Kutubxonada kitobxon onalar kuni

Kutubxonada kitobxon onalar kuni

https://t.me/natlibuz

2023-yil 17-aprel kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi bilan hamkorlikda “Kitobxon onalar kuni” o‘tkazildi. Tadbirda Toshkent shahar Oila va xotin-qizlar boshqarmasi, Mirzo Ulugbek , Chilonzor va Shayxontoxur tumani mahallarning faol xotin-qizlari, Oqila ayollar buvijonlar, uy bekalari bilan bir qatorda yozuvchi, shoirlar ishtirok etdilar. Mazkur tadbir Toshkent shahar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyat va tuman AKMlarida ZOOM platformasi orqali tashkil etildi.


Tadbir boshlovchisi Gulchexra Ibragimova davra ishtirokchilarini qutlar ekan tadbirning xotin-qizlar, ayniqsa uy bekalari orasida kitobxonlikni targ'ib qilish, kitobxon onalar sonini ko'paytirish orqali farzandlar tarbiyasini, maʻnaviyatini, madaniyatini oshirishdagi ahamiyatini alohida e'tirof etdi.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktor o‘rinbosari Nasiba Xoldorova tadbir mehmonlariga o‘z minnatdorligini izhor etar ekan: “Sizlarning tashrifingizdan va suhbatlaringizdan ishtirokchilarimiz katta taassurot va saboq olishlariga ishonchim komil. Sizlarning ilmiy izlashlaringiz va erishgan yutuqlaringiz o‘sib kelayotgan yosh avlodga ibrat maktabi bo‘lishi shubhasiz”, - dedi va mutolaaga o‘rgatishda onalarning o‘rni beqiyosligini aytdi. “Mana hozir men mutolaa masalasiga bag‘ishlangan ko‘rsatuvda ishtirok etib kelyapman. U yerda ham kitobxonlikni targ‘ib etishda onalarning xizmati alohida tilga olindi. Farzandlarimizda kitobga mehr uyg‘otish yoki ularni kitobdan bezdirib qo‘yishimizda biz onalar bevosita sababchi bo‘lishimiz mumkinligini unutmagan holda, o‘zimiz ham hamisha kitob o‘qishimiz va bu bilan farzandlarimizga o‘rnak bo‘lishimiz kerak”.


Tadbirda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi bo‘lib boshlig‘i Zarifa Iskandarova, “Umuminsoniy qadriyatlar markazi” direktori, shifokor, olima Shoira Oripova, adabiyotshunos olima, yozuvchi va tarjimon Shaxodat Isaxonova, tarix fanlari doktori, professor Shoxista O‘ljaeva, O‘zbekiston yozuachidar uyushmasi azosi, shoira. xalqaro tanlovlar g‘olibi Gulbahor Jumaeva, shoira, tadbirkor Asolat Axmadqullar so‘zga chiqib onalar va ular orqali yosh avlodning kitobxonligini ta'minlash xalqimizning kitobxon bo‘lib shakllanishida muhim ahamiyat kasb etishi haqida fikr bildirdilar.


Tadbir davomida Respublika bo'yicha ishtirok etgan barcha AKMlarda kitobxonlar va mutaxassislar tomonidan mutolaa qilingan kitoblar haqidagi taqdimoti o'tkazildi.

Report Page