MAFIA Park Jimin

MAFIA Park Jimin

🌼🌼🌼

#fanfic 

#MAFIA_Park_Jimin

#46qism


              SAW


  [Bu butun qism Jiminning POVida]


Men uni uyg'onganini ko'rdim. Hayotda hech qachon o'zimni bunchalik baxtli his qilmaganman. Shifokor va hamshiralar uni ko'rikdan o'tqazayotganda men tashqarida sabr bn kuttim


''Yosh qiz daxshatli jarohatlar olibdi'' dedi bir hamshira erkak hamkasbiga, ikkalasi ham tashqarida turib tomosha qilishardi


''Qiziq, bu qanday bo'ldi ekan. Men uning yuzidagi yaralarni davolayotgan edim va hayron bo'ldim. Uni juda qattiq urishgan bo'lsa kerak''


Men ularning suhbatini tinglashdan o'zimni to'xtatishim kerak edi


''Ha, siz uning qo'li va o'ng sonini ko'rdingizmi? Pichoq juda chuqur kirgan edi, kichik shifokor tikuv olishda qiynaldi, shuning uchun buni Kenning o'zi qilishga majbur bo'ldi. Hatto Kenga ham bu qiyin bo'lgani aniq. Qanday yirtqich hayvonlar, buni kim qilgan bo'lsa ham''


Ular meni u yerda yolg'iz qoldirgancha, boshqa bemorlarni tekshirishga ketishdi


Hammasiga men aybdorman. Bu narsalar meni deb sodir bo'ldi. Agar men bunday ahmoqliklar qilmaganimda bunday bo'lmasdi


O'sha payt aybdorlik hissi meni egallab oldi. Men uning yonida bo'lishga toqat qilolmadim. Unga qanchalik ko'p qarasam, uning hayotini shu tarzda buzganim uchun o'zimni aybdor his qilardim


Men har kuni uning oldiga borishni hohlardim, lekin o'zimni bunga majbur qila olmadim. Yoongi Hyung mendan bir necha marta nega tashrif buyurmayotganim haqida so'radi, lekin men doim ish bn bahona topdim


Bir hafta bo'ldi va bugun uni chiqarishmoqchi edilar. Men Hoseokni juda hayajonlanganini ko'rdim, u maknelarga bezaklar tayyorlashni aytdi va u bu rejani bir oz kutib olish ziyofatini o'tkazish uchun o'ylab topgan edi. Men uning ko'zlaridan Jenani qanchalik yaxshi ko'rishini ko'rdim. Balki mendan ko'ra Jena u bn birga bo'lishga loyiqdir. Ehtimol, Jena ham Hoseokka nisbatan shunday his qilar.


Eshigim taqillaganini eshitdim. Bu Stella edi


''Kir'' dedim


U kelib, yonimga o'tirdi


''Senda biron bir malumot bormi?''


''Li oilasi Choy Jenani o'g'irlab ketgan deb o'ylaydi, Jena qochib ketgan kun katta akasiga qo'ng'iroq qilgan. Ular buni telefon kabinasidan kuzatib, Yukxey va Ma Dong uni o'g'irlab ketishganini bilishdi. Ularning otasi Osakadan qaytyapti. Choi uyida aytishdiki, ular Li oilasi o'z bizneslarini buzishga urinib, ulardan o'g'irlashgan, deb o'ylashyapti. Menda bor malumot shu''


''JINCHA'' dedim nafasim ostida


Bu bunday bo'lmasligi kerak edi. Aytmoqchimanki, bu men hohlagan narsa, lekin hamma narsa sodir bo'lganidan keyin emas. Biz bu ahmoqlikka juda chuqur kirib kettik. Hamma muammoga duch keldi, jumkadan Jena. Ko'p vaqt o'tmay, ikkala oila ham bir birining qarshisiga chiqadi...


Men buni to'xtatishim kerak edi.


''Jimin tush, mashina keldi'' deb baqirdi Taehyung 


''Bu haqda keyinroq gaplashamiz'' dedim xonadan chiqib ketayotib Stellaga


Eshik ochilganda men orqada turdim. Jungkook va Jin Hyung Jena bn birga kirishdi. U nogironlar aravachasida edi. Uning qo'li va oyog'i hali ham gipsga o'ralgan


''Xush kelibsan'' deb baqirishdi hammaligi


Bundan uning yuzidagi baxtni ko'rdim. Ko'zlarimiz to'qnashdi va u menga jilmayib qo'ydi. Men bu tabassumni qaytarishga o'zimda kuch topa olmadim


Ular tushlik qilmoqchi bo'lishganda, men va Stella Li va Choisni muhokama qilish uchun xonaga qaytdik


''Jimin tushlik qil'' dedi Namjoon


''Hyung men och emasman. Agar kimdir so'rasa, ishim borligini va ovqatlanganimni ayting''


''Hammasi yaxshimi?'' Deb so'radi u 


''Qolganlarga qo'shiling, keyin hammasini aytib beraman'' dedim va Namjoon bosh irg'ab ketdi


Men va Stella mehmonxonada o'tirdik. U Li oilasi haqida nima topgan bo'lsa, u haqida gapirdi


Borib, bir stakan suv olib kelaman deb bahona qildim


Hoseok Jenani yonida o'tirib uni ovqatlantirardi. Ikkisi juda baxtli ko'rinardi. U nimadir deganiga kulib turardi. U bn har doim yaxshi vaqt o'tkazadi, men bn faqat qorong'ulik va og'riq.


Men yashash xonasiga qaytdim. Stakanni qo'yishim bn Stella yaqinlashdi


''Nega doim g'amgin ko'rinasan?'' Dedi u qo'lini tizzamga qo'ygancha


''Hech narsa yo'q. Men yaxshiman. Ishga qaytsak bo'ladimi?'' Dedim


''Seni xursand qilishimni hohlaysanmi?'' Dedi u, qo'li kamarimga yaqinlasharkan, bo'ynimdan o'pish uchun egilib


''Stella to'xta'' dedim undan biroz uzoqlashib


''Nima uchun? Bilaman, bu senga yoqadi'' u yana bo'ynimga egildi va bu safar men bo'ynimda uning lablarini sezdim


Men uni itarib yubordim


''STELLA MEN TO'XTA DEDIM''


''Senga nima bo'ldi? Nega bunday qilyapsan'' dedi hafsalasi pir bo'lib


''Keyinroq gaplashamiz, hozir uyga ket'' dedim qo'limni sochlarimdan o'tkazgancha


''Jimin..'' dedi u


''Men seni eshikkacha kuzatib qo'yaman'' dedim xonadan chiqib


U ergashdi. Men unga qaradim, u yanog'imdan o'pib bir og'iz so'z demay ketdi


Hobidan boshqa hamma divanda o'tirib, SAWni tomosha qilishni kutishardi. Jin Hyungning ko'p qatiyatidan keyin men ularga qo'shildim


Afsuski yagona joy Jenaning yonida edi va men u yerda o'tirishdan boshqa ilojim yo'q edi


Mening yaqinlashayotganimni ko'rib, u biroz uzoqlashdi. Unga yonida o'tirishim unchalik qulay emasligini sezdim


Jin bizga popkorn berdi. Afsuski, men buni Jena bn baham ko'rishim kerak edi. Idishni o'rtamizdagi kichik bo'shliqda noqulay ushlab turdik


Butun vaqt davomida u hech narsa demadi. Vaqti vaqti bn u Namjoon bn kino voqealarini muhokama qilishardi yoki old tomonda polda o'tirgan Jungkookni tegishli izohlar uchun urib qo'yardi


Ikkalamiz bir vaqtning o'zida popkornga qo'l uzatdik. Qo'llarimiz bir biriga tegdi. U menga qaradi va men noqulay tarzda qo'llarimni oldim


''Siz birinchi bo'lishingiz mumkin'' dedi u


''Yo'q mayli sen''


U bir og'iz so'z aytmay qo'liga bir ikkitasini olib, filmni ko'rishga qaytdi. Nega u menga nisbatan sovuqqon edi?


Taehyung va Jungkookning ko'p qatiyatlaridan so'ng biz ikkinchi qismni ham qo'ydik. Filmga 30 daqiqa qolganida hamma xurrak otishni boshladi. Men o'ng tarafdagi Jenaga qaradim, u ham uxlab yotardi, boshi havoda..


Buni ko'rib kulib yubordim. Bir idish popkornni bag'rimga qo'ygancha, unga yaqinlashib boshini yelkamga qo'ydim. Men uning boshini yelkamda to'g'ri o'rnatayotganini ko'rdim, u barmoqlarini qo'limga, oyog'ini esa oyoqlarimga qo'yganini sezdim


Men tabassum qildim. U doimo yostig'ini quchog'lab uxlardi va odatiga ko'ra endi meni quchoqlab o'tirardi. Men qarshilik qila olmay uning boshidan o'pdim


Bir necha daqiqa ichida meni ham ko'zlarim yumula boshladi va men bir lahzada uxlab qoldim.



#Jena|@filter_youth 

@Universe_fanfics

Report Page