Loyiha ekspertlari Namangan viloyatida xizmat safarida...

Loyiha ekspertlari Namangan viloyatida xizmat safarida...

Sharofiddin Husniddinov

Loyihaning terimdan keyingi tadbirlar boʼyicha eksperti, qishloq xoʼjaligi fanlari doktori professor А.Аzizov boshchiligidagi guruh ayni damda Namangan viloyatida xizmat safarida boʼlib turibdi.

Guruh oʼz oldiga Oʼzbekiston Respublikasida 2023 yilning qish oylarida boʼlib oʼtgan anamal sovuq ob havoni tabiy va zamonoviy sovuqxonalarda saqlanayotgan meva va sabzavotlar sifat koʼrsatkichlariga va sovitish kameralarining ishlash jarayonlariga taʼsirini oʼrganish va monitoring oʼtkazishni maqsad qilib qoʼygan. 

Ekspertlar tomonidan tumanlardagi sovuqxona ishchi xodimlari bilan va oldindan tayyorlab qoʼyilgan savolnoma boʼyicha suhbat oʼtkazildi.

Bunda loyixamiz eksperti sovuqxonaning konstruktsiyalari talab darajasida takomillashtirilishi sabzi mevalarining sifat koʼrsatkichlarini maksimal saqlash qolinishiga imkon yaratishi haqida koʼrsatmalar berdi. 

Loyiha ekspertlariga saqlanayotgan mahsulotning sifat koʼrsatkchilari jumladan saqlanayotgan mevalarning namligini tezda yoʼqolib kolayotganligi boʼyicha tafsiyalar berishi soʼraldi.

Loyiha ekspertlari tomonidan mevalar jumladan olma mevalarining sifat koʼrsatkichlarini pasayib ketishiga sovitish kameralarida etilen garmonini koʼpligi va uni muntazam chiqarib turilishi kerakligi boʼyicha koʼrsatma berildi.

Report Page