MAHALLA - MA’NAVIYAT BESHIGI!

MAHALLA - MA’NAVIYAT BESHIGI!


Bugun Karmana tumanidagi “Durmon” MFYda “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy, madaniy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda viloyat ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi rahbari A. Muqimov, viloyat madaniyat boshqarmasi boshlig‘i N. Niyazov, tuman hokimligi, mahalla faollari, keng jamoatchilik vakillari hamda yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda kitob ko‘rgazmalari hamda savdosi, sport musobaqalari hamda milliy qo‘shiqlar - yor-yor, o‘lan, folklor ijrochiligi hamda madaniyat xodimlari ishtirokida madaniy bayram tadbiri tashkil etildi. Shuningdek, mahalla faollari va ziyolilar bilan milliy qadriyatlar va urf odatlarni saqlash, to‘y va marosimlarni ortiqcha dabdababozlikka berilmasdan kamxarj va ixcham o‘tkazish bo‘yicha suhbatlar uyushtirildi.

Xususan, yurtimizda hukm surayotgan tinchlik, osoyishtalik va mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ulkan o‘zgarishlar va aholi farovonligini ta’minlash borasida olib borilayotgan izchil islohotlarni keng targ‘ib etish, o‘zaro mehr-oqibat va hamjihatlikni mustahkamlashga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi. Tadbirda madaniyat xodimlari tomonidan aytilgan dilga yaqin navolar aholiga yuqori kayfiyat ulashdi.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Navoiy viloyati bo‘limi matbuot xizmati






Report Page