“Leksikografiya asoslari” fanidan ochiq dars

“Leksikografiya asoslari” fanidan ochiq dars


Filologiya fakulteti 2-kurs talabalari bilan “Leksikografiya asoslari” fanidan ochiq dars o‘tkazildi.

Filologiya fakulteti 2-bosqich 6-2UZB-20 hamda 6-4UZB-20-guruh talabalari bilan “Leksikografiya asoslari” fani o‘qituvchisi Xojiyeva M.Y. M.“Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asari tarkibi va mazmuni. Alisher Navoiy asarlari uchun tuzilgan lug‘atlar” mavzusida ochiq amaliy mashg‘ulot tashkil qildi.

Dars o‘tilgan mavzularni mustahkamlash bilan boshlandi, “Aqliy hujum” metodidan foydalanib tezkor savol-javob qilindi. Darsda “Jadval”, “Assesment texnikasi”, “Insert” metodlaridan foydalanildi. Darsni O‘zbek tilshunosligi kafedrasi mudiri, filologiya fanlari nomzodi, dots. A.Ahmedov, kafedra professor-o‘qituvchilari: filologiya fanlari nomzodi, dots. T.Asadov, o‘qituvchilar: S.Po‘latova, I.Ahmatova va S.Mardonvalar tahlil qilishdi va dars o‘z maqsadiga erishganligi ta’kidlandi.


Report Page