Lewd feelings

Lewd feelings

Shahi

Часть 10🔞


Yakshanba tongi Jungkook uchun har doimgidek oddiy va ahamiyatsiz otdi. Kecha tundagi sarflangan energiyasi allaqachon joyiga qaytgan va nonushtasiz qo'lidagi psixotrop tabletkalarni siqimlashni boshlagan edi. U 2 dona dorini yutib zaldagi kresloga joylasharkan egnidagi futbolkani old qismini ko'ksiga havo tegishini uchun tortqiladi.


Jungkook: F*ck~ ular ham foyda bermayapti


U giyohga shunchalar qaram bo'lib qoldiki unga isyon qilishga tayyorlanayotgan tanasi xatto tabletkalarga ham quloq solmayapti. Uzoq vaqt shu holatda o'tirib zerikkach o'rnidan ko'tarilib stol ustidagi mevalar to'plamidan qizil olmani oldi. Uni bo'laklash uchun kichik pichoqchani ochib kreslosiga qaytib keldi. Tabletkalar sababli titrayotgan oyoqlarini nazorat qilishga kirishib qo'lidagi olmani kichik bo'lakcha bn kesib pichoq sirtiga ildirgancha og'ziga solardi. Uni burchakda kuzatib turgan xizmatchi qiz gapini aytish aytmasligini o'ylab ikkilanar edi. Oxiri Jungkookning o'zi zalda o'zidan boshqa yana kimdir borligini payqab shunchaki bo'ynini yarmigacha unga burdi. Qiz uning ko'zlari bn yuzlashmaganidan hotirjam bo'lgancha jumlalarini bazo'r yig'ib aytadiganini aytdi.


-janob... Jeon xonim ko'zlarini ochmasdan tinmay bosinqirayapti. Uni uyg'otishga urinib ko'rdik lekin uddalay olmadik. Menimcha shifokor chaqirtirishimiz kerak...


-uni ahvoli seni qiziqtirmasin. Bor ishingni qil

Qiz bunday ters javobdan esankiragancha uni tezroq yolg'iz qoldirish maqsadida zaldan chiqib ketdi. Asablari hech tinchlanmayotgan Jungkook eshik oldidan qandaydir uzuq-yuluq shovqinlar yangraganini eshitib o'sha tomonga qaradi. 2 daqiqadan so'ng zalga har kungi tushunarsiz kayfiyatda Xanbin kirib keldi. U Shahini ko'rish bahonasida Milanni o'zi bn olib kelgan bir paytda Jungkookning atrofidagi yangiliklarni bilish uchun tashrif buyurgandi. Qisqa ko'rishishdan keyin divanga u bn qarama-qarshi o'tirib gapni nimadan boshlashni bilmay kalovlanib turdi. Jungkookdagi holat bugun yaxshigina yomon. U Xanbin og'iz ochmasidan avval o'zi qo'pol ohangda unga savol bn yuzlandi.


Jungkook: Nima uchun Shahini kecha mendan xabarsiz olib ketding? Bunga arzirli sababing bormi? Yoki meni nomimdan ham u uchun qarorlar chiqarishni boshladingmi?


Xanbin xizmatchilarga sharmanda bo'lishni istamay Jungkookni hotirjamlikka undab so'ng qilgan ishiga izoh berdi.


-tinchlan... qizishma... Shahi bn Milanni sog'ingan edim. Uyda bo'lishsa ko'proq vaqtimizni birga o'tkazar edik. Seni ogohlantirmoqchi bo'ldim biroq ishlaring ko'pligi sababli bezovta qilgim kelmadi

Ensa bn kulimsirab qo'ygan yigitning ohangi umuman o'zgarmadi.


Jungkook: Qilgan ahmoqligingni deb kechadan beri asablarim tinchlanmayapti... ustiga qizingni o'zboshimchaligi ham qo'shilib qonim qaynab ketyapdi


-nima bo'ldi?


Jungkook: Omo?! Nima bo'lganidan xabaring yo'qmi? Qari ayg'oqching senga hamma narsani oqizmay-tomizmay yetkazardiku


-men rostan ham hech nimani bilmayman


Jungkook: Seni birorta gap-so'zingga ishonmayman. Shahini yana nimalar deb zaharlading?


- Shahi bn orangiz birdan yaxshilanmasligi tabiiy! Axir sen opasining erisan! U Aerinni yaxshi ko'rmaganida , unga mehrsiz bo'lganida ham boshqa gap edi. Bilasan ular bir-birlariga qattiq bog'lanishgandi. Xatto bir-birlarini yer-u ko'kka ishonishmasdi. Shahi doim senga qaraganida Aerinni eslaydi...


Jungkook: Ming la'nat bo'lsin senga ham , Aeringa ham! Sizlar tufayli Shahi ismimni ham tiliga olmayapti. U meni " Jungkook " deya chaqirishini yana qancha kutaman?


Zina tarafdan kimdir oyog'ini sudrab kelayotgan tovushlar quloqqa chalina boshladi. Ikkisining suhbati shu joyida to'xtab o'sha yerga tikilisharkan Xanbin Jungkookka ajablanib qarab qo'ydi. Sochlari bir ahvolda , yupun ko'ylakchada tundagi og'riqlardan ozorlangancha diydirayotgan Shahi dadasini ko'rishi bn xo'rligi kelib yig'lab yubordi. U xizmatchilarning turtikilashidan zo'rg'a ko'zlarini ochib Xanbinni kelganini bilgach o'zini amallab tutgancha kiyinib pastga tushgandi. Xanbin qizining tanasidagi ko'kargan qizg'ish izlarni ko'rib o'rnidan turdi. Shahi poldan oyoqlarini uzmay ohista qadam tashlagancha dadasi tomon kela boshladi. Jungkook esa pinagini ham buzmay chala qolgan olmani qaytadan yeyishga kirishdi. Vujudi dag'-dag' titrayotgan qiz dardlarga bazo'r dosh berib Xanbinni birdan quchoqlab oldi. U qo'g'irchog'i sinib qolgan jajji qizchadek yelkalari silkinib piqqilagancha dadasiga shikoyat qildi.


Shahi: Dada... dadajon... u meni urdi. Yomon kaltakladi... iltimos qilaman meni bu yerdan olib keting. Azoyi badanim zirqirab ketyapti. Juda , juda qattiq og'riyapti...

Jungkook ularni chetdan kuzatib turarkan xuddi komedik film tomosha qilayotgandek pastki labini tishlab kulib qo'ydi. Xanbin ko'ksida yuzini berkitib yig'layotgan nozik qizini yupatib sekin bag'riga bosarkan ko'zlarida Jungkookka nisbatan ta'na va nafrat jilvalandi. Onasiz ulg'aygan o'ksik qizalog'ining qiynoqlardan izzilaganini ko'tara olmay uni shoshmasdan o'ziga qaratdi-da yoshlarini artdi. Shahining yosh yiltiratgan katta ko'zlarida cheksiz mahzunlik va dard bor edi.


-bo'ldi... tshhh... bo'ldi... qizim sen hozir bizni yolg'iz qoldir. Men u bn yaxshilab gaplashib olay... bo'ptimi? Qani boraqol... ehtiyot bo'l


Qiz Xanbinning muloyim muomilasiga injiqlik qilmay ularni holi qoldirish uchun chiqish tomon qayrildi. Burilganida Jungkookka qaragan nigohlarida sovuq bir ifoda bor edi. Jungkook esa aksincha uning jig'iga battar tegish uchun shaxvoniy hayosizlik bn kulimsiradi. Shahi ulardan uzoqqa ketishi bn Xanbin kresloda yoyilip o'tirgan Jungkookning tepasiga bordi. Undagi tortinish hisi ayni damda misli ko'rilmagan qahr bn almashdi va undan mudxish haqiqati sababli qo'rqishini ham esidan chiqardi.


-qanday hadding sig'di? Aeringa yetkazgan azoblaringga ko'z yumganim uchun indamas ekan deb endi Shahini xo'rlayapsanmi? Unga Aeringa qilgan munosabatingni qilma degandimku. Shunchalik ham pastkashmisan? Asl yuzingni ko'ra-bila turib qizimni senga berganimga shumi javobing?


Jungkook yuqoridan turib unga g'azab bn vishillayotgan qaynotasiga " kesakdan olov chiqdimi? " degandek hayron va jizzalik bn qarash qildi. So'ng uning yuziga sapchishidan g'azabi qo'zib kostyumining yoqasidan bir urinishda tortgancha divan ustiga qulatdi. Yoshi kattaligi pand bergan Xanbin Jungkookning keskin hujumini anglay olmay qoldi. Uning ustiga abjirlik bn chiqib olgan Jungkook olma kesayotgan pichoqchasini yuragi ustiga tiradi.


Jungkook: Menga qara... 5 daqiqa oldin qarshimda qaltirayotganding , qayerdan buncha jasorat keldi? O'zingdan ham jirkanch bo'lgan otalik mehringni kimga ko'rsatishga urinyapsan? Senga o'xshagan to'dasida bo'ri , tashqarida tulkimijoz odamlarni umuman yoqtirmayman... bilib qo'y , BO'YNINGNI UZIB OLAMAN!!

Ko'zlari vajohatidan ham yovuzlashib ketgan yigit Xanbinni yetarlicha qo'rqitib bo'lgach o'rnidan havsala bn turdi. Sochlarini telbadek ortga taragancha dori ta'sirida holsizlanib borayotgan qo'llarini kerdi.


Jungkook: Uyimdan qorangni o'chir va men ruxsat bermagunimcha qadamingni bosma! Anavini qari tulkini ham ko'zim ko'rmasin! Agar Shahini yoniga yo'laganingizni bilib qolsam yaqinlari ekaningizga ham qarab o'tirmayman. Endi esa yo'qol...! O'zim olib chiqib tashlasam qizingni ko'z oldida mayib bo'lganing qoladi


Vahimadan rangi o'chib chuqur yutungan Xanbin Jungkookning so'zlariga javoban hech nima deya olmay qoldi. Tahdidini jiddiy qabul qilgancha yotgan joyidan turdi-yu Shahi ketgan tomonga bir daqiqa termuldi. Jungkook yana g'azab otiga minmasligi uchun o'zini o'ngladi-yu qizini tashlab ketishni istar-istamas uyni tark etdi.


*


Shahi: T... telefonim qayerda? Men hozir ketaman... dadam olib ketadi meni. Telefonimni t...topib beringlar

Qiz sulaygancha oyoqda zo'rg'a tik turib xizmatkorlarga telefonini berishlarini aytardi. Beholligidan xatto tili yaxshi aylanmay duduqlanib borarkan qizlar uni tinchlantirishga kirishishgandi.


-jeon xonim bir pas shoshmay turaylik... Ular gaplashib olishsin , keyin nima desangiz qilamiz


Shahi: Meni bun... bunday chaqirmang... d.. d... dadam meni baribir bu zindonda qoldirmaydi


-mayli... mayli... hammasi siz aytgandek bo'ladi. Faqat iltimos biroz dam oling. Ahvolingiz yaxshi emas. Isig'ingiz borga o'xshaydi. Qizingiz ham shu yerda... tobingiz qochib qolsa yaxshi bo'lmaydi


" Qizingiz " deyishlari bn Shahi ularga haykaldek qotgancha qarab qoldi. Keyin hayoliga birdan Milan keldi-yu hayratlanib so'radi.


Shahi: Milanni olib kelishdimi?


-janob Min kelganida u ham bor edi. Uxlayotganida bezovta qilmaslik uchun xonasiga olib chiqqandik


Shahi: U... uni ham birga olib ketamiz. M...men bu yerda ortiq bir daqiqa ham qolmayman. D... dadamni yoniga boraman


U sust qadamlar bn sabri yetmay yana dadasini oldiga bormoqchi bo'ldi. Zalga kirishi bn Jungkook bir o'zi ko'zlarini yumib ikki chakkasini uqalagancha bosh og'rig'ini qoldirishga urinardi. Shahi u bn gaplashishgisi kelmay alanglab Xanbinni izlashni boshladi. Jungkook nigohini tezda unga ko'chirib zarda aralash murojaat qildi.


Jungkook: Dadang ketib bo'ldi. Qidirib ovora bo'lma!

Shahining xayollari quyunday to's-to'polon bo'lib ketdi. Vujudiga sovuq bir narsa tekkandek junjikib Jungkookka jur'atsiz termuldi. Dadasiga bo'lgan butun umid-u ilinjlari bir onda chil-chil sinib yo'q bo'ldi. Yuragi salqib og'ridi-yu lablarini qimtib xo'rlik bn yana yig'lashga tushdi. Jungkookning avj olib borayotgan tana bosimi shundoq ham uni aqldan ozdirayotgandi. Shahining hiqillashi battar jinni qilib darhol uning iyaklarini barmoqlari bn qisib oldi.


Jungkook: Meni uyimga oq libosda kirib kelgan bo'lsang... faqatgina oppoq kafanda chiqib ketasan! Telefon ishlatishingni ham man qilaman! Kimgadir qo'ng'iroq qilishni istasang menikidan , meni yonimda foydalanasan. Kechagi ishim* senga butun umrlik dars bo'lib qoladi degan umiddaman. Bundan buyog'iga bekorchi odamlar bn o'ralashmay men bn shirin hayotingni boshla... rostini aytsam Kaini o'ldirish fikridan hali beri qaytganim yo'q. O'zim xohlagan paytda uni jonini qay tarzda olishni bilaman. Shuni aniq bilamanki... bu safar ko'z yoshlaringga ham ahamiyat berib o'tirmayman! Endi esa asabimni buzib yosh go'dakdek yig'lashni ham bas qil! Avval aytganimdek seni erkalagingni , bolaligingni ko'tarishga toqatim yo'q!


U qizni chetlab , o'tib ketishi bn Shahi mutlaqo oyoqda tura olmay qoldi. Og'riqlariga zo'rg'a chidab yerda o'tirgancha chap ko'ksini tutib alam va iztirob bn yoshlarini ko'zlaridan siqib chiqardi. Pastda o'ynashga tushgan ovunchog'i xuddi o'rgatilgandek erkalanib unga surkalgancha o'ziga qaratishga , Shahini yig'idan chalg'itishga urinardi.


Pov/Shahi


Men... yuragi bo'laklarga sochilgan , orzulari osmonlarga uchib ketgan , qanotlarsiz uzoqlarga uchishga intilgan bir qushchaman. Kimdir yaxshi ko'rgan va yoqtirmagan... Kimdir yaqin bilgan , kimdir esa xushlamagan tikanli qalb egasiman. Tug'ilganimdan buyon bosib o'tgan yo'limda maqtashga arzigulik biror faxrli xotira ham yo'q. Yo'qotish , yig'i , majburiyat va azob... Ko'nglimda o'zimni daxshatga soladigan tarix izlaridan boshqa suratlar tasvirlanmagan. O'tgan vaqt ichida ularni boricha unutishga harakat qildim. Xuddi hech narsasiz qolgan odam kabi. Bugun ortimga qarab yurgan so'qmoqlarimga qararkanman naxotki o'sha iztirobli kunlar , tushunarsiz izlar meniki bo'lsa deya hayratlanaman. Men shunchaki , suyanishni... baxtli yashashga haqlimanmi yo'qmi shuni bilishni istadim xolos. Men yurishni endi boshlayotgan boladek qo'rqyapman. Jismimda qo'rquv , daxshat , tahlikadan bo'lak hissiyot qolmadi. Tushlarimda meni yo'qlagan baxtimdan , Layli misol sevilishga erishishni niyat qilishdan ham cho'chishni boshladim. Nafas olishim ham yuragimga sanchiq beryapti. Dadamga uzatgan qo'llarim bo'lsa yarim yo'lda qoldi. Yiqilishni oldini olish uchun unga tayanib olishni xohlagan edim. Ammo... u menga yelka tutishdan ko'ra , meni tashlab ketishni afzal ko'rdi...

Flashback...


Shahi: Aygoooo~ juda chiroyli bo'lib ketdingiz


Aerin: Katta rahmat


To'yi kuni ustidagi kelin libosiga yana bir bor maxliyo bo'lish uchun oyna qarshisida aylangan Aerin Jungkook bn turmush qurayotganidan baxtli edi. Shahi opasining bir zum ham tabassum so'nmayotgan yuzini ko'rib turib beixtiyor onasini hayol qildi. Uni faqat suratlarda ko'rgan bo'lsa ham Aerindek mehribon , chiroyli ekanini bilardi. Endigina 15 bahorni qarshilagan qizcha opasining bo'lajak eri va dadasining suhbatini bexosdan eshitib qolgandi.


Shahi: Opa... unga turmushga chiqayotganingizdan xursandmisiz? Sizni hech kim majburlamadi , shundaymi?


Aerin kichik singlisining kattalardek bergan jiddiy savolidan taajjubga tushib qoldi.


Aerin: Menda hammasi joyida. Juda ham baxtliman... Tinchlikmi? Nega so'rayapsan?


Shahi: Dadam bn eringiz gaplashayotganida o'zim bilmagan holda bir nimani eshitib qoldim


Aerin: Xosh?


Shahi: Dadam " bu nikoh bn hamkorligimiz yana-da mustahkamlanadi. Obro'yimiz oshgan sari oshadi. Bizga hech kim teng kela olmaydi " dedi. Nima sizni manfaati ko'tarilishi uchun o'sha yigitga beryaptimi? Eringiz ham uning so'zlariga g'ing demadi. O'ylab qoldim , u dadamni mavqesi uchun sizga uylanayotgan bo'lsa-ya?


Bu borada singlisining aytganlariga uncha e'tibor qilmagan Aerinni Jungkookka bo'lgan sevgisi kuchlilik qildi.


Aerin: Shahi , men uni chindan ham yoqtirib qoldim. U ham meni yaxshi ko'rishiga ishonchim komil. Turmushim pul yoki obro' evaziga qurilmayotganiga 100% aminman. Sen esa bularni boshqa muhokama qilma. Kattalarni ishiga aralashishga hali yoshlik qilasan


Uning sodda qalbi shu yerga kelib juda oson aldangandi. Jungkookni qattiq sevib , u ham sevishiga ishonib u bn yo'llarini bog'ladi. Jungkook Shahi ta'kidlaganidek Xanbinning baland martabasi uchun , unga kuyov bo'lib o'zini mustahkamlab olish uchun Aerin bn nikohdan o'tgan edi. Hammasi to'ydan keyin boshlandi. Aerin Jungkookning xiyonatlariga bir necha marta guvoh bo'lgan bo'lsa ham undan kecha olmadi. U bn ajrashishga qaror qilishga qilib sevgani tufayli yarim yo'ldan qaytaverdi. Uning xotiniga bo'lgan e'tiborsizlariga chidaydigan darajada unga oshiq bo'lgandi. Vaqt o'tgani sari aro yo'lda qolgan ham , azoblangan ham , hayotni erta tark etgan ham o'zi bo'ldi.


To'ydan keyin 1 hafta o'tib...


Kompaniyasidan erta qaytib bir ahvolda uyga kirib kelgan Xanbin mast odamdek gandiraklab xonasiga bazo'r yetib oldi. Eshik qattiq yopgancha talvasaga tushar ekan butun hayoti ko'z o'ngida charx urib qo'rquv bn shivirlashni boshladi.


-u... Jeonni o'g'li ekan! Nega...? Nega , nega , nega? Jin ursin* nega? Adashmadim... hammasi to'g'ri. Endi nima qilaman? Otasini qo'lida ishlaganimdan xabar topsa nima bo'ladi? Sh*baaal , nima uchun aynan u?


Jeon familiyasi butun Koreya bo'yicha millionlab topilishi mumkin. Ammo taqdir Xanbinning ustidan o'yin qilib kulgandek aynan unga ishlagan mafia boshlig'ining o'g'liga uni ro'baro qilibdi. Xo'jayinining o'g'li borligini bilardi lekin yillar o'tib unga duch kelishi hayolining bir chegarasiga ham kelmabdi. U Jungkookning qasosga tashna ekanini sezib ulgurganida qochish uchun ham , u bn aloqani uzish uchun ham kech qolgandi.


*


Comeback... bir necha kundan so'ng


Kunlar Shahi uchun shu zaylda mazmunsiz , ma'nosiz o'tardi. Har tun Jungkookdan saqlanish uchun bahona izlar ba'zan to'qigan yolg'onlari ish bermay qiynoqlarga boy aloqa*ni boshidan o'tkazar edi. Qizning yashash uchun maqsadlari so'nib borarkan Milan unga kichik umid berib turardi. U faqat mitti go'dak o'zi singari kemtik bo'lib ulg'aymasin deb barcha azoblarga chidashga ko'ndi. Chaqaloq uxlab qolganida qalbi notinchlanishni boshlab uni yana o'sha xonaga borishga undardi. Qosh qorayishga ulgurgan , quyosh botib allaqachon borliqda qorong'ulik o'z ko'lankasini tashlagan bir paytda Shahi Momiq bn aylanib Kai unga sovg'a berganiga guvoh bo'lgan xonaga keldi.

Boshini devorga suyab pastda g'imirlab yurgan kuchukchasiga qarab qo'yarkan ko'ngli sevgilisini bir marotaba ko'rishni istardi. Uni so'nggi marta qonga belangan chorasiz ahvolda ortda qoldirganini o'ylab ichidan zil ketardi. Shu on deraza o'sha kundagidek sekin tiqirlab qo'ydi. Shahining yuragi shuv etib oynani ochmasdan turib tashqariga tikilarkan zulmat cho'mgan deraza yaqinidan bir insonning sharpasi ko'rindi. Uning yorug'lik tushishga ojizlik qilayotgan yuz tuzilishi Kaiga mos tushardi. Qiz derazani ochishga shoshilmadi. Jungkook hali ishdan qaytmaydi. Necha kundan beri yarim tunda kelib bezovta qilyapti. Shunday bo'lsa ham Shahining ko'ngli bir xil bo'lib Kaini yoniga chiqishdan hayiqardi. Shahi eraza tiqir-tiqir qilaverib kimnidir e'tiborini tortmasin deya xonani oyoq uchida tark etdi. Xizmatkorlar o'z xonasida ish-yumushlardan charchab dam olishga kirib ketishganiga qaraganda eshikdan chiqqan odamni sezishmaydi. Qiz sezdirmay chiqish eshigi tomon harakatlanib kuchukchani shu atrofda qoldirgancha tashqi hovliga qo'rqa-pisa chiqdi. Asosiy kirish eshigini ovoz chiqarmay yopdi-yu atrofdagi qo'riqchilarga ko'rinmaslikka harakat qilib chiroqlardan qochgancha haligi deraza tomonga yugurdi. Xona derazasi ostida turgan yigitning gavdasini ilg'agan ko'yi darmonsizlanib devorga tayandi. Kaining yuzi oy shu'lasida yaqqol ko'rinishi bn Shahining ustiga butun g'am-anduhlar yopirilib keldi. Kai kelganini bilgan Jungkook uni gumdon qilishdan ham qaytmasligini o'ylagani sari sarosimaga berildi.


Kai: Shahiyim...


Shahi: Nega kelding?

Qiz uning yuzi o'tgan kun ichida ancha o'ziga kelib qolganidan hotirjam bo'lib undan jiddiy ohangda so'radi.


Kai: Seni ko'rgim keldi! Shahi... men ortiq bunday ayriliqqa dosh bera olmayman. U xastani yonida seni o'lsam ham qoldirmayman endi. Menga qo'llaringni uzat, qochaylik bu yerlardan


Shahi uning shu so'zlarini o'zida vasvasaga tushib ortga chekindi. Jungkookning qandayligini bilib turib qochib ketish ajalni og'ziga o'z oyog'i bn borishdek gap. Aslida hozir ham u bn bemahalda bir yerda turib to'g'ri ish qilmayapti. Qiz yana qil ko'prik ustida qoldi. Kaini o'zidan sovutish uchun uning qalbiga ozor beradigan gaplarini qalbi tilkalanib izlay boshladi.


Shahi: Men... sen bn hech qayerga ketmayman


Kai: Qo'rqma , yoningda ekanman senga ozor yetmaydi


Shahi: Buni o'ylamayapman. Erim shusiz ham menga ziyon yetkazadigan ish qilmaydi


Kai undan " erim " so'zini eshitishi bn yuragi allanimadan jabrlangandek o'ynab ketdi.


Shahi: Kai men bu masalani bafurja fikrlab ko'rdim. O'ylab qarasam hozir baxtli bo'lishga imkoniyatim yetarli ekan. Sen bn ketib darbadarlik va ochlikdan o'lgandan ko'ra shu yerda , to'kin hayotda yashashni loyiq bilaman


Kai: Tushunmadim... senga nima bo'ldi? Axir biz...


Shahi: Biz bir-birimizga hech kim emasmiz! Men senga qachonlardir umid berdimmi? Senga nisbatan nimadir his qilishimni aytdimmi? 1-2 marta kulib qaraganimga o'zingcha " meni sevadi " degan xulosa chiqarib oldingmi? Baland dorga osilishga urinma Kai. Ilina olmasang yiqilib biror yeringni mayib qilasan. O'sha kuni erimni yonida qahramonlik qilib meni uyatga qo'yganingni haligacha hazm qila olmayapman. Sen tufayli unga qilmagan aybim uchun o'zimni oqlashimga to'g'ri keldi!


2 daqiqa vaqt oralig'ida Kaining irodasi bukilib , hayollari ostun-ustun bo'lib ketdi. Shahidan tasavvuriga ham kelmagan so'zlarni eshitganida unga bo'lgan sevgisi qalbiga tig'dek chuqur sanchildi. Tomog'iga achchiq narsa tiqilib kelib ko'zlariga yosh yig'ildi lekin yig'lashga shoshilmadi. U ko'zlariga soxta manmanlik va shijoat bn qarab turgan qizga bir nima demoqchi bo'lganida hovli tarafdan mashina to'xtagani eshitildi. Shahi Jungkook kelganini tahmin qilgancha daxshatga kelib kattalashgan ko'zlarini Kaiga qadadi.


Shahi: Hayotimdan butunlayga daf bo'l! Men sening nochor turmushingga yashashga ikki dunyoda ham rozi bo'lmayman. Yaxshilikcha meni tinch qo'ymasang boshqacha yo'l qo'llashga majbur bo'laman


Saroyning yuqori qavati Jungkookning arslondek nara tortgan ovoziga to'ldi. Uyda shovqin ko'tarib Shahini chaqirib uni qidirayotgani aniq sezilib turardi. Kai kipriklarini alam va siniqlik bn og'ir pirpiratgancha shikasta tovush bn qizdan uzr so'radi.


Kai: Bezovta qilganim uchun... k... k... kechirasan... men seni... n... noto'g'ri tushunibman. Aybga... b... buyurma


Shahi nigohini qoplab olgan qora bulutlar orasida qolib Kai singib ketgan qorong'ulikka uzoq termulib qoldi. Yosh quyilib kelayotgan ko'zlari unga sira ham bo'ysunmay faqat va faqat ho'ngrab yig'lashga undardi. Ammo ayni vaqtda vaziyat buni taqozo etmaydi. Qanday qilib bo'lmasin uy ichiga qaytib kirib ko'tarilgan to'fonni bartaraf qilishi kerak.


Shahi: Eshikdan kira olmayman... endi... endi nima qildim? Nima qilaman endi?


Titrab ketayotgan lablarini ushlab u yoqdan bu yoqqa hovliqqancha yugurgan qiz kirish yo'llarini izlar edi.


Jungkook: SHAHIIII...! QAYERDASAN!!!🗣️

Jungkookning baland ovozi shu qadar vahimali yangrardiki , shuni o'zidayoq Shahi havotirga tushib qolgandi. Xizmatchilar xonasi... ha... ha... uni derazasi shu atrofda edi. Qiz yonveriga har zamon ko'z tashlab qo'riqchilar yo'qligiga amin bo'lgach tahmin qilgan xona oynasini topib jon holatda taqillatishga tushdi.


Shahi: Oching... iltimos... oching....


Telivizor ovozini balandlatib drama tomosha qilayotgan qizlar deraza taqillaganidan hayron bo'lib qolishdi. Biri ikkilanib hayron bo'lgancha o'rnidan turdi-da pardalarni chetka surdi. Tashqarida Shahi yovvoyilardan jon saqlamoqchi bo'lgandek javdirab turganini ko'rib derazani ochdi. Qiz hech narsaga qaramay tokchaga chiqib Jungkookka arzirli bahona bn ko'rinish uchun ichkariga kirib oldi.


Shahi: Men shu yerda edim... bo'ptimi?


Bir-birlari bn g'alati ko'z urushtirgan qizlarning ko'ngliga g'ulg'ula tushdi. Yuraklari taka-puka bo'lgancha holatni tushunishga urinishar ekan Shahi kichik stolda turgan lab bo'yoqni shartta qo'liga olib lablariga apil-tapil chiza boshladi.


Shahi: Yolvoraman meni qutqaring... ko'p narsa so'ramayman. Faqat anchadan beri shu yerda ekanimni aytsangiz bo'ldi

Qiz yelkasidan tushib ketayotgan ko'ylak iplarini tuzatib , qizlar bo'shatgan qahva finchoni chetiga xuddi qahva ichgandek ko'rinishi uchun lablari bn iz qoldirdi.


Shahi: Yolvoraman sotib qo'ymang. Nima tilasangiz hammasini bajaraman. So'z beraman sizlarga hech nima bo'lmaydi. Menga yordam bersangiz bo'lgani...


Jungkook: Uchib ketdimi bu? SHAHIIIII...


Jungkook butun boshli uyni qisqa vaqt ichida aylanib chiqib Shahini telbalardek qidirdi. Pastki qavatni ham ko'zdan kechirish barobarida birorta xizmatkor unga peshvoz chiqmagani battar hunobini oshirdi. Uzoq muddat sarson bo'lgandan keyin qizlar o'tirgan xonaga ulkan qadamlar bn yo'naldi. Eshikni buzib tashlagudek tepib ochgancha ichkariga bostirib kirarkan xizmatchilar bn birga o'tirgan Shahi ham Azroyilga duch kelgandek sapchib turib ketishdi. Telivizorning ovozi o'charkan Jungkookning og'ir nafas olishi va ko'zlaridan otilayotgan olov hammaning tanasiga o't qo'ygandek bo'ldi.


Shahi: T... tinchlikmi?


Jungkook: Shuncha baqirdim! Uyni buzay dedim... eshitmadingmi?

Shahi: Haligi... men ular bn... qahva...


Stoldagi lab bo'yog'i tekkan chashkaga nazar solgan Jungkook tahlikaga soladigan savollarini bir-biriga uladi.


Jungkook: Qulog'ing bn ichdingmi buni?


Shahi: Telivizor baland edi... shunga...


Jungkook: Nima ishing bor seni bu yerda?


Shahi: Milan uxlab qolgach... zerikdim... keyin pastga tushib... qizlar bn suhbatlashgim keldi... bor gap shu!


Qizning tovushidagi titroq sal qolsa barchasini barbod qilardi. Har qalay Jungkook buni Shahi uni jahlidan qo'rqqani uchun shunday ko'yga tushdi deb o'yladi.


Jungkook: Bular bn gaplashadigan qanday gaping bor seni? Suhbatingni boshidan oxirigacha meni muhokama qilasanmi yoki yoshlikdagi muhabbatingni gapirib berasanmi?


Shahi: Men... shunchaki yuragim siqilgani uchun...


Jungkook: Xonaga!!


Qirolning qat'iy amridan cho'chigandek uchib tushgan qiz uning oldidan o'tib zudlik bn xonani tark etdi. Jungkook deyarli bir-birini pinjiga kirib ketgan xizmatkorlarga ketma-ket qararkan go'yo ularga shu nigohlari bn tahdid qilgandek bo'ldi. U ham Shahini ortidan chiqib ketgach chuqur nafas chiqargancha yuraklarini changallashdi.


*


Jussasi nazoratini yo'qotgan qiz tinim bilmay qaltirab xona yuzasini kezib chiqdi. Kaining sal oldingi ahvoli ko'z oldidan ketmay yig'lamaslik uchun zo'rg'a o'zini tiydi. Dukillab tinchlik bermayotgan yuragini tutgancha Jungkookni kutarkan ko'zlari yoshlarini ozod qilishga tayyor edi. U kirib kelishi bn arvohni ko'rgandek oqarib tilini yutib yubordi.


Jungkook: Yonimga kel...


Shahi tez-tez nafas olgancha uning qarshisiga borib ko'zlaridan ko'zini olib qochdi. Uning tipirlab qolganidan ajablangan Jungkook turgan joyida aylantirib qomatini tahlil qilishga kirishdi. Belidan , qornidan qo'llarini yurgizib nimanidir tekshirgandek nazoratdan o'tkazdi. Shahi u yana shilqimlikni boshladi deb o'yladi biroq Jungkookning harakatlari butunlay boshqa narsani anglatardi. Qizning xipcha beli , umuman o'zgarmagan aksincha yana-da kichraygan jismi yigitni shubhalantirib qo'ydi.

Jungkook: Qanday kelgan bo'lsang shunday ahvoldasan?! Nega haligacha bo'yingda bo'lmadi? Yoki seni homilador qilish uchun yetarlicha harakat qilmayapmanmi?


Shahi: Q... qanaqa homila? Milan tug'ilganiga hali hech qancha bo'lmadiku...


Jungkook: Milanni sen tug'magansanku , uni nega ro'kach qilyapsan?


Shahi: Men ona bo'lishga tayyor emasman. Bunga o'quvim ham yo'q. Xatto Milanga qarash uchun xizmatkorlar yordam berishyapti. Shu holimda ikkita bolani qanday eplayman?


Jungkook: Ahvolingga nima qilibdi? Sen ham o'sha miyyasi aynigan enagangni gapini aytmoqchimisan? " Hali yosh bolaga qaray olmaydi...!"


Undagi o'taketgan qaysarlik Shahini qo'rqitish uchun yetarli bo'ldi. Agar tekshiruvdan o'tish haqida so'z ketib qolsa qiz darhaqiqat tamom bo'ladi. Qonida homiladorlikka qarshi biror modda aniqlansa Jungkook hamma narsani alg'ov-dalg'ov qiladi.


Shahi: Chindan ham hali yoshman


Jungkook: Hech nima qilmaydi. O'g'lim tug'ilganidan keyin birga katta bo'laverasiz...!


#Shahi - listen to the ryhthm of your heart

~ 🔎 . . .

@shiny_fanfic





Report Page