MAFIA Park Jimin

MAFIA Park Jimin

🌼🌼🌼

#fanfic 

#MAFIA_Park_Jimin 

#45qism


           Uyga qaytish


Nihoyat kun keldi. Xudo biladi, qancha vaqt kasalxonada saqlaganidan so'ng, Ken Jinga meni uyga olib borish uchun ruxsat berdi. Bu men butunlay tuzalib kettim degani emas edi, lekin shifoxona o'rniga Bangtanning uyida tibbiy bo'lim tashkil qilishim mumkin edi. Meni endi ahvolim avvalgidan yaxshiligi va Ken Jinning tibbiy tajribasiga ishongani uchun u Jin qo'ygan bu taklifga rozi bo'ldi


Ular kelib meni olib ketishlarini kutib xonada o'tirardim. Ustimda onalik ko'ylagiga o'xshagan uzun ko'ylak bor edi. Menda hali ham gips bor va shu sabab men yura olmasdim. Shunday qilib, ular meni nogironlar aravachasida olib ketishga qaror qilishdi


Jin va Jungkook meni olib ketishga kelishdi. Jiminni ko'rmaganimdan biroz xafa bo'ldim. G'alati, uyg'onganimdan beri u meni oldimga bir marta ham kelmadi. Ko'pincha Hoseok, Jin va Jungkook kelardi, qolganlari esa bir-ikki marta. Ammo Jimin hech qachon kelmadi. Men bir marta qiziqib so'radim. Ular Stella bn ishlagani uchun Pusanga ketganini aytishdi. Albatta, Stella. Nega u Stella bn rohatlanish* o'rniga meni oldimga kelishi kerak?


Jin kasalxonadan ketish haqidagi qog'ozga imzo chekayotganida xafa bo'lib kuzatdim


Jungkook nogironlar aravachasiga o'tirishimga yordam berdi va meni xonadan olib chiqishdi. Men barcha hamshiralar va Kenga minnatdorchilik bildirdim


Biz Audiga o'tirdik. Lekin ilgari bu mashinani ularni garajida hech ko'rmagan edim


''Bu mashina...''


''Bu yangi. Senga yoqdimi? Men uni Jiminning tug'ilgan kunida o'zim uchun va nihoyat uyg'onganing uchun sotib oldim'' dedi Jungkook haydovchi o'rindig'idan jilmayib


Men bu mantiqni tushunolmay, g'alati yuz ifodasi ko'rsatganimda Jin ko'zlarini yumdi. Buni uning yana bir yetuk nutqi deb qabul qildim, men derazadan tashqaridagi manzaraga qaradim 


20 daqiqadan so'ng biz makkajo'xori dalasi yonidan ketayotgan edik.


''Qayerdamiz?'' Deb so'radim sarosimaga tushib


''Ko'rasan'' dedi Jin oqish rangli bino oldida to'xtaganimizda


Ularning ikkalasi ham meni uyga kirishimga yordamlashishdi. Eshik ochilganda, bir qator qichqiriqlar eshitilib, tonnalab konfet va lentalar havodan uchib tushdi


Hamma bir ovozda ''UYGA XUSH KELIBSAN'' deb baqirdi. Ko'zlarim orqada turgan Jiminni qidirdi. Men unga qarab jilmayib qo'ydim. Ammo uning yonida turgan Stellani ko'rib tabassumim ham huddi shunday tez yo'qoldi


O'zimni tiklab, ularnimg hammasi men uchun qilgan bezaklarini ko'rib, jilmayib qo'ydim


''Bular men uchunmi?'' Deb so'radim hayron bo'lib


''HAA'' deb baqirdi Hoseok 


''Katta rahmat yigitlar, bu men uchun juda ko'p narsani anglatadi'' dedim men sochlarimdagi kichik lentalarni olib


Jimin kelib, men bn gaplashadi, nimadir deydi deb umid qilgandim. Lekin buning o'rniga u Stella bn bu yerdan uzoqlashdi. Nega u o'zini bunday tutyapti? Kasalxona bo'lgan vaqt davomida men uning men bn gaplashganini ko'p marta eshitganman. U soatlab o'tirar, menga Bangtan haqida, o'zi haqida gapirardi. Ammo endi u mening borligimga umuman etibor bermay, o'zining sovuq qiyofasiga qaytdi


''Ketdik, tushlik qilamiz. Ishonchim komilki, kasalxona ovqatlaridan bezor bo'lganing aniq'' dedi Yoongi aravachani yurgizishni boshlab


''Ha, bu haqda eslashni haam hohlmayman'' dedim men deyarli har kuni yeyayotgan noxush mazasiz taomlarni eslab


Boshqalar stol ustidagi taomlarni joylashtirarkan, Yoongi stulga o'tirishimga yordam berdi


''Vino?'' Deb so'radi Taehyung qo'lida shisha bn yonimga kelarkan


Men juda hayajonlandim toki Jinning baqirganini eshitmagunimcha


''TAEHYUNG UNGA MUMKIN EMAS. UNGA ALKOGOL BERMA''


''Oh, senga vino yo'q shekilli'' dedi u ketib. Havsalam pir bo'ldi, alkogolni rostdan ham yaxshi ko'rardim


Boshqalar ham kelib o'tirishdi. Alkogol o'rniga Jin menga uzum sharbati olib keldi


''Qara bu vinoga o'xshaydi. Sen buni sharob deb o'ylashing mumkin'' dedi u stakanimga quyib


''Rahmat'' dedim kinoya bn, sun'iy tamli shirin qizil ichimlikdan ho'plagancha


Hamma ovqatlana boshladi


''Stella va Jiminni kutsak bo'lmaydimi?'' Deb so'radim umid bn


''Oh ular allaqachon ish bn band va ovqatlanishdi'' dedi Namjoon yonimdan va tarelkamga bir bo'lak tovuq qo'yib


''Oh''


Jungkook unga qaragan Taehyungga qaradi. Bir qarash bn ular allaqachon hamma narsani tushunishgan. Ular Jiminning Jena bn gaplashmayotganini bilishardi va bu Jenani xafa qilgan. Jungkook bu haqda Hyung bn gaplashishni eslatma qildi


Tushlik juda zo'r bo'ldi, faqat Jimin va Stella hech qayerda ko'rinmasdi. Ular o'z hirslarini nazorat qilolmaydilarmi? Aytmoqchimanki, kunduzi tushlik payti, hamma ovqatlanayotgan paytta j*nsiy aloqada bo'lish biroz g'alati emasmi?!


Chap qo'lim bn ovqat yemoqchi bo'ldim. Tayoqchalar qo'limdan tushib ketaverardi, qoshiq bn ham buni qilish qiyin.


''Yordam berishimni hohlaysanmi'' deb so'radi Hoseok meni qiynalayotganimni ko'rib


''Ha iltimos''


U vilka va pichoqni olib, ovqatni bo'laklarga bo'lib meni ovqatlantira boshladi


''Voa, kimdir meni shunday ovqatlantirganiga yillar bo'ldi. Bu albatta o'z qo'llaringiz bn ovqatlangandan ko'ra yaxshiroq''


Hoseok bunga kulib yubordi. U shunday baxt va quyosh nuri kabi edi. Va u yaxshi va tirik ekanligimdan juda xursand


Ular tushlik qilib bo'lgach Hoseok Jenani yashash xonasiga olib bordi


''Kino ko'rishni hohlaysizlarmi?'' Deb so'radi Jungkook 


''Tanlasam bo'ladimi?'' Deb so'radim Jungkook menga bir quti CD uzatarkan


''SAW'' dedim diskni chiqarib


''YO'Q YO'Q'' deb qichqirdi Hobi o'rnidan turib


''Nima uchun?''


''Hobi qo'rqinchili kinolarni ko'ra olmaydi. Filmga 5 daqiqa qolganida bu uy hayqiriq, yig'ilar va baland ovozda duolar bn to'ladi''


''Mayli sizlar tomosha qilavering, men dam olaman''


Shu bn u o'rnidan turdi va ketdi. U ketayotganida xonadan Jimin va Stella chiqib kelishdi. Ajablanarlisi, ular men o'ylagandek ko'rinmasdilar. Balki ular hech kim shubhalanmasligi uchun o'zlarini tartibga keltirishga ulgurishgan. Men Namjoon bn SAW haqida gaplashar ekanman, ularga ahamiyat bermaslikka harakat qildim. Men uning Stellaga nimadir deganini ko'rdim, Stella bosh irg'ab, uni o'pib u bn hayrlashdi


''Jimin kel biz bn SAW tomosha qil. Bu senga yoqishini bilamiz'' Jin uni chaqirdi


''Hyung mening ishim bor''


''Keyinroq ham qilsang bo'ladi. Kel bizga qo'shil''


U ikkilanib turdi, lekin biz tomon yurdi. Faqat mening yonimda bo'sh o'rindiq bor edi, va shu sabab uning yonimga kelib o'tirishdan boshqa iloji qolmadi. Men oramizda bo'sh joy yaratish uchun Namjoon tomon biroz suruldim


Hammamiz sabr qilib kino boshlanishini kutib o'tirarkanmiz, Jungkook o'rnidan turib chiroqni o'chirdi.



#Jena|@filter_youth 

@Universe_fanfics

Report Page