Love wins All🪐

Love wins All🪐

𝗘𝘂𝗽𝗵𝗼𝗿𝗶𝗮_𝗺𝗲𝗲ꨄ

Episode 6⛓️

- Nima??? Jungkook dadamni o’ldirgan dedimi? Agar shunday bo’lsa… Taehyung! Ishimiz osonlashadi…



_ Ko’zlarini katta-katta qilib Taehyungga qarab uni qanday bag’riga bosib olganini bilmay ham qoldi….



Keskin va yoqimli insondan qabul qilingan qaynoq quchoqdan Taehyung ko’zlarini katta ochgancha harakatsiz qoldi. Onasini hayoli ham hayolidan uchib ketgandi. Birozdan so’ng u ham javoban yirik qo’llari va uzun barmoqlari bilan Minani o’rab olib nozik yelkasiga boshini ko’mdi. Ikki yosh quyosh nurlari ostida o’zgacha surat berib turishardi. Mina Taehyungni bag’ridan bo’shatib yelkasiga qo’llarini joyladi.


-Onamni qamoqdan qanday izlaymiz? Bu yerdan nima deb chiqamiz? Osonlikcha qo’yib yuborishmaydi ham! 



_Taehyung chuqur ux tortib yelkalarini yengil ko’tarib sukutga cho’mdi.


Mina biroz o’yladida so’ng harakatlarni boshladi.



- Yo’q, Onang aniq bu yerda emas. Menga Jungkook doim onam uzoqlarda, kela olmaydi, qo’llari bog’liq deb aytardi. U haqida so’raganimda doim o’zini olib qochardi. Gapni burishga harakat qilishi g’azabi to’lib-toshishini sezganman, ammo sababini so’ramagan ekanman!



- Menimcha Kim xonim boshqa shaharda. 



_Mina o’ylangandek ko’z qorachiqlarini yuqoriga qaratib, bosh barmog’ini pastki lablari uzra sayr qildirdi.



-Pusan!!! Taehyung Pusan!



_ Mina o’rnidan turib sakrab-sakrab aylnardi. 

Taehyung Minani yoshbolacha qiliqlarini ko’rib yanayam kuchli sevishni boshladi.


- Pusandagi qamoqxona… men uni surishtiraman. Pusanga borib kelamiz, qanday ketishni esa menga qo’yib ber, uyog’idan havotir olma! 



_Mina shirin harakatlarini yakunlab xonani tark etdi.



___________________



Yoongi sinf xonasida nimadirlarni yozib chizib o’tirardi. Hayolga shunday berilib ketgandiki, u qizil rang berayorgan yozuv tushurilgan qog’oz parchasi allaqachon yirtilib ketganini ham bilmay qolgandi. Yoongining tartibsiz hayollarini eshikni ochilishi va kimdirning ichkarida chiyillashi ovozi tarqatib yubordi.



- Yoongi, sizni ko’rgani kelishibdi. 

Zalda kutyabdi. Jeon Junkook ekan.


_ Xodim javobini ham kutmay eshikni yopib ketishga ulgurgandi.



PovYoongi: Bilgandim, meni sendan boshqa kim ham ko’rgani kelardi. Oilam ham yo’q bo’lsa…



_Yoongi qo’lidagi qizil rangga burkanib yirtilib ketgan qog’oz parchasini ikki kaftlari orasida g’ijimlab axlat idishga zarb bilan uloqtirib, ilgichdan pidjakini oldi. Yelkasiga ilib xonadan chiqdi. Zal eshigini asabiy xolda ichkariga surdi. 



-Ko’rishmaganimizga ancha bo’libdi, Ulg’ayib qolibsan mittivoy!



_ Jungkook Yoongini yelkasidan siqgancha labini chetida jilmaydi.

Yoongi yelkasida turgan Jungkookning yog’on va baquvvat qo’llariga qaradi. So’ng Jungkookga ayyorona tabassum bilan yuzlandi.



-Sevgilingni Taehyung bilan ko’rdim. Ular juda yaqin edilar. Xatto senga qarshi til biriktirmoqdalar. Seni xabardor qilishni istadim. Zero sen qudrating bilan ularni yanchib tashlarsan, yoki sevgilingni boshqasiniki bo’lishini kuzatasanmi?!



_ Yoongi kesatiq gaplari bilan Jungkookni chaqib olardi. Jungkookning tabassumi o’rnini rashk va g’azab egalladi. Qo’llarini yelkasidan tortib olib stulga cho’kdi. 



- Meni shunday qiladi deb o’ylaysanmi? Seningcha jim kuzatamanmi?



_ Jungkook g’azabini yashirishga urunib majburan tabassum qilishga harakat qildi.



-Ularga hukmingni o’tkaza olmadingmi? Qani kuch qudrating, yo’qolib qoldimi? Seni kuching faqat meni opamga yetgan holos, JEON JUNGKOOK!



_ Yoongi ovoz ohangini balandlashtirib biroz quyida turgan Jungkookning ko’ksiga ko’rsatgich barmoqlarini qadadi…



- Haddingdan oshma, yigitcha! Seni oilang boshiga qanday ko’rgilik kelgan bo’lsa hammasiga o’sha suyuq oyoq opang aybdor… Uni yengiltakligi aybdor. 



_ Jungkook ham ko’tarilib ketgan ovoz tonini pasaytirib Yoongiga yuzlandi


-Menga qayta ovozingni ko’tarma. Va menga ayt ular nima qilishmoqchi menga qarshi til biriktirib?



-Ularni kuzatdim, aytganingdek! Mina Taehyungni onasini topmoqchi. Pusandan qidirishmoqchiliginini aniqlay oldim holos. 



PovJungkook: Mina xonim bo’yingdan baland ishlarga aralashib boshingga xayolingga ham kelmagan muammolarni ortiryabsan. Seni olib ketishni o’qishni bitirishinggacha cho’za olmayman aftidan…



_Jungkook biroz sukutdan so’ng Yoongini bo’ynidan qisib devorga qadadi.



-Kuzatishda davom etasan, Yoongi! Agar biror nimani ko’zdan qochirsang opangni qayta ko’rolmaysan. Seni ham jahannamga ravona qilaman. 



- Yoongini bo’shatib chetga qattiq uloqtirdi. Xona burchagida burushib qolgan Yoongi ko’zini ochib yumguncha zaldan g’oyib bo’lgandi.


__________________


Mina hamma jadvallarni ko’rib chiqayotib ko’zi bir xaftadan keyingi xalqaro baydam forumiga tusharkan quvonchi ichiga sig’ay Taehyungni xonasi tomon oshiqdi.



Mina Taehyungni xonasiga otilib kirdi. Taehyung Minani bu xolatidan hayratda qolgandi. 



- Taehyung! Keyingi haftada… keyingi haftada xalqaro forum bor ekan… bu … biz uchun imkoniyat! Kelasi hafta forumga boramiz. Tayyorlan. 



_ Yugurib kelgani sababli hansirab, betartib harakatlar bilan bazor tushuntirib berdiyu, o’zini Taehyungni bag’riga otdi. 




1-Haftadan so’ng…


Pusan…



-Mina, balki aylanib kelarmiz, xohlaysanmi?! 


Mina yelkalarini qisib qo’ydi.



- Nimaga kelganimizni unutdingmi? Aylanishga vaqtimiz yo’q. Ertadan ishga kirishish kerak. Bu yerda ko’p bo’la olmaymiz.



_Mina harakatlarni yakunlab, kiyimlarini taxlab javonga terishni boshlab yubordi. 



-Seni bizdan 200 chaqirim narirog’dagi dengiz bo’yida 2 soatdan keyin kutaman. Unutma, kelmasang ham kutaman!



_ Taehyung xonadan og’ir qadamlar bilan chiqib ketdi.


PovMina: Ayshsh… U hafa bo’ldi. Doim shunday qaysar. Unga bu qaysarlik qayerdan o’tgan, hayronman.



Ko’z qorachiqlarini aylantirib qo’lidagi bir uyum kiyimlarni yotoqga uloqtirdi. So’ng oynani oldiga borib tayyorlanishga tushdi. Yengil bo’yanib, kiyish uchun oq harir kiyimni tanladi. Va dengiz tomon yo’nalish oldi.



Ancha kech tushib qolganligi sababli, atrof rang-barang chiroqlarga burkangandi. Miltillagan chiroqchalar shaharni ko’rkiga ko’rk qo’shib turardi. Dengizga yaqinlarkan chiroyli qushlarning sayroqi navosi eshitila boshlandi.


Oyoqlaridagi poshnali tuflini yechib qo’llariga olib olgan Mina, oyoqlari hali sovub ulgurmagan illiq qumga tegkanda o’zini yanayam qulayroq his qilgandi. Kiyimini bir chetidan ko’tarib ushlan olgancha dengiz o’rtalari sari yurdi.

O’ynoqi dengizning qoq o’rtasiga yetib borgach ko’zi miltillab turgan yo’lak bo’ylab terilgan shamlar hamohangligida hilpirab turgan chaylaga tushdi. Shamli yo’lak bo’ylan chayla tomon yurarkan ko’zi chaylada qo’llarida gitara ushlab olgancha mayin jilmayib turgan yigitga tushdi. 



- TAEHYUNG!



_ Taehyung qizga shaxzodalardek bosh egib ta’zim ila iltifot ko’rsatib qo’lidagi gitarani chalib qo’shiq kuylashni boshladi.




- DEAREST, DARLING, MY UNIVERSE…

-LOVE WINS ALL, LOVE WINS ALL…



Mina qo’llari bilan og’zini qulflagancha qarshisidagi shaxzodalardek chiroyli kelishgan va mukammal insonga tikilib turardi. 




- Juda chiroyli chalding! Ovozingga ham gap yoq. Menga ham gitara yoqadi.


_ Minaning harakatlari havas bilan aralashib ketib, Taehyungni olqishlardi.




-Koreyaning mashxur qo’shiqchisi LeeJieunning yangi taronasi. “Sevgi hamisha g’olib” ma’nosi ham, o’zi ham juda chiroyli. Gitarani yoqtirsang buni o’zingga olishing mumkin. Dadam ham san’atkor odam bo’lganlar. Bu ularniki…



_ Taehyung mamnun holda, yengil gitarani Minaga uzatdi. 



- Taehyung bu dadangniki bo’lsa o’zingda qoldiraqol, sen uchun juda qadrli-ku!



_ Mina ikki qo’li bilan Taehyung uzatib turgan gitarani o’ziga yengillik bilan surdi.



-Ol, uyalma. Uni senda bo’lishidan faqat hursand bo’laman. 



Mina ilojsiz gitarani qo’liga olarkan, qarshisidagi yigitni sekin tizzasi bilan yerga cho’kkanini sezib ko’zlarini Taehyungga qaratdi.



- Mina, men ko’p o’yladim. Seni sevishimga amin bo’ldim. Menga turmushga chiqasanmi?




BY: MinaKim



Report Page