LOVIYA

LOVIYA

t.me/ykfoundation

Ahamiyati. Loviya to‘yimli, juda lazzatli oziq - ovqat ekinidir. Uning urug‘i va pishmagan dukkaklari pishirib yeyiladi va konserva sanoatida ishlatiladi. Urug‘i tez pishadi, yaxshi hazm bo‘la-di. To‘la pishmagan dukkaklari tarkibida 18% oqsil, 2% qand, 22 mg/100 g. da S vitamini bo‘ladi. Donning tarkibida 20-31% oqsil, 0,7-3,6% moy, 50-60% kraxmal, 2,3-37,1% to‘qima, 3,1-4,8% kul moddasi mavjud.

O‘zbekistonda loviyaning yirik va mayda urug‘li turlari ekiladi, hosildorligi 1,5-2,0 t/ga bo‘ladi.

O‘tmishdosh. Loviya kuzgi boshoqli don ekinlaridan, kartoshka, sabzavot, makkajo‘xori, sholi va boshqa ekinlardan bo‘shagan yerlarga ekiladi.

Yerni ekishga tayyorlash. Bahorda ekish uchun yer kuzda haydaladi, erta bahorda borona qilinadi. Ekishgacha begona o‘tlar ko‘payib tuproq qotib qolgan bo‘lsa yoppasiga kultivatsiya qilinadi.

Ang‘izga ekilsa oldingi ekinning hosili yig‘ilib, yer sug‘oriladi. Yer yetilganda 22-25 sm chuqurlikda haydaladi. Vaqtdan yutish uchun oldingi ekinning hosili yig‘ilishidan bir hafta oldin sug‘orilib, ho-sil yig‘ilgandan keyin ketma - ket yerni haydash mumkin, ketidan yoppasiga kultivatsiya qilinadi va borona yurgiziladi.

  O‘g‘itlash. yer haydashdan oldin gektariga 40-60 kg sof mod-da hisobida fosfor fosfor va 20-40 kg kaliy solinadi. Shonalash va gullash davrida 20-30 kg fosfor va 10-20 kg kaliy solinadi. Tuproqda chirindi va azot miqdori kam bo‘lsa azotli o‘g‘itlar qo‘llaniladi. Azotli o‘g‘itlarni ekishdan oldin va o‘suv davrida solish mumkin, me’yori 20-30 kg. Agar azotli o‘g‘itning me’yori oshib ketsa biologik azot o‘zlashtirilmaydi.

Loviyaning aprel oyining oxirida yoki may oyida va takroriy­ ekin sifatida iyun oyining oxirida keng qatorlab ekiladi. Qator orasi 60 sm, ekish tizimi 60 x 20, 60 x 15 bo‘ladi. Ekish me’yori 0,25 - 0,40 mln. dona urug‘ ekiladi. Loviya makkajo‘xori yoki chigit ekadigan seyalkalarda ekiladi, ekish chuqurligi 3-5 sm bo‘ladi.

  O‘suv davrida 3-5 marta sug‘oriladi, o‘toq qilinadi, qator oralari chopiq qilinadi. Gullash va don tugish davrida ko‘proq sug‘oriladi. Mosh ko‘k o‘g‘it uchun ekilgan bo‘lsa, don tuga boshlagan vaqtda g‘altak mola bosiladi, so‘ngra ikki tomonlama disklanadi va 27-30 sm chuqurlikda chimqirqar plug bilan shud-gor qilib haydaladi.

Hosilni yig‘ishtirish. Dukkaklar 75-80 pishganda hosil yig‘iladi. Pishganda don naviga xos turga kiradi. Hosilni ertalab yoki kechqurun dukkagi kam chatnaydigan vaqtda yig‘ish lozim. Ekin o‘riladi, xirmonda quritiladi. Don kombaynda yanchiladi, don tozalaydigan OS-3,0S mashinalarida tozalanadi, keyin don quritiladi. Namligi 14-15% bo‘lganda don maxsus ajratilgan omborlarda saqlanadi.

  Iqtisodiy samarasi. 10 sotix maydonga 20 kg loviya urug‘i uchun 10 ming so‘mdan 200 ming so‘m sarflanadi. Umumiy xarajatlar 850 ming so‘mni tashkil etadi. Hosilning bir kilogrammi 8 000 so‘mdan sotilganda (o‘rtacha 10 sotixdan 250 kg hosil olinadi)    2 mln. bo‘ladi. Shunda 10 sotix maydondan (poy-asidan tashqari) 1 mln. 150 ming so‘m sof foyda olish mumkin.

Menyuga qaytish.

Report Page