Linuxda Tas-ix Firewall o'natish

Linuxda Tas-ix Firewall o'natish



Kamol To'xtayev

Linuxda Tas-ix Firewall o'natish

Kundalik hayotda, Linuxdan foydalanayotganimizda ba’zida trafikni tejash maqsadida internetni o‘chirib, faqat TAS-IX tarmog‘iga ruhsat berishimizga to‘g‘ri kelib qoladi. Biz shunda firewall yozishimizga to‘g‘ri kelib qoladi. Men sizlarga tashqi trafikni yopib, faqat TAS-IX tarmog‘idagi IP manzillarga bog‘lanishga imkon yaratuvchi skriptni taqdim etaman. Demak, bir qator kodni kiritamiz va hammasini o‘zi bajaradi. Avval Cltrl-A-T - lardi birgalikda bosib Terminaldi ochamiz va sudo su buyrug'ini teramiz (root bo'lish uchun) va Linux di o'rnatayotgan paytda yozgan parolni yozasiz va Enter shunday so'ng quyidagi kodni copy qilib terminalga paste qilasiz wget -O - http://blog.openweb.uz/files/tasix_firewall/tasix_firewall_install.sh | sudo bash Ushbu skriptdan faqat root’dan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan foydalanuvchilar foydalanishlari mumkin. TAS-IX tarmog‘idagi IP manzillar ro‘yxatini yangilash uchun tasixfw skriptiga update buyrug‘ini yuboramiz: sudo tasixfw update Cheklovni olib tashlash uchun tasixfw skriptiga stop buyrug‘ini yuboramiz: sudo tasixfw stop Internet cheklovni o‘rnatgan holda, faqat TAS-IX hududiga ruhsat berish uchun start yoki restart buyrug‘ini yuboramiz: sudo tasixfw start E’tiboringiz uchun rahmat! Manba: blog.openweb.uz saytidan ayrim o'zgartirishlar kiritilgan holda olindi. Agar savollarinigiz bo'lsa kommentga yozishingiz mumkin  

Report Page