Love me till the end
_𝐌𝐢𝐚 𝐒𝐨𝐮𝐥_New #fanfic by #Mia
#Lovemetilltheend
𝐋𝐎𝐕𝐄 𝐌𝐄 𝐓𝐈𝐋𝐋 𝐓𝐇𝐄 𝐄𝐍𝐃
17-qism
Taesu yugurgancha vokzalga bordi. Hoziroq oʻsha doktor yoniga borishga intilar, undan savollariga javob topish umidida edi. Chiptasiga qararkan toʻgʻrisida poyezd past ovozda toʻxtadi. Biroz eshikka qarab turarkan, u yerdan tushgan tanish chehrani koʻrib darrov oʻrnidan turdi va olomon orasiga qoʻshilib, u tomon intildi
Yetib borib uni oʻziga qaratish uchun chaqirdi -doktor
Biroz oddiy kiyingan doktor ovoz kelgan tomonga qaradi va jilmaydi
-yugurdingizmi? Axir sizga mumkin emas. Oyogʻingiz lat yegan) doktor Taesuni qizargan yuzini koʻrib
-doktor meni tanidingizmi? Men Taehyungman. Eslayabsizmi?
-bu oʻtkir koʻzlar-u, toʻrtburchak lablaringizni qanday unutay) doktor kula boshladi
-tushunmadim
-yigʻlaganingda rosayam xunuk boʻlib ketarding deyabman
-demak siz meni eslayabsiz
-xa. Faqat bu yerda emas. Kel holiroq joyda gaplashib olamiz
-xa albatta) Taesu rozi boʻlgach ular vokzalni tark etib, doktorni uyiga kelishdi. Doktor Taesuga stakanda suv berdi
-menimca bu senga kerak boʻladi) doktor suvga qaradi. Taesu "rahmat" degandek boshini yengil qimirlatdi
-seni yosh politsiyachi olib kelgandi. U bilan tanish edim aniqrogʻi Shin Hamin. Men seni psixologing edim. U huddi ukasidek seni koʻrishga har kuni 2yoki 3marttadan kelardi. Va bir kun men sen haqingda soʻradim. Nima boʻlgan oʻzi? Ota-onasi qayerda dedim. Haminni koʻzlarida shunchalar qizarish paydo boʻldiki dunyo uni butkul sindirganini tushundim
-u otamni oʻldirdi. Esimda aniq u oʻldirdi otamni
-yoʻq u bunga majbur boʻlgan
-qanday qilib majbur boʻlishi mumkin. Inson boshqa birini oʻldirish uchun kimdir unga majburlaydimi? Hoʻsh oʻsha kim ekan meni begunoh otamni oʻldirishga majbur qilgan?
-qonun. Otangni qonun oʻldirdi Hamin emas
-tushunmadim
-otang onangni oʻldirgach uni hibsga olish buyurilgan ammo otang buni qabul qilmay Haminga qarshi chiqqan va unga singlisi bilan tahdid qilgan. Eslaysanmi sen bilan doim oʻynagan yosh qizaloqni. Sochi oʻgʻil bolalarnikidek qirqilgan, u seni eng yaqin doʻsting edi
-nima?
-boʻlgan ishlardan afsusdaman Taehyung. Ammo Haminni ayiblash oʻrinsiz. U seni himoya qilmoqchi boʻldi. Otang nafaqat onangni oʻldirgan balki koʻplab jinoyatlar sodir qilgan. Bilaman bularni eshitish sen uchun qiyin ammo haqiqatni bilishing kerak
-...) Oraga chuqur sukunat choʻkdi
-men qanday qilib Seulga kelib qoldim
-seni bir ota-ona saqlab olgandi. Shifoxonadaligingdayoq. Ammo koʻp oʻtmay ular ham oʻldilar. Yongʻindan seni yelkangdagi chandiq hali ham bor boʻlsa kerak
-...
-Taehyung boʻlgan ishlarni unutishga harakat qil. Bundan buyogʻiga sen ham yaxshi hayot kechir. Oʻtmishga boqaverma, ularni bilganing bilan ular oʻzgarmaydi. Oʻtmish bu oʻtmish
-...aytish oson
-sen yana meni kurslarimga kelishing mumkin
-... rahmat) Taesu oʻrnidan turdi va chiqish eshigi tomon ketdi
Pov Taesu 🍃
Men bir jinoyatchining oʻgʻli Taehyungman. Otasi onasini oʻldirgan Taehyungman. Ota-onasini tirikligiga ishonib, ularni uzoq kutgan ammo hech ularga erisha olmagan Taehyungman. Sirlar va hissizlik ichida qolgan Taehyungman. Dunyo ustimga quladi ortiq nafas olish ham qiyin men uchun. Nima uchun yashadim? Maqsadim nima edi? Shunchalar azobli boʻlsa bu hayot nega dunyoga keldim oʻzi
Hayollaga chalgʻib uyim tomondagi zinalarga yetganimni ham sezmay qolibman. Zinalardan yuqoriga qaradim va uyim atrofini qorongʻulik chulgʻab olganini koʻrdim. Negadur bu ham qalbimga ozor berardi
Toʻsatdan ortimdan kelgan mayin ovozdan bir soniyada koʻnglim yorishib ortga burildim
-hey Taesu) Harin jilmaygancha oldimga yugurib kelar, ogʻriqlardan soʻng malham boʻlgandek baxtli ekanimni his qila boshlagandim - nega bu yerda turibsan?) Harin meni quchoqlab, gapini davom ettirdi. Soʻng koʻzlarimga qarab jiddiy ohangda -faqat menga "qorongʻudan qoʻrqyabman" dema
Uning gaplari menga dalda bergandek kuch berdi va oʻzimda kulish uchun kuch topa oldim. Unga qarab jilmayib, shamolda yuziga tegayotgan sochlarini qulogʻi ortiga taradim
-qoʻrqyabman. Judayam qattiq qoʻrqyabman
-yo Xudo. Qoʻyib bersam yegʻlab beradiganga oʻxshaysiz janob Taesu) u yuzlarimga issiq taftini qoʻydi va shivirladi -bu koʻzlar meni aldolmaydi. Nima boʻldi? Seni koʻrganimdan beri gʻamginsan. Hazilkash Taesu qayerga yoʻqoldi?
-Taesu oʻldi. Men Kim Taehyungman) gaplarimdan soʻng u tezlik bilan qoʻllarini tortib oldi
-yo Xudo. Nahotki sen... Nahotki sen
-meni eslayabsanmi?)men doktor aytgan yoshlikdagi doʻstim haqida eslab. Axir u qiz bola boʻlgan va Haminni singlisi. Bu Harin edi. Bu aniq
-sen uni egizagimisan. Taesu oʻldimi?
Uni gaplaridan qattiq kula boshladim. Qoyil qolish kerak undan judayam yaxshi aktrisa chiqadi
-nega kulyabsan. Men jiddiy aytdim. Meni Taesuyim qayerda?
-kiming?
-haligi... Balki uyga kirarmiz qornim ochdi) u darrov gapni burib zinalardan chiqa boshladi. Men esa uni ortidan atayin gaplarini qaytarardim
-yoʻq sen sal avval nima deding
-men hazillashdim
-yoʻq undan keyin. Men jiddiy aytyabman meni Tae...
-jim dedim senga) Harin qoʻli bilan ogʻzimni yopib gapimni tugatishga qoʻymadi
***
-ishonching komilmi?
-xa
-men qoʻrqyabman. Oshxonani portlatib yuborsangchi
-unday boʻlmaydi. Menga ishonsangchi
-hech ovqat qilmagan boʻlsang qanday ishonay. Yoʻq yaxshisi oʻzim tayyorlayman. Qoch
-sen oʻtir. Men tayyorlayman dedimmi demak tayyorlayman
Men Harinni stulga oʻtqizib, uni roʻparasida bugun kuni bilan oʻrgangan ovqatimni tayyorlashga kirishdim. U menga koʻzlarini uzmay tikilib, nimadirlarni oʻylab oʻtirardi va men uni hayollarini boʻlishga qaror qildim
-rostdan ham fartukta se*y koʻrinar ekanmanmi? Koʻzlaringni uzolmayabsan
-un..unday emas) men uni gapiga shunchaki kulib qoʻydim -kulma
-kulmayabman) men kulishdan oʻzimni toʻxtata olmay javob berdi
-huddi men kulayotganingni koʻrmayabmanda... Kulishni bas qil
-hoʻp mana kulmayman) men lablarim orasiga chiziq tortdim 🤐
-Aldoqchi baribir kulyabsan endi seni jazolayman
-qanday jazo?
-mana bunday) Harin ortimdan quchib barmoqlari bilan qitiqlay boshladi
-yoʻq yoʻq Harin. Boʻldi boʻldi) men hatto kulganidan koʻzlarim yoshlanib ketdi. Uni toʻxtatish uchun qoʻllarimga koʻtarib oldim. U koʻzlarini katta katta ochib qilgan harakatimdan hayron qarab qoldi
-jim shu yerda oʻtir. Hozir ovqat tayyor boʻladi) men shunday deb uni gaz plitasi oldiga oʻtqazdim
-men boyagi stulda oʻtirmoqchiman
-yoʻq. Sen shu yerda oʻtirasan
-nima uchun?
-chunki seni sogʻinib qolyabman
-nima
-sen uzoqdaliging sabab seni sogʻinib qolyabman
-nima
-yaa nechi marotaba takrorlash mumkin Harin. Men...
-boʻldi boʻldi tushundim Taesu) men ismimni aytganidan soʻng ish qilishdan toʻxtadim va u tomonga qaradim