LIMON
t.me/ykfoundation
Limonning ahamiyati:Eng qim-matli shifobaxsh va tetiklantiruvchi meva hisoblanadi. Uning tarkibida 2 foizga yaqin shakar, 6-8 foiz tur-li kislotalar (asosan limon kislotasi), 1 foizdan ko‘proq pektin moddalar, 0,5 foizga yaqin har xil mineral tu-zlar, 60-90 mg/% С vitamini, ma’lum miqdorda A, V1, V2, RR vitaminlari mavjud. Limon uzoq saqlanganda va qayta ishlanganda ham tarkibidagi vitaminlar yaxshi saqlanadi, bu uning qimmatli xususiyatidir. Limon yurak tomir sistemasi kasalliklarida, singa, sil, anginani davolashda, organizmda moddalar almashinuvi buzilganda, bod kasalligini davolashda iste’mol qilish tavsiya etiladi. RR gruppa vitaminlari qon bosimi pasayishiga yordam beradi va miyaga qon quyilishining oldini oladi.
Bizning iqlim sharoitimizda ko‘p yillik doimiy yashil o‘simlik bo‘lgan limon faqat issiqxonalarda, sun’iy muhit yaratilib o‘stiri lishi mumkin.
Tavsiya etiladigan navlari: Meyer, Toshkent, Yubeliyniy, va «Villi Frank» navlari va.b.
yerga ishlov berish:Limon ko‘chatlarini o‘tqazish uchun is-siqxona tuprog‘i yaxshilab tekislanadi hamda 50-60 sm chuqurlik-da ishlanishi lozim.
Ekish sxemasi va muddati: Issiqxonada limon ko‘chatlarini to‘g‘ri burchakli sxemada ekilganda - Zx1,5-2 m; shaxmat tartibida ekilganda 2x1,5-2 m sxemada ekilgani ma’kul. Limon ko‘chatlari-ni erta bahor va kech kuzda issiqxonaga ekish tavsiya etiladi.
Yerni limon o‘tqazishga tayyorlash va o‘tqazish. Ko‘chat o‘tqa-zish joylari rejalangandan keyin 60 sm chuqurlikda uralar kovlanadi. Ko‘chat o‘tqazish paytida har qaysi chuqurga yana 10-15 kg chirigan go‘ng, 100-150 g superfosfat va 50 g dan kaliy o‘g‘itlari solinadi. Ildizlari yaxshi rivojlangan bir va ikki yillik limon ko‘chatlarida 3-4 tagacha birinchi tartib novdalar bo‘lishi, tanasining yo‘g‘onligi 0,7-0,8 sm, ikkiyilliklarida esa ikkinchi tartib novdalari va tanasining yo‘g‘onligi kamida 1 sm bo‘lishi shart. Kuzda limon ko‘chati albat-ta ildizga ilashgan tuprog‘i bilan birga o‘tqaziladi, chunki aks holda ko‘chatlarning bir qismi qurib qolishi mumkin. O‘tqazish, shuning-dek shox-shabbani qalinlashtiradigan ortiqcha novdalar, shuningdek shikastlangan ildizlari kesib tashlanadi.
Parvarishlash: Sug‘orish 15-20 sm chuqurlikda olingan egat-lar orqali o‘tqaziladi. Bunda suv tuproq 40-50 sm chuqurligiga-cha namiqquncha jildiratib oqiziladi. Dastlab ko‘chatlar bir-ikki kun oralatib sug‘oriladi, o‘simliklar obdan tutib ketgandan keyin esa suv vaqti-vaqti bilan beriladi, ammo tuproq butun o‘suv davri davomida nam holatda bo‘lishi kerak. Uchinchi yili esa sug‘o rish egatlari, o‘simlikdan 50 sm uzoqlikda 30-40 sm chuqurlikda olinadi.Limonning yaxshi o‘sishi va hosil berishi uchun tuproqning optimal namligi DNS ga nisbatan 70-85 % bo‘lishi kerak. Limon ko‘chatlari tez-tez (mavsum mobaynida 25 martgacha) sug‘orib tu-rilishi lozim.
Sug‘orish soni ob-havo sharoiti va o‘simliklarning holatiga bog‘liq bo‘ladi. Qumoq tuproqlarda limon o‘rta hisobda fevralda 1 marta, martda 2, aprelda va mayda 3 martadan, iyunda 4, iyul va avgustda 4-5 martdan, sentabrda 3, oktabrda 2, noyabrda 1-2 marta sug‘orlishi lozim. Shunda 5-6 martgacha go‘ng sharbati oqiziladi. Yozning jazirama issiq kunlarida limon kechqurunlari va ertalab sug‘oriladi.
Har qaysi sug‘orishdan so‘ng tuproq 10-15 sm chuqurlikda yumshatiladi. O‘simliklar hosilga kirgandan keyin tuproqni yum-shatish, sug‘orish oralatib o‘tqaziladi.
Qish davrida qator oralari chuqur (25-30 sm) ishlanib, bir yo‘la chirigan go‘ng va superfosfat solinadi. Undan keyingi ishlov berish sug‘orish yoki go‘ng sharbati berish hamda mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirishga bog‘lab olib boriladi. Yerni ishlashda ehtiyot bo‘lish kerak, chunki o‘simlikning asosiy ildizi 15-25 sm chuqurlikda joy-lashgan bo‘ladi. Begona o‘tlar muntazam ravishda yulib olinishi va issiqxonadan chiqarib tashlanishi lozim, chunki ular bilan shira va boshqa zararkunandalarni chiqarib tashlangan bo‘lishi mumkin. Li-mon ko‘chati o‘tqazilgandan keyin ikkinchi yildan boshlab (tupro-qqa kuzda ishlov berishda) go‘ng va superfosfat solinadi. Bir, ikki va uch yillik ko‘chatlarning har qaysisi ostiga 10 kg dan go‘ng, 20 g dan fosfor va azot, 10 g dan kaliy (sof modda hisobida) solinadi, hosilga kirgan daraxtlariga esa 20-25 kg dan go‘ng va 80-120 g dan fosfor va azot hamda 40-60 g dan kaliy beriladi (o‘simliklarning yoshiga qarab solinadigan o‘g‘itlar miqdori oshirib beriladi). Mine ral o‘g‘itlar ikki muddatda yarmi fevralda va qolgani mayning oxiri - iyunning boshlarida (tugun-chalar paydo bo‘lganda) solinadi. Shuningdek, limon go‘ng sharba-ti bilan ham sug‘orib turiladi. Bunda birinchisi limon o‘sa boshlash oldidan, ikkinchisi gullash oldidan va yana 3-4 chisi tugunchalari tuqilgandan keyin hamda mevalarining o‘sish davrida 20-25 kun oralatib beriladi. Go‘ng sharbati sigir, qo‘y va parranda go‘ngidan (2:1:1 nisbatlarda) iborat bo‘lib, ular ariq suvi bilan birga sug‘orish egatlariga oqiziladi.
Issiqxonadagi limon novdalari fevral oxiri yoki mart oyi bosh-larida o‘sa boshlaydi. Bu ob-havo sharoitiga, o‘simlikning yoshi, meva qilish darajasi va boshqa omillarga bog‘liq. Lekin, ayni shu davrida havoning o‘rtacha kunlik harorati 12 oC, tuproq harorati esa 9 oC bo‘lishi kerak.
Shakl berish. Limon daraxtiga keng oval shaklni berish uchun, shu yilgi yosh novdalar va ancha eski shoxlar kesib tashlanadi. O‘suv chi novdalarni chilpish va ularni qisqartirish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari shox-shabbaning ichida bo‘ladigan ko‘k bachki novdalar kesib tashlanadi. Shox-shabbaning qalinlashib ket-masligi uchun har qaysi oldingi shoxda ko‘pi bilan ikkita, eng kuchli shoxlarda esa uchtagacha novda qoldirishga ahamiyat berish kerak.
Kasallik va zarakunandalarga qarshi kurash: Issiqxonadagi limon daraxtlari ko‘pincha yumshoq qurt, qalqondor, giyoh biti (shira) va kanalardan zararlanadi. Qalqondorni yo‘qotish uchun o‘simliklar zalonning 0,3 % li eritmasi bilan (5-6 kun oralatib 2 marta) yaxshilab purkaladi. Qalqondorning axlati (eksrementi) ga zamburug‘ tushadi. Bu kuya barglardan yuvilmaydi. Uni yo‘qo-tish uchun barglarga qo‘shimcha ravishda 1 % li bordos yoki 0,2% li Keltan eritmasi sepiladi. O‘simliklar gommoz (tanadan yelim oqishi) bilan kasallanganda u boshlangan paytidayoq va yogoch-likning zararlangan qismi to sog‘lom qavatigacha kesib olinadi. Shundan keyin tozalangan joy 3% li mis kuporosi (to‘tiyo eritmasi) bilan dezinfeksiya qilinadi va bog‘ kaynatmasi (bog‘ mumi) surtib qo‘yiladi. Bunday qaynatma tayyorlash uchun konifol va asalari mumini (2:1) oz miqdorda mol yog‘i qo‘shib qizdiriladi.
Daraxt tanasining hamma aylanmasi gommoz bilan zararlan-ganda, uni idizi bilan kovlab olib kuydirib tashlanadi, tuproq esa formalinning 1 % li eritmasi bilan dezinfeksiyalanadi.
Xonaki limon parvarishlash. Xonaki limonlarning bo‘yi un-chalik baland bo‘lmaydi. Uy sharoitida nafaqat gullay oladi, balki tuzukkina hosil ham beradi. Uni uy ichida, deraza oldida parvarish-lash mumkin.
Xona ichida o‘stiriladigan limon daraxti navini to‘g‘ri tanlay bilish kerak. Masalan, Xitoyda o‘stiriladigan Meyera-karlik navi bizning sharoitga mos keladi. Balandligi 1–1,5 metrgacha yetadi, dumaloqsimon va kichik bo‘lib o‘sadi, tikanaklari kam, sovuqqa chi-damli, serhosil. Daraxt 3–4 yoshga kirganda ilk hosil bera boshlaydi.
Limon daraxti gullaganda xonada namlik 60 foiz bo‘lishi, o‘sim-lik 12 soatgacha yorug‘lik olishi va me’yorida oziqlantirilishi lozim. Bundan tashqari, limonni eng yorug‘ joyda o‘stirish talab etiladi. Qish oylarida ko‘pgina limon mevasi nobud bo‘ladi. Buning saba-bi bor, albatta. Qishda limon daraxtiga birmuncha salqinroq, ya’ni o‘rtacha 3–5 daraja harorat kerak bo‘ladi. Ayozli kunlarda uy ichi-da bunday haroratni hosil qilishning iloji yo‘q, albatta. Shu bois uni yaxshi yoritilgan va namlik yuqori bo‘lgan yerga joylashtirish lozim. Odatda eng yuqori yaprog‘idan 10 santimetr masofada chiroq o‘rna-tiladi.
Qishda ko‘p sug‘orish ham zararli. Hatto, vaqti-vaqti bilan limon daraxti o‘stirilayotgan tuvakda suv to‘planib qolgan-qolmaganini tekshirib turish talab etiladi. Havo esa qo‘lbola suvpurkagich bilan tez-tez namlantirilib turilishi kerak. Shuningdek, kuniga ikki marta limon daraxtining o‘ziga iliq suv purkab turiladi. Uy ichida bu daraxt noto‘g‘ri parvarishlansa, turli kasalliklarga chalinishi mumkin.
Limon rivojlanayotgan davrda uni ikki haftada bir marta oziqlantirib turish talab etiladi. Gullab, hosil bera boshlaganda esa har 10 kunda «Sudarushka» va «Kamiron-lyuks» kabi mahsus makro va mikrounsurlar bilan oziqlantiriladi. Bu o‘g‘itlarni «But-sefal», «Kauriy», «Felumb» va «Svetochnaya raduga» kabi organik tindirmalar bilan almashtirib ham ishlatish mumkin.
Limonda paydo bo‘lgan ortiqcha novdalar chilpib olib turiladi. Ba’zan ikki-uchta yaprog‘i bo‘lgan pakana limon daraxti gulga ki-radi. Tabiiyki, bunda hosil olishning iloji yo‘q. Bunda hosiliga kuch yetkazib bera olmasligi sababli yosh daraxtning gullarini yulib tashlash maqsadga muvofiq. Daraxt yetarlicha yaprog‘u shoxlarga ega bo‘lgandagina gullashiga yo‘l qo‘yib berish mumkin.
Hosilni yig‘ib terib olish: Limonning terimbop pishganlik da-rajasi birmuncha boshqacharoq aniqlanadi. Limon mevalari ham yaxshi rivojlangan bo‘lsa, yashilligida daraxtdan uziladi. Po‘stinish rangi esa omborlarda o‘zgaradi.
Iqtisodiy samaradorligi: Limon 10 sotix issiqxonaga 3x2 m sxemada ekiladigan bo‘lsa, 166 dona ko‘chat ketadi. 166 dona ko‘chatimiz 2-3 yildan so‘ng hosilga kirib, 1 dona limon daraxti o‘rtacha naviga qarab 40 kg hosil olinadigan bo‘lsa, jami 6640 kg hosil olishimiz mumkin. 6640 kg limonni o‘rtacha 15 000 so‘mdan sotadigan bo‘lsak, 99 600 000 so‘m daromad keltiradi. Issiqxona qurish va issiqxonadagi haroratni bir me’yorda ushlab turish katta xarajat talab etadi.