Lokal tarmoq orqali bir qurilmadan boshqa qurilmaga ma’lumot uzatish

Lokal tarmoq orqali bir qurilmadan boshqa qurilmaga ma’lumot uzatish

Kamol To'xtayev

Salom aleykum! bugun biz sizlar bilan, lokal tarmoq orqali shu tarmoqqa ulangan qurilmalar o'rtasida ma'lumot almashinishni ko'rib o'tamiz.

Bu ishni qanday qilib amalga oshirish mumkin:

Bu ishni amal oshirish file serveri va klient brauzer kerak. Siz qaysi qurilmadan ma'lumot olmoqchi bo'lsangiz u qurilmaga file server o'rnatilgan bo'lishi kerak. File serveri nimaga kerak, bilamizki tarmoqqa ulangan qurilmalar o'z ip-adresiga ega bo'ladi va o'z navbatida tarmqqa tarmoqni ham qo'shish mumkin. Tarmoqni boshqaruvchi qurilma server deb ataladi, o'z navbatida esa server qurilmani server sifatida ish olib borishi uchun server dasturi kerak. Server dasturining bir necha turi bor. Bizga hozir kerak bo'lgan server dasturini turi file serveridir. File serverini vazifasi bir qurilmadan ikkinchi qurilmaga ma'lumotni lokal tarmoq orqali o'tqazishdir. File serverini ishlashi uchun server qurilmasi bo'lishi shart emas. U server dasturi ishlashi uchun qurilma lokal tarmoqqa ulangan ip-adres kerak holos, ya'ni tarmoqda server vazifasini bajarishi shart emas.

Siz qaysi qurilmaga ma'lumot o'tqazmoqchi bo'lsangiz, o'sha qurilmaga brauzer bo'lsa bo'ldi. boshqa narsa kerak emas.

Ishni bajarish tartibi:

1.Siz qaysi qurilmadan ma'lumot olmoqchi bo'lsangiz, o'sha qurilmani lokal tarmoqqa ulaysiz, File server dasturini yoqasiz, dastur tarmoqdagi ip-adresizni aniqlaydi bo'ldi.(mening qurilmamda ip-adres 127.0.0.1)

2.Siz endi qaysi qurilmaga ma'lumot o'tqazmoqchi bo'lsangiz, o'sha qurilmani lokal tarmoqqa ulaysiz, brauzerga kirasiz, Birinchi qurilma ip-adresini terasiz bo'ldi(mening qurilmamda ip-adres 127.0.0.1). Keyin hoxlagan narsangizni ko'rishingiz, yuklab olishingiz mumkin bo'ladi.

Matnni qolgan qismini ko'rish uchun videoni ozgina o'tqazing.

File server dasturiga keladigan bo'lsak, bunday dasturlar juda ko'p, biz hozir HFS - Http File Server dasturidan foydalanamiz. U dasturni Megasoft.uz saytidan yuklab olishingiz mumkin. Brauzer har qanday brauzer bilan ish olib borish mumkin.

Men hozir video faqat bir qurilmadan olayotganligim uchun kompyuterning brauzeridan foydalanaman. File serveri ham shu o'zimning kompyuterimda joylashgan. Ip-adres bilan ishlaydi dedimku bu degani shu narsani anglatadi, ya'ni shu qurilmani o'zidan shu qurilmani o'ziga ma'lumot o'tqazish imkoniyatini beradi. HFS - Http File Server dasturining telefon uchun mo'ljallangani ham bor.

Brauzer orqali ikkinchi qurilmangizdan birinchi qurilmangizga ma'lumot jo'natish imkoni ham bor. Bunda birinchi kompyuterga ikkinchi qurilmadagi ma'lumotlar ko'rinmaydi va yuklab olish imkoni yo'q. Siz shunchaki ikkinchi kompyuterda File server yo'qligi uchun birinchi kompyuterga narsa jo'nata olmasligingiz mumkin shuni hisobga olib, ma'lumot j'onatish funksiyasi qo'yilgan. Siz ikkinchi qurilmadagi bironbir faylni belgilab, jo'natish(submit) tugmasini bosasiz va shu zahotiyoq jo'natgan faylingiz birinchi qurilmaga yuklanishni boshlaydi. Eslatma: birinchi qurilmada hech qanday xabar chiqmaydi(fayl yuklanganligi haqida), o'tganini bilish uchun siz File Serverga kirib, log bo'limidan bilishingiz yoki qurilmaning yuklanmalar qaysi papkaga tushsa, o'sha papkani ochib tekshirishiz mumkin.

File Serverida ishlashni to'g'ridan to'g'ri boshlab bo'lmaydi, oldin File Serverini sozlash kerak.

Mayli Sog' bo'ling.

Report Page