@LivegramBot yordamida Feedback-botini yaratish

@LivegramBot yordamida Feedback-botini yaratish

Shukhrat Makhmudov
Livegram Bot

Demak, boshladik:

1.   Boshlanishiga @BotFather’ni oching va START tugmasini bosish orqali botni ishga tushiring. Bot sizga o‘z menyusini taqdim etadi.

2.    Boshqa botlarni ulash uchun kerak bo‘luvchi yangi botni yaratish uchun matn kiritish maydoniga /newbot buyrug‘ini kiriting. Sizga o‘z botingiz uchun nom tanlash taklif etiladi.

3.    Bot uchun ingliz/rus harflari ishtirok etishi mumkin bo‘lgan ixtiyoriy nomni tanlang. Misol uchun: Test uchun bot. Yuborish tugmasiga bosing.

4.  Keyingi qadamda bot uchun foydalanuvchi nomini tanlash tavsiya etiladi, u albatta bot so‘zi bilan tugashi lozim. Misol uchun, itspecuz_comment_bot. Yuborish tugmasiga bosishdan so‘ng sizga 654526011:AAGqbR4TpsI_-3WWMBnDzhZTUCXXXX2123 ko‘rinishidagi shaxsiy token yuboriladi. Uni hech kimga ko‘rsatmang. U botni ulash uchun kerak bo‘ladi.

5.  Siz botni yaratdingiz! Biroq uni endi Livegram’ga ulash lozim. @LivegramBot’ga kiramiz.

6.  @BotFather’dan qabul qilingan botingizning Token’ini kiritasiz.

7.   Tayyor! Sizda o‘z feedback-botingiz mavjud. U to‘liq ishlay oladi!

8.  Keyin @LivegramBot sizga o‘z botingizni sozlab olishni taklif etadi: bot ishga tushirilgandagi botning salomlashuvchi matni yoki yuborilgan xabarga avtomatik javoban keluvchi bot matni. Buni siz Настроить бот tugmasini bosish orqali amalga oshirishingiz mumkin.

Marhamat, foydangizga xizmat qilsin!

Bu va boshqa maqolalarni kanalimizda kuzatib boring: @itspecuz

Report Page