MAFIA Park Jimin
🌼🌼🌼#fanfic
#MAFIA_Park_Jimin
#44qism
Mehmonlar
Jin ularga Jenaning ahvoli haqida xabar berganida, bolalar kasalxonaga shoshilishdi. U hech qachon ularning hammasini bunchalik baxtli ko'rmagan edi. Jenaning palatasiga yo'l olisharkan, Jungkook hammasidan tezroq yugurdi
''U qayerda? Uni ko'ramizmi?'' Deb so'radi u tashqarida kutib turgan Jimindan
''Hozir doktor uni tekshiryapti, keyinroq Kuk'' dedi Jimin unga jilmayib
''HYUNG...'' deb qichqirdi kichigi uni mahkam quchoqlagancha
Jimin hayajonini jilovlay olmayotgan kenjasiga jilmayib orqasiga silab qo'ydi
Boshqalar uni ko'rish uchun bezovtalanib kelishdi. Ularning hammasi tashqarida Kenni chiqishini kutib turishardi
''Nega u shuncha vaqt qolib ketdi?!'' Deya nolidi Taehyung
''Taehyung-ah, u shifokor. U nima qilishi kerakligini biladi. Ichkarida o'ynayotgani yo'q. Bunchalik bezovta bo'lma'' deb tanbeh berdi Jin
''Men uni ko'rishni hohlayman'' dedi u bunday tanbehdan xursand bo'lmay
Jin unga ko'zlarini yumib, oynadan Jenaning xonasiga qaradi. U Kenning nimadir deganiga bosh irg'ab qo'yganini ko'rib, jilmayib qo'ydi. Jena nihoyat uyg'ondi va Jin bundanda xursand bo'lishi mumkin emas edi
Deyarli 15 daqiqalik kutishdan so'ng, Ken nihoyat xonadan chiqdi. U tashqariga chiqqach, Jimin va Jindan boshqa hamma eshik tomon otildi
''Shoshmang, shoshmang, yigitlar nima qilyapsiz?'' Deb qichqirdi Ken
''Biz uni ko'rmoqchimiz'' deb javob berdi Hoseok
''Birinchidan tashrif vaqti allaqachon tugadi. Ikkinchidan, men istisno qilyapman, chunki Jena uzoq vaqtdan keyin uyg'ondi va men hammangiz uni ko'rishni hohlayotganingizni bilaman. Lekin, bir vaqtning o'zida ikkitadan ko'p emas, bu yerda boshqa bemorlar ham bor. Shuning uchun kolidorda shovqin ko'tarmang''
Shu bn u ketdi
''Bu kichkina..'' deb lanatladi Yoongi. Yigitlar ichkariga kirishdan oldin Kenning g'oyib bo'lishini kutishdi.
''JENNAAAAA'' deb baqirdi Jungkook ichkariga kirishi bn. Hammaligi uning to'shagini o'rab olishdi
Ularning barchasini yana ko'rganimdan xursand bo'ldim. Bu xonani yanada jonli qildi
''Vanihoyat uyg'onding'' dedi Hoseok, kelib yonimga o'tirdi
''Uzoq uxlash yaxshi edi, albatta, lekin zerikdim shekilli'' dedim kulib
''Og'riyaptimi?'' Deb so'radi Taehyung gipsimga biroz urgandek bo'lib
Namjoon xuddi yosh boladek qo'limdagi gipsga tegib turgan Taehyungni mendan uzoqlashtirdi
''Bo'ladi, bir oz. Men hech narsani his qilmayapman''
''Va o'q qayerga tekkandi? Bu og'riyaptimi?'' Deb so'radi Jungkook
''Ha..u biroz..qimirlasam og'riyapti''
Yigitlarning hammasi jim qolishdi. Jena ular u bn qanday ko'rishmaganini payqadi
''Ho'sh yigitlar hozirgi kunlarda nimalar qilyapsiz?'' Deb so'radim kayfiyatni ko'tarishga urinib
''Ko'p narsa emas'' deb javob berdi Yoongi
''Jena hammamiz senga aytmoqchi bo'lgan narsa bor''
''Davom eting'' dedim.
''Biz.. Biz hohlaymizki...'' dedi Hoseok
''Hamma qilganimiz uchun uzr so'ramoqchimiz. Sen bizni kechirmasliging mumkin, lekin senga aytmoqchimizki, qilgan va aytganlarimizdan afsusdamiz'' deb yakunladi Yoongi
''Kechirim so'rashingiz shart emas'' dedim
''Yo'q kerak. Biz oilangdan qasos olish uchun shunday qildik va buning uchun biz....''
''Yoongi men hammasini bilaman. Menga hech narsani tushuntirishingiz shart emas. Men otamning qilmishlari uchun kechirim so'rashim kerak. Men har doim uning sovuqqon, tasirlanmaydigan odam ekanligini bilardim, lekin uning yirtqich hayvon ekanligini bilmaganman. Shuncha vaqtdan so'ng men hech narsa qila olmayman, lekin iltimos meni kechiring'' dedim ko'zimdan yosh oqib
''Jena sen yaxshi odamsan'' dedi Namjoon o'zining kulguchlarini ko'rsatib
''Hammangiz ham shundaysiz. Meni qutqarganingiz uchun rahmat. Agar sizlar kelmaganingizda nima bo'lardi, Xudo biladi. Men qayerdadir ariqda o'lik holda yotgan bo'larmidim''
Taehyung gapirishdan oldin ular jilmayishdi
''Nega Jiminni qutqarding?''
Bu savolga javob berolmay qoldim. Barcha 5 juft ko'z menga qaratilib, menga nisbatan qandaydir bosim bor edi.
''Men faqat...''
''U senga yoqadi'' dedi Taehyung menga qarab
Bu gapdan so'ng bir tonna ''ohh'' va ''ahhh'' xonani to'ldirdi
''Unday emas. Kichik narsadan katta tog' yasamang'' dedim o'zimni himoya qilishga urinib
''Kichik narsami? Sen uni o'qdan qutqarib qolding. Bu salkam kinolardagi drama, asalim'' dedi Jungkook
''Sen kichkina bola, men bu yerdan chiqsam, birinchi bo'lib seni o'ldiraman'' dedim unga qaragancha
''Demak, bu tasdiqlandi. Jena bizga javob bera olmayapti va shuning uchun biz u Jiminni sevib qolgan degan xulosaga keldik. Ish yopildi!'' Dedi Taehyung o'rnidan turib
Juda ko'p shovqin va ovozlar paydo bo'ldi
''Yo'q yigitlar. Meni eshiting. Bu hech narsa emas edi, chunarlimi, mish mishlar yaratmang'' deb baqirdim, lekin hech kim eshitmadi
''YAH, YAAH, MEN HECH NARSA YO'Q DEDIM''
Ular birin ketin ketishdi. Ular o'z hikoyalarini yaratishyapti. Jimin buni eshitmasin deb duo qildim. U meni ahmoqona sevgim haqida nima deb o'ylaydi?
Eshik yana ochildi. Bu safar Jin edi
Men uni ko'rib jilmayib qo'ydim. U kelib yonimga o'tirdi
''Umid qilamanki bu yovvoyi to'da seni bezovta qilmagan'' dedi u boshqa bolalar haqida.
''Yo'q ularning barchasini qayta koʻrish juda yaxshi boldi'' dedim men
''Xoʻsh oʻzingni qanday his qilyapsan''
''Bu yer va ana u yer ogʻriyapti lekin unchalik yomon emas''
''Ha yaxshi''
Ikkovimiz nimadir haqida oʻylanib oʻtirganimizda jimlik choʻkdi
''Sen hamma narsani eshitganingdan soʻng men shunchaki bir narsa aytmoqchiman'' dedi Jin
''To'xtang biror narsa demasdan oldin meni tinglang. O'sha kuni men g'azablandim, hatto xiyonat qilganimni his qildim. men sarosimaga tushdim, chunki dushman bo'lsak ham men sizlardan buni kutmagan edim. bu yerda oila adashgan, bu hali ham mening oilam edi. men ularni qutqarib, ularning aloqasi yoʻqligiga ishonch hosil qilishim kerak edi. lekin men Choining odamlari tomonidan qo'lga tushdim va bu mening hayotimga nuqta deb o'yladim. Men sizlardan hech narsa kutmagandim, hech qanday umidim yo'q edi. Lekin sizlar kelib, meni qutqardingiz, men uchun kurashdingiz. O'sha kuni barchangizni ko'rganimda, men hech qachon o'zimni xavfsiz his qilmaganman. Men hammangiz nima uchun bunday qilayotganingizni bilaman. Men hamma narsani bilaman. Rostini aytsam, o'zimdan va oilamdan hafsalam pir bo'ldi. Hozir hech narsa qila olmayman. Shuning uchun Jimin men bn nima qilmoqchi bo'lsa, shuni qilsin. Kimdir barcha gunohlar uchun to'lov to'lashi kerak, o'ylaymanki bu menman''
''Bilasanmi, sen ahmoqsan'' dedi Jin
''Nima?'' Deb so'radim hayron bo'lib, bu keskin izohni olish uchun nima deganimni bilmay
''Bundan keyin ham Jimin qasos olishni va seni xafa qilishni hohlaydi deb o'ylaysan, sen bu dunyodagi eng katta ahmoqsan''
Shu bn u o'rnidan turdi va meni yolg'iz qoldirib ketdi. Jimin endi qasos olishni hohlamaydi deganda nimani nazarda tutdi?
#Jena|@filter_youth
@Universe_fanfics