘tkazildi.

Mahallamizda hech bir yosh mehr va e’tibordan chetda qolmaydi. Volontyorlarimiz bilan birgalikda tumanimizdagi boquvchisini yo‘qotgan oila, bemor nuroniylar, yoshi ulug‘ mo‘ysafidlar xolidan,  zaruriy dori-darmon vositalari hamda oziq-ovqat mahsulotlarini olib  tez-tez xabar olgani boramiz.

Yoshlar yetakchisi va faol yosh sifatida eng asosiy maqsadlarimdan biri, yoshlarga oid davlat siyosatini har bir xonadonga kirib borishini, ularga yaratilayotgan imkoniyatlardan xabardor bo‘lishi va unumli foydalanishini,  ilm olishga bo‘lgan qiziqishi yanada ortib jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashishni eng ustuvor vazifamdan biri hisoblayman.

Nargiza G‘AFFOROVA,
Jomboy tumani  Qangli mahallasi yoshlar yetakchisi.




Report Page