LOTIN YOZUVIGA O‘TISH – INTEGRATSIYALASHUV OMILI.

LOTIN YOZUVIGA O‘TISH – INTEGRATSIYALASHUV OMILI.

Vobkent tumani hokimligi

Mustaqillik sharofati bilan alifbo masalasi ham ijobiy hal qilindi: 1993 yil 2 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasining "Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida"gi qonuni qabul qilindi. Yurtimizda lotincha imlo joriy qilina boshlandi: avval o‘rta maktab va kollejlarda, keyinroq oliy ta’limda ham to‘liq lotin yozuviga o‘tildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi "Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori bilan bu boradagi ishlar ma’lum bir tartibga solinadigan bo‘ldi:

kirill yozuvi yozishmalarning oxirgi muddati 2023-yil 1-yanvar, deb qat’iy belgilab qo‘yildi.

Hozir bu borada tizimli ishlar olib borilmoqda.

Jumladan joriy yil 14-iyun kuni tuman ichki ishlar bo‘limi xodimlari ishtirokida
"Lotin yozuviga o‘tish - integratsiyalashuv omili" mavzusida ma’rifat darsi tashkil etildi.

Dars davomida bo‘limdagi ko‘rgazmali axborot matnlari, xodimlarning tegishli me’yoriy hujjatlari to‘liq lotin yozuvida amalga oshirilishi, shuningdek, 2021-yil 30-dekabrga qadar O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi shaxsini tasdiqlovchi guvohnomalar,
ID-kartalar, fuqaroligi bo‘lmagan shaxs hamda chet davlat fuqarolarining yashash guvohnomalarini takomillashtirilgan lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida bo‘lishini taʼminlash, 2022-yil 1-mayga qadar esa O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi shaxsini tasdiqlovchi guvohnomalar, pasportning takomillashtirilgan lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida to‘g‘ri yozilishini taʼminlash maqsadida soha xodimlari uchun o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilishi belgilab olindi.

Yusuf NASULLAYEV
Vobkent tumani hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi


Report Page