Life's Challanges

Life's Challanges

Serin
Ep_3

Serin xonasiga yugurib kirib ketti.U yerdagi hamma narsani otib sindirib tashladi.Shishalar uning qoʻllari va oyoqlariga kirib hamma joyini qonatishga ham ulgurgandi.Serin unga umuman etibor bermadi.Chunki uning yuragi ogʻrishini oldida bu hech narsa emasdi.U hech narsa qila olmasdi.Chunki otasi uning ustidan qulflab qoʻyishga ulguribdi.Serin xonaning burchagiga borib oʻtirib yigʻladi.Oradan 3 kun oʻtdi.Bu orada Serin hech narsa yemadi.Hatto suv ichmadi.3 kun ichida Junkyu unga 1 kunda 30 marttadan koʻp qoʻngʻiroq qildi.Ammo Serin koʻtarmadi.Ahvolimni bilib u ham siqilmasin deb.Shu 3 kundan soʻng Serinning telefoniga otasidan sms keldi.Unda "Bugun yigit 18:30 da bilan uchrashib olasan,hech qanday qarshilik koʻrsatma ertaga toʻy" deb yozilgandi.Serin unga javob ham yozmadi.Junkyuga qoʻngʻiroq qildi.

-Serin senga nima boʻldi?Nega telefonni ham koʻtarmaysan?Yoʻq boʻlib ketting qancha havotir olganimni bilasanmi?Qayerdasan

-Junkyu...Bugun koʻrishaylik iltimos

-Nega ovozing...Hop har doimgi joyimizda. hozir boraman

-Hop

Aloqa yakunlandi.

Pov avtor

Serin Junkyu bilan gaplashib boʻlgach,sal pal tayyorlandi.Serin yigʻlayverib koʻzlari ishib qizarib ketgandi.Koʻrgan odam 1 oy qop qorongʻu xonada qolib ketgan deb oʻylardi.Serin uydan chiqib ketti.Piyoda ketarkan bir quvonchli kunni esladi.

FLASHBACK

Junkyu:Agar,agar emas albatta toʻyimiz boʻlganda men qora yoki oq emas koʻk kastyum kiyaman

Serin:Iyee

Junkyu:Haa nima qipti

Serin:Unda men ham oppoq emas binafsha rang koʻylak kiyaman

Junkyu:Mayli,senga hamma narsa yarashadi

COMEBACK

Serin shularni oʻylab manzilga ham yetib keldi.Ular doim chiroyli gullar ochiladigan bogʻda koʻrishishardi.

Bogʻ

Serin Junkyuni koʻrdiyu indamasdan borib uni sekin quchoqladi va ovoz chiqarmasdan yigʻlay boshladi.

Serin:Junkyu....

Junkyu:Men bilaman Serin

Serin:Nima, qanday qilib?

Junkyu:Chunki u meni amakimni oʻgʻli

FLASHBACK

Pov Junkyu

Amakimni uyiga ish bilan ketayotgandim.Seringa qoʻngʻiroq qildim,yana koʻtarmadi.Ishqilib tinchlik boʻlsin rosa havotirlanyapman.Amakimni uyiga kirib ularni xizmatchilardan soʻradim.Xonalarida ekanliklarini aytishdi. Men borib eshik tutqichini endi ushlaganimda ichkaridan Suga va me ing amakimni ovozi eshtildi. Tutqichni qoʻyib yuborib ozgina quloq soldim.

-Yoongi seni hamkorimning qizi bilan unashtirib qoʻydim.

-Nimaa dada nimalar deyapsiz?

Suga

-U juda yaxshi qiz

-Yaxshi qizmi yomon qizmi bu bilan nima ishim bor?Dada meni sevganim bor

-Sevganing bormi yoʻqmi ishim yoʻq.Uylanasan

-Hech qachon hech qachon uylanmayman

-Agar aytganimni qilmasang officda rahbarlikdan olinasan,mashinangni olib qoʻyaman,barcha plastic kartalaring muzlatiladi.Merosdan mahrum qilaman. Keyin bilganingni qilaverasan

-Lekin dada...

-Shundayam rozi emasmisan

-Ufff mayli roziman

-Yaxshi oʻgʻlim,mana bu qizni rasmi.Ertaga korishasan tushundingmi?

-Hop) Suga rasmni oldiyu xonadan chiqib ketti.

Suga:Hoy Junkyu bu yerda nima qilyapsan?

Junkyu:Amakim chaqirgandi

Junkyu

Suga:Sen hozir hammasini eshitting shundaymi?

Junkyu:Sal pal

Suga:Eeeh nima qilishni bilmayapman ishing uncha zaril emasmi?

Junkyu:A yoʻq unchalikmas

Suga:Yur senga hammasini aytib beraman

Junkyu:Yaxshi

Suga Junkyuni xonasiga olib bordi.

Junkyu:Qani gapirchi

Suga:Hammasini oʻzing eshitting,bilasanku sevgan qizim bor. Ufff unga nima deymanaa

Junkyu:Qizni rasmini koʻrsatchi

Rasm

Junkyu rasmni koʻrib koʻziga ishonmasdi,qayta qayta boshqatdan koʻrganini koʻrib ajablangan Suga soʻradi

Suga:Sen uni taniysanmi

Junkyu:Suga sen yoki amakim adashmayaptilarmi buu rostan sen uylanayotgan qizmi?

Suga:Haa sen uni taniysanmi?Hoy shoshma,sen sevgan qizim bir deganding,bu oʻsha qiz emasmi?Koʻzlaring moshdan ham katta ochilib ketti

Junkyuni koʻzidan yosh dumalab tushdi

Suga:Bu seni qizing boʻlsa toʻyga qarshiligi aniq

Junkyu rasmni berdida hech narsa demasdan chiqib ketti

3-qism tugadi







Report Page