M U N O S A B A T

M U N O S A B A T

SURXONDARYO VILOYATI IIB JXX YHXB AXBOROT XIZMATI

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holat 2022 yilning 06 iyun kuni M41 xalaqaro avtomobil yo’lining Surxondaryo viloyati Denov tumani “Lochin” mahallasi hududidan o’tuvchi qismida “Cobalt” rusumli 01945YHA davlat raqam belgili tezlikni aniqlovchi moslama bilan jihozlangan avtomashinada xizmat olib borayotgan Surxondaryo viloyati IIB JXX YHXB bo’linmalari saf bo’linmalari batal’oni mobil qurilmalardan foydalanish guruhi haydovchi operatori safdor SH.J. Jalmatovning xizmat olib borayotgan joyiga shu tumanda yashovchi fuqaro A.X. o’zining boshqaruvida bo’lgan “NEXIA” rusumli transport vositasi bilan yo’lning qarama-qarshi bo’lagidan harakatlanib kelib, safdor SH.J. Jalmatovni  har xil uyatli so’zlar bilan haqoratlab, uning yaqin qarindoshlari nomiga tuxmat qiladi va holatni o’zining mobil telefoni orqali tasvirga olib, itimoiy tarmoqlarga tarqatadi. Ushbu holat yuzasidan safdor SH.J. Jalmatovning bildirgisiga asosan Surxondaryo viloyati IIB JXX YHXB va Denov tumani IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor choralar natijasida haydovchi A.X. Denov tumani hududida ushlanib hozirda tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Yakuniy natijasi ma'lum qilinadi.

SURXONDARYO VILOYATI IIB JXX YHXB AXBOROT XIZMATI














































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































Report Page