LS40

LS40

Зокиржон Муротов

Assalomu alaykum hammaga, bu kanal challenge uchun ochilgan edi. Birinchisini maksimal yengil , ko‘pchilikka foydali tarzda o‘tqazish va 2,3,.. larida yanayam yaxshiroq tarzda olib borish edi. Nega challenge boshlanmadi? 

Hozirda kanalda 130dan oshiq odam bo‘lgani bilan odatda meetinglarda maksimal 10~15kishi qatnashyapti, ularning ham hammasi active emas. Men bu auditoriya bn katta challenge boshlay olmayman, 2~haftadan keyin 2~3kishi bn qolib ketamiz. Shuning uchun ham texnik intervyular o‘tqazib turgandim yetarlicha auditoriya yig‘ish maqsadida lekin activlik borgan sari tushib boryapti, odatda o‘quvchilar pul to‘lab pulli kursga borishadi hamma kurslarda ham qo‘lga urmaydigan ishga qo‘l urdim yaxshi rejalar tuzildi lekin auditoriya juda sust. Menimcha hozirgi kunda dasturlashni o'rganish uchun qandaydir qo'llab quvvatlov shart emas dasturlashga pul emas qiziqish bilan kelajagini shu kasb ko'rgan insonga noutbuk va internetni o'zi yetadi chunki unda kuchli ishtiyoq hohish istak bor. Bu challangedan hech qanday moliyaviy taraflar kutilmagan shunchaki teachingni yoqtirganim uchun va kimgadir foydam tegar, yaxshi loyihalar qilaylik degan maqsadda boshlangan edi, chunki qachonlardir meni moliyaviy holatim yaxshi bo'lmagan holatda yaxshigina qo''lab quvvatlanganman men ham ular kabi bo'lishga harakat qilganman, hozir shu narsalarga ajratayotgan vaqtimga qo'shimcha ish olishim mumkin kuniga o'rtacha 2soat ortiqcha ishlab oyiga qo'shimcha 200-400$ daromat qilishim mumkin. Hozirgi dasturlashni o'rganayotgan ish qidirayotganlar bu darajadagi sustlik bilan junior levelga chiqolmay qolib ketasizlar ko'pchiligingiz va hozirda junior levelga vakansiyalar juda kam. Ish yo'q deyishgan oldin qo'limdan ish keladimi degan savolni berish kerak o'z ustida soatlab kunlab oylab yillab ishlash kerak. Sizlarga maslahatim maqsadni katta qo'yinglar Allohga chin ko'ngildan tavakkul qilinglar(avval haqiqiy tavakkul nima ekanligi yaxshilab bilib olishingiz kerak). Keyin qattiq harakat qilinglar qanaqadir motivatsiya bilan emas shu ishga sho'ng'ib berilib ketinglar. Maqsad 1000-2000$ oylik olib yaxshi sharoitda yashash bo'lmasin shu ishni eng kuchlilaridan bo'laman degan yurakda o't bilan harakat qilinglar. Balki aytganlarimni hammasiga o'zim ham to'liq amal qilolmasman lekin shu yo'lda shu maqsad bn harakat qilaman. Aytishingiz mumkin rejasiz ish qildingiz aniq maqsadsiz odam yig'ib bekorchi meetinglar o'tqazdingiz dep lekin challange uchun aniq rejalar bor edi afsus sizlardagi sustlik meni bu ishni to'xtatishga majbur qildi, agar sizlarda kuchli energiya bo'lganida hammasi boshqacha bo'lardi. Hammangizga shaxsiy hayot va ishingizda omad tilayman ketkazgan vaqtingizga rozi bo'linglar🙂.

Report Page