LOLI KABOB yoki CHOPLIK SHASHLIK❤️

LOLI KABOB yoki CHOPLIK SHASHLIK❤️


Kabob uchun:

• 300 gr qiyma

• 1 dona piyoz

• 1 dona tuxum

• 1 osh qoshiq non talqoni

• Tuz (ta’bga ko‘ra)

• Murch

• Shirin paprika

• Kashnich ziravori (koriander)

1. Barcha masalliqlarni bir idishda yaxshilab aralashtiring.

2. Qiyma aralashmasini chopli shishlarga (sixlarga) sixlang.

3. Qizdirilgan ozgina yog‘da har tomoni qizarguncha qovuring.

4. So‘ng past olovga qo‘yib, 35 daqiqa dimlab pishiring.

• 50 gr saryog‘

• Biroz o‘simlik yog‘i

• Yangi kartoshka

• Tuz va sevimli ziravorlaringiz

1. Kartoshkani yog‘ va saryog‘da qizarguncha qovuring.

2. So‘ng uni past olovda 30/35 daqiqa dimlab pishiring.

Yoqimli ishtaha!

retseptlar_kolleksiyasi sahifasidan olindi

Kunlik_retseptlar

Report Page