"Kitob odamlarning yoʻlini yoritib turuvchi mayoqdir".Kutubxonaga sayohat.

"Kitob odamlarning yoʻlini yoritib turuvchi mayoqdir".Kutubxonaga sayohat.


Kitob odamlarning yoʻlini yoritib turuvchi mayoqdir.

Xitoy xalq maqoli

“Kitob — bilim manbai”, deymiz. Bu isbot talab qilmas haqiqat. Zero, inson bilimni asosan kitob orqali oladi, uning tarbiyasi ham kitob yordamida shakllanadi. Yoshlarimiz badiiy adabiyotlarni oʻqiganda, ularning dunyoqarashi kengayadi, hayotga munosabati oʻzgaradi. Zero, kitob — qalb chirogʻi, tafakkur qanoti. Ayniqsa, kitobdan taraladigan va elektron nashrdan topib boʻlmaydigan oʻziga xos yoqimli hidni tuyib, varaqlash asnosida moʻjizaviy sahifalarning sirli shitirlashidan koʻngil cheksiz zavqqa toʻlgan holda kitob mutolaa qilish, uning mazmuni haqida tengdoshlar bilan fikr almashishning huzur-halovati tamoman oʻzgachadir. Joriy yilning 7 may sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markaziga Zomin tuman "G'afur G'ulom" MFYda istiqomat qilayotgan yosh kitobxonlar ishtirokida kutubxonaga sayohat uyushtirildi. Zomin tuman axborot-kutubxona markazi Abonoment va foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish xizmati mumutaxassisi D.Qarshiboyeva tomonidan kutubxona haqida kitobxonlarga to'liq va batafsil ma'lumotlar berildi. Kelgusida kitobxon yoshlarimiz o'zlari qiziqqan adabiyotlarini olib o'qish imkoniyatiga ega bo'lish maqsadida, kutubxonaga a'zo bo'lish va bundan ko'zlangan asosiy maqsad yosh kitobxonlarning bilim saviyasi va òquvchilarning ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish va sadoqat tuyg'usini shakllantirishdir.




Report Page