MAHALLALARDA TARG'IBOT ISHLARI

MAHALLALARDA TARG'IBOT ISHLARI


Barchamiz yaxshi bilamizki gaz eng xavfli, portlash xususiyatiga egadir. Shu boisdan uyda yosh bolalarni qarovsiz qoldirmang, qoldirgan bo’lsangiz, gazni yoqmasligini yana bir bora ta’kidlashni unutmang. Yurtimizda kuz fasli hukmronlik qilmoqda. Demak, aholida tabiiy gazga bo’lgan talab bir muncha oshadi. Har qanday holatda ham talabga javob beradigan gaz jihozlaridan foydalanish xavfsizligimiz kafolatidir. Bugun ana shu kabi ko’ngilsiz holatlarning oldini olish maqsadida Uchtepa tumanida ham targ’ibot tadbirlari bo’lib o’tmoqda. Mahalla faollariga targ’ibot materiallari tarqatilib, tabiiy va is gazidan o’zimiz va yaqinlarimizni asrashimizga da’vat etilmoqda. Gazdan foydalanishda befarqlikka yo’l qo’yib bo’lmaydi. Gaz uskunalaridan foydalanib bo’lgach, o’chirishni unutmang.

Uchtepa tumani ham aholi iste’molchilari gavjum tumanlardan biri sanaladi. Hozirda 40 mingga yaqin ko’p qavatli, 21 159 ta yerli xonadonlar mavjud. Ushbu xonadonlardagi barcha gaz priborlariga gaz ta’minoti xodimlari mas’uldir. Kuz -qish mavsumida tabiiy gaz iste’molchilarimizga bir maromda gaz yetkazib berishni ta’minlash maqsadida ko’pgina ishlar amalga oshirildi. Uchtepa tumanidagi aholi xonadonlarining 15 mingga yaqiniga zamonaviy hisobdonlar belgilangan tartibda o’rnatilgan bo’lib, ishlar davom etmoqda.

Meʼyoriy hujjatlarda texnik taftishdan oʻtkazish va ularga profilaktik xizmat koʻrsatishning muddatlari belgilangan boʻlib, unga koʻra, koʻp qavatli turar - joylardagi gaz plitalar, boshqa gaz uskunalari mavjud boʻlmaganda – ikki yilda bir marta, turar joylardagi gaz plitalari, isitish, suv isitish uskunalari – yilda bir marta, profilaktik xizmat koʻrsatish esa har bir isitish mavsumi boshlanishidan avval texnik koʻrikdan oʻtkaziladi. Natijada tabiiy gazning sizib chiqish holatlari, havo va gaz aralashmasining belgilangan meʼyorda yonishi taʼminlanadi.

Xonadonlarga bir meʼyorda yetkazib berilayotgan gazdan har bir isteʼmolchi toʻgʻri foydalanishi lozim. Gaz taʼminoti korxonasi esa buni doimiy nazoratga olib, aholi xonadonlaridagi gaz tarmoqlarini tekshirib boradi. Qolaversa, xonadonlardagi gaz tarmoqlarini nazorat qilish va ularni oʻz vaqtida taʼmirlash - tiklash, noqonuniy ulanishlarni aniqlash kabi vazifalar ham mavjud. Soha xodimlari tomonidan mazkur gaz jihozlarini texnik - taftishdan oʻtkazish bilan birga, joylarda, ayniqsa aholi gavjum joylarda is gazidan zaharlanishning oldini olish boʻyicha ham keng targ’ib qilinmoqda.

✍️ “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati



Report Page