Kvant sakrashi

#Kvant_Sakrashi
#Savol_Oshoga
Aziz Osho, yaqinda Stephen Jay Gouldning maqolasini o'qidim.
U mehribon va qiziqarli biolog olim, jonli mavjudotlarning evolyutsiyasiga asoslanadi.
Ehtimolki, taxminan besh-sakkiz million yil oldin, maymun-insonga oid ajdodiy chiziq ikkiga bo'linib, bittasi hozirgi maymunlarga va boshqasi hozirgi insonlarga evolyutsion rivojlandi. Ikki oyoqli Homo Erectus taxminan bir million yil oldin paydo bo'lgan.
Bularning hammasida diqqatga sazovor jihat shuki, agar bu to'g'ri bo'lsa, inson evolyutsiyaviy miqyosda juda tez yuksala olgan, faqat bir million yil davomida.
Boshqa bir tomondan, yo'qolgan topilmalarni tushuntirish, oqlash va izohlash uchun taklif qilingan- ba'zan evolyutsiyaning sekin bo'lmasligi va balki kutilmagan sakrashlar bilan ro'y berishi ham mumkinligidir.
Men oldingi maymunlar va oldingi insonlar o'rtasidagi tasavvur qilingan suhbatni o'ylasam,
Sizni ham o'ylayman, insoniyat bilan suhbatlashasiz.
Biz insonning evolyutsiya jarayonida shu nuqtai nazarga ega bo'lishimiz kerakmi, bu nuqta, siz, Homo Novus sifatida, insonning hozirgi hodisasi bilan bir xil masofada bo'lib, buni siz munozaraning nuqtai nazariga e'tbor qaratishingiz kerakmi, Homo Sapiensning shimpanzedan uzoqligidek?
Insonlik ongining kvant sakrashi, fizik olamning evolyutsion sakrashlari bilan tabiiy paralellikka ega bo'lishi mumkinmi?
#Javob
Kvant sakrashi - bu yangi fizikaning eng so'nggi kashfiyoti. Hozirgacha doimo o'sish sekin jarayon deb o'ylangan. Shuning uchun, evolyutsiya revolyutsiyaga zid bo'lgan. Revolyutsiya tez va shiddatli jarayon bo'lib, evolyutsiya juda sekin va asta-sekin jarayon edi.
Ammo kvant sakrashini hatto tez deb aytib bo'lmaydi. Bu darhol yuz beradigan hodisadir: bir nuqtadan, bir bosqichdan, g'oyib bo'lishingiz va yuqori darajada, turli nuqtada ko'rinishingiz mumkin.
Dastlab bu juda hayratlanarli edi, chunki avval hech qachon shunday narsa tasavvur qilinmagan. Ammo asta-sekin fizika buni oziga o'zlashtirdi va hozir bu haqiqatdir. Elektronlar bir nuqtada g'oyib bo'ladi va boshqa nuqtada paydo bo'ladi, bu ikki nuqta orasida hech qanday vaqt bo'shlig'i yo'q. Elektron bir joyda yo'q bo'ladi va boshqa joyda ko'rinadi va ma'lum masofani bosib o'tgan bo'lsa ham, bu safar vaqt bo'lmaydi.
Hozir fizikada bu qabul qilingan holatdir. Bu metafizika sohasida, inson tan olishi bilan bog'liq, hatto tezroq bo'lishi mumkin. Chunki agar modda bunday tezkor sakrashlarga ega bo'lsa, deyarli tasavvurdan tashqari harakat qilsa, inson ongida yanada ko'plab mo'jizalar sodir bo'lishi mumkin. Albatta, inson ongi va tushunchasi butun borliqning eng oliy shakllanishi hisoblanadi.
Aftidan butun koinot bu darajaga yetishish uchun yo'lga chiqqan, masalan Gautama Budda darajasiga.
Gautama Budda o'sish yo'lini evalutsiya yo'li bilan sekin bosib o'tdi, chunki ösha vaqtda bu yagona yo'l edi.
Inson ongi va tushunchasi 25 asr ötgach, endi kvant sakrashlarini e'lon qilish mumkin,
jasoratga ega bo'lganlar uchun. Ongda vaqt kiritilmaydi, bilim vaqt bilan bog'liq emas
Odam darhol uxlab yotganidan joyidan uyg'onib ketishi mumkin, yokida bu sekin va uzoq jarayon deb o'ylaysizmi avval odam bir oz uyg'onadi, so'ngra biroz ko'proq uyg'onadi va kechga borib, u to'liq uyg'onadi?! Va keyin ikkinchi jarayon boshlanadi, siz uxlashni boshlaysiz, keyin ko'proq uxlaysiz so'ngra biroz ko'proq va yarim tunda to'liq uxlab qolasiz?!
Biz bilamizki, uyg'onish barcha uchun darhol ro'y beradi. Bu ishni bajaradigan har qanday vosita bo'lishi mumkin, masalan, budilnik soati uni sizga aloqasi yo'q
Jaranglovchi soat sizning mavjudligingizdan mutlaqo xabardor emas va sizga mutlaqo qiziq ham emas, lekin shunchaki sizni chuqur uyqudan tezda uyg'otish uchun yetarli.
Ruhoniy uyqu holatida ham huddi shunday. Muammo faqat vositani topishda. Ammo bu holatda muammo biroz murakkabroq, chunki budilnik soatlar barcha uchun bir xil ishlaydi, ammo ruhiy vositalar ruhiy qurilmalar har bir shaxs uchun noyobdir. Bitta vosita barcha uchun ishlamaydi, chunki odamlar juda farq qiladi, har bir inson noyob va takrorlanmasdir.
Dinlar, hammaga ibodat qilishini bir xil tarzda o'rgatish orqali katta zarar keltrib chiqaradi, chunki dastlabki ibodat, hech kim ko'rmagan va hech kim eshitmagan bir Xudo tushunchasi asosida boshlanadi.
Turli dinlar Xudo tushunchasini har xil tarzda ta'riflaydi. Hozir Buyuk Britaniyada tez o'sib borayotgan bir harakat mavjud bo'lib, u yerda Shaytonga sig'inish amalga oshiriladi. Hozirga qadar o'ttiz ming kishi ochiq e'lon qildiki, Shayton Xudoning dushmani emas, balki uning yagona o'g'lidir. Va ular Shaytonga sig'inadi, chunki dunyo yaratilgandan beri Hudo butunlay Kabiyrligi sababli takabbur bo'ldi yoki bu dunyoni butunlay unutib qo'ygan. Ammo bir narsa aniq: Xudo endi bu dunyoga qiziqmaydi, chunki o'sha olti kundan keyin birorta ham odam u bilan uchrashmagan yoki buni guvohi ham yo'q. Nima uchun biz o'sha qadimgi mavjudotni bezovta qilishimiz kerak? Shayton, yosh hamda uning o'g'il,! ...
Bunda shayton so'zi "Iblis" yordamga keladi, chunki u sanskrit tilidagi "ilohiy" so'zining ildizidir, ya'ni "Hudojo'y" ma'nosini anglatadi.
Bularning barchasi sizning "Xudo" va shunga o'xshash tushunchalarga qanday yondashishingizga bog'liqdir. Hech kim aralashmaydi.
Xudoning o'zi o'zi haqida hech narsa aytmagan. U hech qaysi dinga: "Bu gaplarni aytmanglar, to'g'ri emas" deb aytgan emas. Aslida, #Xudo faqat inson o'ylab topgan bir tushunchadir, va #Shayton ham shunday.
Siz o'z tasavvurlaringizdagi xudolaringizga millionlab yillar ibodat qilishingiz mumkin. Sizga hech narsa bo'lmaydi, chunki bu tasavvurlar vositalar emas.
112 ta meditatsiya usuli bor va to'liq. Ular 113 ta bo'lolmaydi. Har bir inson uchun zarur bo'lgan barcha narsa ushbu 112 tekshirilgan usullardan bor. Va yuzlab yillar davomida bu usullar sinovdan o'tgan. Ular sodda. Ushbu barcha 112 usullarning asosiy kaliti - #kuzatuv, chanqoqlik, turli shakllarda va turli xil vositalar bilan bo'lsa-da, asosiy qizil ip o'zingizni kuzatish, xushyorlik va diqqat markazingizdir.
Kuzatish turli nomlar bilan mumkin.
Kuzatish bilan siz kvant sakrashini amalga oshirishingiz mumkin. O'z uyqingizdan uyg'onishingiz mumkin, oddiy uyqu emas, balki ruhiy tushkunlikdan qutulib, uyg'onishinqiz mumkin.
Har kungi ertalab uyg'onishingiz emas, balki haqiqiy uyg'onish, hayotdagi eng yuqori tan olish darajasidagi uyg'onish, bu siz va butun koinotning ongini anglatadi siz buni qismdirsiz.
Va siz - butun borliq va butun borliq - sizdir. Farq yo'q.
Fizikada "Kvant sakrash" istilohi berilgan. Birorta ruhoniy mutafakkir va faylasuf bunga o'xshash parallel narsani ruhiy o'sishda topishni o'ylab ko'rmagan.
Bu sizning ruhiy "olimlaringiz" va "ilohiyat olimlaringiz" fikri qashshoqligini ko'rsatadi.
Ammo aslida, #meditatsiya sizni tuyg'ulardan ko'tarib tabiiy porlashga, nurlanishga olib keladi. Va nafaqat buni o'zi, balki zanjir reaksiyasiga sabab bo'lib
Bir kishi o'zini va birdaniga o'z kabi bo'lgan odamlarga yuqtiradi. Hatto meditatsiyani sinab ko'rmagan,bu haqida so'zlashmagan va hech qanday ruhiy fikrlarga ega bo'lmagan odamlarga ham yuqadi,
Bu yuquvchi bir narsadir.
Shuning uchun agar dunyo bo'ylab bir nechta odam kvant sakrashini amalga oshiradigan bo'lsa, unda minglab boshqa odamlar ham shu tarzda nurlanishlari mumkin. Va bu bizga minglab yillik evolyutsiyamiz yetkazgan hamma narsani qutqarishning yagona yo'lidir.
Va men o'ylaymanki, atom urushi tahdidining bosimi oshib borayotgan sari, kvant sakrash ham oshib borish ehtimoli kuchaymoqda, chunki bu bu ommaviy o'z joniga qasd qilishdan qutqarilishning yagona yo'li.
Bu sutra 👇:
Xudo faqat shu yerda qalbingizda, aqldan tinchlikni his qilganda.
Buni oy yoritgan tundagi ko‘l kabi tasavvur qiling:
Osmonda go'zal oy porlaydi, juda go'zal manzara...
Ammo agar ko‘l to‘lqinlarga to‘la bo'lsa, ko'l yuzasida oyning aksi ko'rinmaydi, aks suvda parchalanib ketadi barqaror bo'lmaydi Oyning parchalari ko‘lning butun yuzasiga tarqalgan. Oy nuri ko‘lga tarqaladi, lekin uning butun aksi hosil bo'lmaydi.
Qachondir ko‘l tinchlanadi, shamollar esmaydi, sukunat hukm suradi, ko‘l meditatsiyaga botadi; Ko'l samadhiga kiradi - endi suv yuzasida oyning aksi ko'rinadi. Hozirl ko'lda oy to'liq jilvalanadi
Tajriba shunday bo'ladi
Xudo bizning atrofimizda mavjud: bu to'lin oy kabi chunki Xudo bir lahza ham yo'q emas. To'lin oy mavjud, faqat ongingizning ko'li notinch . Shu bois , Xudoning aksi sizning ichingizda shakllanmaydi, siz uni ichingizda saqlay olmaysiz. U sizning ichingizga kira olmaydi; U sinadi va u erga va boshqa yerga tarqaladi; Huddi simob tomchilariga o'xshaydi: uni qanchalik ko'p ushlashga harakat qilsangiz, shunchalik qiyin bo'ladi.
Mavjudlik holati quyidagilarni anglatadi :
Aql tozalanadi va tinchlanadi, istaklar to'lqinlari endi oqmaydi. Endi oladigan qo'lga kiritiladigan narsa yo'q; Bo'lishi kerak bo'lgan hech narsa yo'q. Jim va sukunatda o'tirishni davom eting.... hotirjam holatda mavjud bo'lgan narsa darhol ichingizda aks etadi. Keyin oy nafaqat tashqarida, balki ichingizga ham kirib sizni to'ldiradi.
Endi uning toza suvini iching.
Bu yerda o'z bo'shlig'ingizni kashf eting, son-sanoqsiz izlovchilar shunday uyg'ongan.
Shunday qilib, izlovchilar eng yuqori aloqaga erishdilar
Siz qidirayotgan narsa mana shu yerda yashiringan
qayerga ketyapsiz mana u yashirin va hozir...
Izlayotgan narsalaringiz uchun, uzoq-uzoqa sayohat qilasiz, Kashi va Kailashga borasiz, uni Qur'on va Puranlardan izlaysiz... va nimaga sig'inayotganingizni butlar va so'zlar bilan izlaysiz;
U aynan shu yerda, hozir, nafaslaringizda, ko'z oldingizda mavjud. Ko'zlaringizni qayerga qaratsangiz, u o'sha erda. Shu yerda mavjud, shu yerda yashiringan...
U yashirin, bu u sizdan yashirinishga harakat qilayotganini anglatmaydi.
Uning yashirinishi va yo'qligi ko'zlaringizni qoplagan fikrlar pardasi tufaylidir .
Siz o'z fikrlaringiz bilan to'lasiz, uni ko'rish uchun bo'sh vaqt qayerda?
Siz shovqin solyapsiz.
Oʻzingizning uchta dunyongizni yarating…
Bu qaysi qaysi dunyolar?
Bu uch dunyo shu yerda
jahannam shu yerda,
Yer shu yerda,
Jannat ham shu yerda.
Hammasi sizning qarashingizni aks ettiradi.
Sizning munosabatingiz o'zgarishi bilan yaratayotgan narsangiz ham ham o'zgaradi.
O'z fikrlari bilan yashaydigan kishi do'zahda yashaydi.
Unda mavjudligida yashaydiganlar jannatda.
Ikkisi o'rtasida qolib ketgan kimsa,
Yer yuzida yashaydi.
Jahannamda yashayotganlar azob uqubatdan qiynaladilar, ko'p azob chekishadi. Ular hozir azob chekmoqdalar.
Jahlingiz chiqsa, do‘zahdasiz...
Siz mehribon va muhabbatli bo'ling va siz yuqoriga ko'tarila boshlaysiz. Siz gorizontal harakatlana boshlaysiz, bu jannat eshigi Jannat osmonlarda emas. Yuqorilik "Iluyyun" holati deyiladi, bu ongning eng yuqori holatining nomidir. Mavjudlik sizning eng oliy holatingizdir.
Ko'pchilik do'zahda yashaydi, yer yuzida juda oz va juda kamdan-kam odamlar jannatni boshdan kechirishadi. Va hamma ham shu yerda hozirgi damda.
Oshoning “O‘l, ey yogi!” hind kitobining talqini.
@paruk_pilo