Life's challanges

Life's challanges

Serin
Ep_4

Pov avtor

Junkyu rasmni qaytarib berdida indamasdan chiqib ketti.Amakisini oldiga ham kirmasdan mashinasini minib oxirgi tezlikda haydab ketti.U hozir nima qilishni bilmasdi.Borib Seringa gapirsinmi,Sugagami yoki amakisiga gapirsinmi?U ayni paytda oʻtda yonayotgandek edi.Uyga jaxil bilan kirib keldi.Unga xizmatchi gapirdi

X:Janob axvolingiz yaxshimi jaxlingiz chiqqan?

Junkyu:Nima ishing bor seni)

U alamini nimadan olishni bilmasdan xizmatchiga ham baqirib tashladi.Xonasiga chiqib xamma joyni ostun ustun qilib sindirib tashladi.Oxiri yerga oʻtirib qoldi

Junkyu

Pov Junkyu

Nima qilay?Nima qilishim kerak?Boshim qotib qoldi...Qanday qilib bunday boʻlishi mumkin?Qanchalik ahmoqmana shunchalik ham boʻladimi?Oʻz quvonchimni,hayotim mazmunini amakivachchamga berib oʻtiribmanmi?Shunchalik ham kuchsiz boʻlamanmi?Hamma ayb oʻzimda,voxliroq unga uylanishim,oʻzimniki qilishim kerak edi.Endi usiz qanday yashaymana?Endi negaligini bildim.Shuning uchun Serin qoʻngʻiroqlarimga javob bermagan.Unga ham qiyindir....

COMEBACK

Serin:Junkyu...Kechiring iltimos men hech narsa qila olmaganim uchun kechiring hamma ayb menda

Junkyu:Sen umuman aybdor emassan oʻzimda ayb.Endi sen bir ish qilishing kerak

Serin:Qanday ish?

Junkyu:Sen Suga bilan baxtli boʻlishing kerak

Serin:Nimaa siz qanday qilib menga bu gaplarni aytyapsiz?

Junkyu:Serin meni tushun,endi iloji yoʻq

Serin:Nega boʻlmas ekan?Hamma narsani iloji boʻladi

Junkyu:Buni esa yoʻq

Serin:Ha endi men sizni tushundim.Siz meni sevmaysiz shundaymi?Shuning uchun bu gaplarni gapiryapsiz.Gapku mayli labingiz chetidan chiqib ketaveradi lekin menchi?Yuragiga botadi deb oʻylamaysizmi?(Bu gaplarni eshitib Junkyu Serinni qoʻlidan tortib qattiq quchoqlab oldi.

Junkyu:Serin,yulduzcham meni tushun.Men seni baxtli boʻlishingni istayman.Seni yuzingda doimo kulguni koʻrishni istayman

Serin:Men sizsiz qanday qilib baxtli boʻlishim mumkin ayting?Ayting menga ayting tushuntiring,ayting ayting...) Serin Junkyuni yelkasiga urib yigʻlardi.

Junkyu:Serin buni iloji yoʻqligini ikkimiz ham bilamiz

Serin:Yaxshi... ) Serin Junkyuni qoʻliga rasm tutqazdi

Rasm

Serin:Shu rasmni yoʻqotgan kuningiz meni unutgan boʻlasiz(Junkyu hech nima demasdan bosh chayqab qoʻydi.

Serin:Junkyu...) Serin gapini gapirmasidan Junkyu uni quchib oldi.

Junkyu:Unutma,seni hech kim hech qachon menchalik seva olmaydi.Tushunarlimi?

Serin:Ha...

Junkyu:Endi esa bor..) Junkyu shunday dediyu,u yerni tark etdi.

Pov Serin

Men nima qilib qoʻydim?Men unga nimalar deb qoydim a. Uning koʻnglini rosa ogʻritgandirmana...Unga ham oson emas.Bu gaplarni qanday qiynalib aytganini koʻrdimku.Men esa oʻylamasdan gapirib qoʻydim.Ehh afsus buni toʻgʻirlashni endi iloji yoʻq.Meni kechiring.Sizni sevaman.....

Serin oʻsha yerdan toʻgʻri Suganing oldiga bordi. Uyerda Suga uni kutib turardi.

Suga

Suga:Salom

Serin:Salom

Suga:Koʻzlaring ishgan,qizargan yigʻlagansan toʻgʻrimi?

Serin:Bunga etibor bermang

Suga:Seni tushunaman...Meni ham sevganim bor ammo...

Serin:Yoongi,iltimos sizdan bu toʻyga qarshilik qila olasizmi?Meni fikrim hech kimni qiziqtirmaydi...Sizni gapingizni inobatga olishar

Suga:Yoq... Afsuski meni fikrim ham ulat uchun 1 tiyin ekan.Agar senga uylanmasam bor mol mulkimni otam tortib oladi,merosdan ham mahrum qiladi. Shunday ekan bunga qarshilik qilmaganimiz maqul.

Serin:Ammo...

Suga:Jim boʻldi gapimni ikki qilganlarni yoqtirmayman

3 k u n d a n s oʻ n g

Pov avtor

Suga va Serinni toʻylari ham boʻlib oʻtdi.Ammo bundan na Yoongi na Serin va na Junkyu xursand edi.Junkyu har kuni ichardi.Club uning ikkinchi uyiga aylangandi.Kunduzi ish bilan oʻzini chalgʻitardi.Ishdan chiqib esa toʻgʻri clubga borardi.Uning kuni shu tariqa oʻtardi.Suga esa offic bilan ishi ham boʻlmay qoldi.Har kuni kayfu safo qilib qizlat bilan yurardi.Doim ichib kelardi.

Bugun Junkyu ishdan voxli chiqib clubga bormadi,uyga bordi.Chunki bugun eng yaqin doʻsti Jihoon uyiga kelmoqchi edi. Jihoon va Junkyu rosa gaplashishdi.Jihoon hamma hamma narsani bildi.

Jihoon:Junkyu...Bugun uyerga bor

Junkyu:Qayerga?

Jihoon:Serinni uyiga sogʻingandirsan hech boʻlmasa bitta kulgusini koʻrib kelasan

Junkyu:Yaxshi,men kettim) Junkyu chiqib ketti.

Pov Junkyu

Serinni juda sogʻindim,mensiz yaxshi yashayotganmikin?Menimcha u Suga bilan baxtli boʻlsa kerak...Nima boʻlganda ham, uni juda sogʻindim...

Junkyu ularni uyiga yetib keldi.Kech bolgani uchun hamma xizmatchilar ketib boʻlgandi.Junkyu ularga begona boʻlmagani uchun indamasdan kirib kelaverdi.Va tepa qavatdan qandaydir ovozlar eshtildi.......

4-qism tugadi


Report Page