Kutubxonada kitobxon onalar kuni

Kutubxonada kitobxon onalar kuni

https://t.me/natlibuz

2023-yil 17-dekabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi bilan hamkorlikda “Kitobxon onalar kuni” o‘tkazildi. Tadbirda yozuvchi, shoira, olimalar bilan bir qatorda “Tong yulduzi” gazetasi va “Gulxan”, “Teatr” jurnallari tahririyati vakillari, Yangihayot tumani Oqila ayollar harakati a’zolari, Yangi turmush, Tashabbus, Olchazor, Fayzli MFY xotin-qizlar faollari, shu tumanda joylashgan 332- hamda 292-sonli umumta’lim maktablari o‘quvchilari ishtirok etdilar. Mazkur tadbir Toshkent shahar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyat va tuman AKMlarida ham tashkil etildi.

Tadbir ishtirokchilarini qutlar ekan, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktor o‘rinbosari Nasiba Xoldorova bunday tadbir mamlakatimizning har bir viloyati va tumanida bir vaqtning o‘zida o‘tkazilayotgani va har bir davrada yuzlab ishtirokchi ayollar kitobxonlik va mutolaaning ahamiyati hamda yoshlarni komil shaxs bo‘lib kamol topishida kitobxon oilalar, ya’ni kitobxon onalarning rolini ta’kidladi.

Tadbirda Oila va xotin qizlar qo‘mitasi vakili, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi Guljamol Asqarova, Toshkent amaliy fanlar universiteti professori, pedagogika fanlari doktori Nilufar Abdullayeva, “Gulxan” jurnali muharriri Zahro Xasanovalar so‘zga chiqib yurtimizda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish davlat siyosatining muhim yo‘nalishi sifatida belgilanganini, aynan ayollar zimmasiga o‘z namunalari misolida yoshlarni mutolaaga jalb etish kabi yuksak mas’uliyat yuklanganini e’tirof etdilar va bu borada viloyatlar va tumanlarda amalga oshirilayotgan ishlarni tilga oldilar.

Tadbirda yosh shoira Iroda Rahmonaliyeva qalamiga mansub she’riy kitob taqdimoti o‘tkazildi.


Report Page