LATVIYA SAFARIDAGI AGRARLIKLARDA NIMA GAPLAR

LATVIYA SAFARIDAGI AGRARLIKLARDA NIMA GAPLAR

Latviya safari davom etmoqda

Avval xabar berganimizdek, Toshkent davlat agrar universitetining delegatsiyasi Latviya davlatiga jo'nab ketishgan edi.

💠 Erasmus+ dasturining BioEcUz loyihasi doirasida Latviya davlatida bo'lib turgan Toshkent davlat agrar universiteti "Xaqaro hamkorlik, tarnsformatsiya va strategik rivojlanish bo'yicha prorektori A.A.Abduvasikov boshchiligidagi professor-o'qituvchilardan iborat delegatsiya jamoasi Latviya davlatidagi safarini davom ettirmoqda.


Tashrif davomida "Ogres piens" sutchilikka ixtisoslashgan kompaniyasida ham bo'ldilar. Sutchilik kompaniyasi 2012-yilda tashkil etilgan bo'lib, kompaniya o'z faoliyatini 250 bosh Golshten frits zotli sigirlarni Germaniyadan olib kelib boshlagan.

Xozirda kompaniyada 1050 bosh qoramollar bo'lib shundan 700 boshi sog'in sigirlar, 240 bosh gu'najinlar, 110 bosh urg'ochi buzoqlar parvarish qilinmoqda. Xo'jalikda shu kunda kunlik sut ishlab chiqarish hajmi 2800 kg ni tashkil etmoqda.



Xo'jalikda parvarish qilinayorgan sog'in sigirlar bir laktatsiyada 13500 kg sut berishi oziqlantirish, saqlash sharoitlari hamda nasilchilik ishlarini yuqori darajada yo'lga qo'yilganligidan dalolat beradi. Kompaniyada sigirlarni parvarish qilish, sog'in sigirlarni saqlash sharoitlari, oziqlantirish, ko'paytirish usullarida qo'llanilayotgan ilmiy- tadqiqotlar, innovatsion texnologiyalarni chorvachilikda qo'llanilishi bilan tanishdilar.

🔸 Safar davomida Oʻsimliklar urug'chilik instituti hamda sutchilikka ixtisoslashgan chorva fermer xo'jaligida bo'lib, tashkil etilgan faoliyat, sohada qo'llanilayotgan ilmiy tadqiqot va innovatsion texnologiyalarni o'simliklar urug'chiligi va chorvachilikda qo'llanilishi bilan tanishdilar.




✍️ TDAU axborot xizmati



Report Page