Kutilgan kun (hikoya)

Kutilgan kun (hikoya)

Luqmon Boʻrixon

Bir yorug‘lik izlaymiz hamon

Rauf PАRFI

 

…Boyxon bu kunni ilhaq kutgan edi. Uzoq dashtda uloqib

qolgan, biror o‘tkinchi ulov sharpasiga umidvor ko‘z tikkan yo‘lovchidek u ham

shu kunga mushtoq edi.

Boyxon tanasi taram-taram bo‘lib ketgan daraxtga behol

suyanib, chuqur-chuqur nafas oldi. Kulrang qorong‘ulikka cho‘mib borayotgan

katta-kichik daraxtlar, baland-u past imoratlar, keng yo‘lda g‘iz-g‘iz o‘tib

qaytayotgan mashinalar ko‘z o‘ngida betinim chayqalardi. Oyoqlari ostida bo‘m-bo‘sh

aroq shishalari, kolbasa burdalari-yu g‘ijimlangan qog‘oz parchalari sochilib

yotardi. Boyxonning yuragi uvushdi. Barcha qilmishlari ko‘z oldidan

ayqash-uyqash bo‘lib o‘tdi-yu ko‘ngli g‘ashlandi. “Endi hech o‘ngarilmasligim

tayin, oxirgi umidim ham kul bo‘ldi, tamom”, deb o‘yladi u ruhsizlanib.

…Boyxon bu kunni ixlos bilan kutgandi. Go‘yo bu kun u

bir yumalab boshqa xil odamga aylanib qoladiganday, jikkak, tajang Boyxonning

o‘rnida etli- o‘lli, kelishgan Boyxon taltayib turadiganday edi… Eh, bu kun, bu

kun… U bir quchoq sovg‘a keltirib, xotinini tug‘ilgan kuni bilan qutlamoqchi,

uning lablarida shirin bir tabassum ko‘rmoqchi, so‘ngra esa o‘zi orzu qilgan

o‘sha o‘rik gullari iforiga burkanib, hamma-hammasini o‘z hayotini, turmushini

qaytadan boshlamoqchi edi. Shu boisdan tong bo‘zarmasdanoq shoshilib, ammo tetik

va allanechuk xush kayfiyatda ko‘chaga otilgan xotini – ikki oylik kelinchak

orqasidan ajablanib qarab qolgandi.

Boyxonning kasbi betayin edi. U bir vaqtlar motor

zavodida xizmat qilar, ishga shirakayf kelsa-da, berilgan topshiriqlarni

tuzukkina do‘ndirar edi. Biroq orada aroqxo‘rlikka qarshi kurash boshlanib

ketdiyu namuna sifatida uning kovushini to‘g‘rilab qo‘yishdi. Boyxon shu-shu

hech joydan ish topolmadi. Oxiri mardikorlikka kuni qoldi.

 

U la’nati shu ichkilikbozlikni tashlashga necha marta

so‘z berar, lekin uch-t o‘rt kun o‘tmasdanoq, “o‘zi bilmay” yana echki qasamga

aylanib – uyiga odatdagidek chayqalganicha kirib kelar, boshini xam qilgan

ko‘yi keksa onasining beozorgina nolishlarini tinglar edi. Boyxon yaqinda

uylandi. To‘g‘rirog‘i, uni uylantirishdi. Аka-opalari qo‘lni-qo‘lga

berib, onalari bilan obdon maslahatlashib kelin topdilar. Kelin – Yangi daha

tomonda yashovchi ammasining qizi bo‘ldi. Аmmasi to‘ydan so‘ng

ularnikiga tez-tez kelib turar, biroq har tashrifida kuyovini ta’nayu tanbehlar

toshb o‘ronida ezib tashlar edi: “Hoy, jiyan, soqol-poqolni mundog‘ qirtishlab

yursangiz bo‘lmaydimi?.. Hoy, yigit, qachon siz ham mundog‘ odamga o‘xshab uyga

oylik ko‘tarib kelasiz?..Rahmatli akaning arvohlari hurmati, gulday qizimni bir

yalangoyoqqa qo‘shdim, esam…” Аmmaning uzundan-uzoq oh-voyini Boyxon

toqat bilan eshitardi-yu, biroq kelin, “Oyi, bo‘ldi, bas!” deganday ovozsiz

iltijo qilardi.

Аmmasining qizi sarg‘ishdan kelgan, yuzlari cho‘zinchoq, qoshlari siyrak,

qo‘ng‘irtob ko‘zlari o‘ychan bo‘lib, ishqilib, gulday emasdi. Lekin, tillo

ekan. U kelin bo‘lib keldi-yu, xarobgina hovlichaga fayz kirib qoldi. Аmmo

Boyxonda hech bir o‘zgarish sezilmasdi. U har erta bir yoqlarga gum bo‘lar,

allakimlargadir yollanib, ishlab topgan besh-olti so‘mini kechqurun xotinining

oldiga uyalib, avaylabgina qo‘yar edi. Biroq har uch-t o‘rt kunda

gandiraklaganicha g‘o‘ddayib bo‘sag‘ada paydo bo‘lishini ham tashlamasdi.

Boyxon mast chog‘lari, negadir, ko‘proq iymanar,

xotinining ayuhannos solishini, “ketaman”, deya po‘pisa qilishini, uvvos tortib

yig‘lashini juda-juda istar edi. Xotini esa hech bir jirkanmay, hayiqmay,

erining iflos kiyimlarini yechar, yuvintirardi. Boyxon ko‘pincha kechki

yemakdan so‘ng muzday deraza oynasiga tanglay tirab, mahzun qoron g‘ulikka ch

o‘mgan torgina hovlidagi sovuq urgan o‘rik daraxtiga s o‘zsiz tikilardi.

Necha-necha bahorlardan beri gullamaydigan, g‘uj- g‘uj yaproqlari kuzning

olovli dami yetmasdanoq sarg‘ayib, qovjirab bitadigan bu daraxt, sertomir qadoq

qo‘llardek shoxlarini ko‘kka cho‘zib, nelarnidir falakdan so‘rayotganday sovuq

shamolda diydirab, chayqalib turar edi.

“Baribir meni tashlab ketadi”deb o‘ylardi u xotini

haqida, derazadan horg‘in ko‘zlarini uzmay.

Lekin xotinida ketib qolish niyati yo‘qqa o‘xshardi. U

ertayu kech hovlida kuymalanar – supirib-sidirar, yuvib-tarar, keksa

qaynonasiga girdikapalak bo‘lar edi. Uning g‘imir- g‘imirlari, ayniqsa Boyxon

uyda paytlari avjiga chiqar, hoynahoy, eri bilan yuzma-yuz, bekorchi

o‘tirishdan, gap topolmay qiynalishdan benihoya cho‘chir edi. Shu sababli

harqalay Boyxon xotiniga tik qaramoqqa botinolmasdi. Ba’zan Boyxonning o‘z-

o‘zidan zavqi jo‘shar, kelinchakni erkalagisi, mehribonliklar k o‘rsatgisi

kelar, lekin bunga jur’at etolmas, to‘g‘rirog‘i bu xil yaqinlikda o‘zini

mutlaqo haqsiz, deb hisoblar, butun bor-y o‘ g‘i, yurish-turishi bilan xotini

oldida o‘zini muttahamday his etardi!Аmmo kunlar ketidan kunlar

o‘tarkan, yurak bag‘rida tosh bo‘lib yotgan kuz qatlamlari Аllaqanday

anglab bo‘lmas olov taftidan asta-sekin erib ketayotganni Boyxon payqab

borardi. Mardikorlikdan qaytishda uy tomon ixtiyorsiz katta-katta qadam

tashlashi, tez orada r o‘y beradigan k o‘zlar t o‘qnashuvini his qilib

entikishi, uyida – yumshoq o‘ringa so‘zsiz cho‘zilisharkan, saharning yana

uch-t o‘rt barobar uzaymog‘ini istashi, xuddi shu antiqa qiliqlaridan dalolat

berib turardi. Lekin jamiki noumid vanoshukur bandalar kabi Boyxon ham

ko‘ngliga alangalanib kelayotgan orombaxsh olovga shubhayu gumonlar suvini

purkar, o‘zini- o‘zi tushkunlik, ruhsizlik tig‘iga tutib berar edi. “U baribir

men bilan yashamaydi, — deb o‘ylardi Boyxon. – Yana besh-olti kundan so‘ng

onasinikiga j o‘navoradi…”

Biroq uch kuncha burungi bir hodisa uni butkul boshqa

o‘zanga burib yubordi.

O‘sha kuni omadi yurishmagan Boyxon tushdan so‘ng

shalvirabgina uyiga qaytgandi. U hovli eshigidan oyog‘ini oshirdi-yu, ajoyib

manzaraning guvohi bo‘ldi. Sochini chiroyli turmaklab, durracha bilan tang‘ib

olgan xotini o‘sha o‘rik daraxtining shoxlariga kir yoymoqda edi. Durrachasi

tegidan chiqib turgan, shamolda hilpirayotgan uzun-uzun soch tolalariga

daraxtning nurdek ingichka bir shoxi o‘yo o‘pmoqchiday ohista-ohista silanar,

kelinchak esa shirin-shakar xayollar og‘ushida zavqlanib betinim iljayardi.

Boyxon bu xushmanzarani to‘rt-besh daqiqa – to unga xotinining ko‘zi

tushgunicha tomosha qilib turarkan, nogoh, dimog‘iga gup etib o‘rik gullarining

ifori urilgandek tuyuldi. Boshi aylanib ketdi.

Xotini u tomon ilkis nazar tashladi-yu, ikkovlari

baravar iljaydilar. Bu ularning bir-biroviga birinchi samimiy tabassumi edi. O‘sha

kuni kechki taomdan so‘ng Boyxon odatdagidek derazaning sovuq oynasiga

yuzma-yuz bo‘larkan xayolga chulg‘andi. “Y o‘q, bunday yashab bo‘lmaydi.

Odamsifat bo‘lishim kerak, odam…” U deraza yonida uzoq turmadi. Bir payt

miyasiga kelgan ajoyib fikrdan sevinib, qalqib ketdi. Аllanimalarni

tikib-bichib o‘tirgan xotini bu holni sezmadi.

“Nahotki, uch kundan so‘ng uning tu g‘ilgan kuni?!

Balki adashayotgandirman?”

Boyxon zo‘r diqqat bilan xotirasini titkilab chiqdi

vaadashmaganiga yana bir bor amin bo‘ldi. O‘sha choshgoh –hukumat nigohidan

o‘tkazuvchi tannoz xodima o‘z qalin daftariga yosh kelin-kuyovlarning

ism-shariflariyu tu g‘ilgan yil, oylarini qayd etayotgan cho g‘i u o‘z qalli

g‘ining tavallud kuniga negadir, qiziqsinib qaragan vayaxshigina eslab qolgan.…Boyxon

bu kunni entikib kutgan edi. Miyasiga ajoyib fikr urilgan o‘sha oqshomdan

boshlab uch kun betinim o‘zicha turli-tuman rejalar tuzdi. Hayajonlandi.

Hovliqdi. Nihoyat, o‘sha arzanda kun ham yetib keldi-yu tong qorong‘usida ikki

oylik kelinchakni sarosimada qoldirib ko‘chaga otildi. Аmmo

k o‘cha eshigi orqasida xotini yuvib-dazmollangan shimni obdon g‘ijimlashni

unutmadi, unda-munda uchrab qoladigan o‘ziga o‘xshash betayin og‘aynilarining

“po‘rim kuyov bola” deya masxara qilishidan uyaldi.

…Boyxon bu kunni shirin xayollar og‘ushida kutgan edi.

Shuning uchun ham naq tushga dovur qora terga botib suvoq qilarkan, charchash

o‘rniga tobora g‘ayrati qaynab, yuz-k o‘zidan tabassum arimadi. Nihoyat,

mardikorining antiqa xatti-harakatlaridan lol b o‘lgan tepakal xo‘jayin

qayta-qayta sanab uzatgan pulni changallaganicha hovliqib k o‘chaga otildi. U

xotiniga qanday sovg‘a olishini huv o‘sha oqshomdayoq diliga tugib qo‘ygan, har

eslaganda to‘lqinlanib-to‘lqinlanib yurgandi. Ko‘z ostidagi bu tortiq – sopol

ko‘zacha edi. Boyxon uni ilk marta, bir oycha avval, aroq qahatchiligi sabab

arzon atir ilinjida mashhur do‘kon bo‘ylab ho‘b izg‘ib yurarkan, tepasiga

“Podarki” deb yozilgan b o‘linma sotuvchisi iddao bilan k o‘rgazmaga q

o‘yayotgan payt k o‘rib qolgandi. O‘shanda u sopol k o‘zachaning bejirim va

yaltiroqligiga, shunchaki qiziqsinib qarab turgan, s o‘ngra badaniga sar g‘ish

b o‘yoq bilan tasvirlangan bir juft qushga siyrak kipriklarini

pirpirata-pirpirata uzoq vaqt angraygandi.

Uning nazarida qushlar qop-qora tun aro hor g‘in uchib

borishar, mitti ko‘zlarida shubha-yu hadik, umidsizlik va alamzadalik qalqib

turar, chor-atrofda hech bir q o‘nal g‘a belgisi k o‘rinmas edi. Boyxon

o‘shanda sopol k o‘zachaga tikilib turarkan tizzalariga, barmoq uchlariga

titroq inayotganini, yuragi al g‘ov-dal g‘ov b o‘lib ketayotganini sezdi.

Beixtiyor qushlarning oyoqchalari tagiga oppoq gullagan o‘rik shoxi tasvirini

tushirgisi vaqushlarni shu yerga q o‘ndirib chek-chegarasiz parvozni butkul

tugatgisi kelib ketgandi. Shu-shu bo‘ldiyu, u bu do‘konga tez-tez kelib

turadigan, g‘oyat antiqa tuyulgan o‘sha sopol k o‘zachaga hiyla vaqt

hayratlanib tikiladigan tashvish orttirdi. Biroq uning daydilarcha ivirsishi

do‘konchilarni shubhalantirib q o‘ydi shekilli, kuni kecha Boyxon peshtaxta

yonida paydo bo‘lishi bilanoq, “xizmat, ukaginam” deb so‘radi sotuvchi ayol

pardoz-andozdan andak to‘xtab.

— Аnavi ko‘zachangiz… — g‘o‘ldiradi

Boyxon, — juda zo‘r ekan.

U negadir sotuvchining “ha, judayam ajoyib, menga ham

yoqadi”, deyishini, so‘ngra o‘zi tasvirdagi uchib borayotgan qushlar haqida

to‘lib-toshib gapirishini, xotiniga shu k o‘zachani sovg‘a qilmoqchi ekanligini

aytib maslahatlashishni juda-juda istagan, hatto, shunday b o‘lishiga qattiq

ishongan edi. Аmmo sotuvchi ayol allaqanday g‘ashlangan qiyofada hech gap-so‘zsiz u

ishora qilgan matohni olib uzatmoqqa shaylandi.

— Yo‘q-yo‘q, hozirmas, — deb yubordi shosha-pisha

Boyxon, xuddi qo‘qqis shirin uyqudan uyg‘ongandek. – ertaga olaman. Sotuvchi

ayol yelka uchirdi:

— Ixtiyoringiz, lekin shu oxirgisi…

…Boyxon bu kunni intiq kutgan edi. Shuning uchun ham

xotinining kechqurun quvonch va mehrdan lov-lov qizarishini xayolida

jonlantira-jonlantira entikkancha ketib borardi. Аmmo…Аmmo

katta chorraha biqinidagi har bir tosh-kesagigacha o‘ziga tanish b o‘lgan ichimliklar

d o‘konchasi yonidan o‘tayotganida qadamlari beixtiyor sekinlashdi. Аxir

u yerda baqaloq sotuvchi turli ichimliklarga limmo-lim yo g‘och qutilarni

g‘ayrat bilan ichkariga tashirdi-da. “Ob-bo, zap ustidan chiqibman-u, deb

yuborganini Boyxonning o‘zi ham sezmay qoldi. Lekin darov sergak tortdi. Qayga,

ne sababdan ketayotganini esladi.

Ichimliklar do‘konchasi yonida odamlar daqiqa sayin

ko‘payib, g‘ala- g‘ovur bilan navbat talashardilar. Boyxon cho‘ntagidagi

pullarni kaftida siqqancha y o‘lida davom etdi. Ko‘proq pulim b o‘lganda,

ikkovini olib qo‘ysam yaxshi edida, deb o‘yladi u pullarini yanada mahkamroq

siqimlab. Ozgina yutib olganimda charchoqlarim tarqab bir huzurlanardima deb

o‘yladi Boyxon negadir asabiylashib. Uning qadamlari o‘z- o‘zidan susaya-susaya,

nihoyat, harakatdan t o‘xtadi. Uch-t o‘rt shisha aroq quchoqlab shodon

ketayotgan, ur-t o‘polon bilan navbat talashayotgan kishilarga sarosimalanib

termuldi. Bir shishaga-ku qurbim yetar-ov, deb o‘yladi Boyxon olomon tomon

beixtiyor uch-t o‘rt qadam tashlab. – Bir donagina atirgul olsam ham b

o‘ladi-ku, axir sov g‘aning katta-kichigi, yaxshi-yomoni yo‘q. Boyxon

cho‘ntagiga q o‘l soldi. Lekin, shu lahzayoq, xotinining huvv, o‘sha o‘rik

tagidagi tabassumi lop etib k o‘z oldiga keldi-yu, shashtidan qaytdi. Y o‘q,

buguncha ichmayman, deb o‘yladi u q o‘llarini musht qilib. Boyxon iziga

qayrildi-da, y o‘liga ravona b o‘lishga cho g‘landi. Shu payt olomon orasidan

sir g‘alib chiqayotgan ikki sayoq o g‘aynisiga k o‘zi tushdi-yu ko‘ngli ravshan

tortib ketdi. Boyxon darhol gumm bo‘lish o‘rniga beixtiyor odimlashi susaydi,

anavilarning nazariga tushish uchun pinhona hujum boshladi. Do‘stlardan qochish

yaxshimas, deya o‘yladi u o‘z- o‘zini aldab. Nihoyat, orqadan tanish hushtak

ovozi yangradi. Shusiz ham toqati toq b o‘lib turgan Boyxon yalt etib

o‘girildi. Ur-to‘polonda terlab ketgan, soch-soqoli o‘siq, ko‘zlari qizargan

og‘aynilar yetib kelishdi. Qisqagina hol-ahvol so‘rashdilar.

— Bu, deyman, tomoqlar qurib bitibdi-yov, a, — dedi

sheriklardan biri Boyxonga qarata.

Boyxon aybdorona iljaydi.

— Yur, biz bilan, — sirli ko‘z qisishdi og‘aynilar.

— Yo‘g‘-e, Ishim bor-da…

Ikkovlon barobariga xoxolashdi.

— Ha, endi, — dedi aroq qo‘ltiqlagani. – uylangandan

so‘ng qiyin-da…

— Аyniqsa, xotinidan qo‘rqadiganga.

 

— Men hech kimdan qo‘rqmayman, — dedi Boyxon qo‘rslik

bilan. Shu tobda barii shirin o‘y-xayollariyu, sov g‘a olish ko‘yida halloslab

yurishlari o‘ziga erish tuyulib ketdi.

— Qo‘rqmasligingni hali isbotlagan emassan, — dedi

og‘aynilar oldin-ketin.

Boyxon bu qochiriqni deyarli eshitmadi, chunki u ayni

paytda g‘oyat parishon turib, xotinidan q o‘rqar-q o‘rqmasligini o‘zicha,

rostakamiga o‘ylab k o‘rmoqda edi. Og‘aynilar betoqatlandi:

— Yurasanmi, yo‘qmi?

Boyxon bir cho‘chib tushdi-da, indamay ularga

ergashdi. Ozroq ichsam o‘lmasman, deb o‘yladi u o‘z- o‘zidan g‘azablanib.

Xotinni tabriklash qochmas…Ular o‘zlariga qadrdon daraxtzorga yo‘l olishdi.

Boyxon boshqa hech vaqoni r o‘yirost eslayolmaydi. Аgar

adashmasa, u boshi sal qizigach, odatdagiday sahiyligi tutib ch o‘ntagidagi bor

pulni o‘rtaga tashlagan, o g‘aynilardan chaqqonro g‘i shartta olib,yana

do‘konga yugurgan…

…Boyxon bu kunni zor-zor kutgan edi. Endi esa ko‘ngli

aynib, qaqshab-titrab, daraxtga madorsiz suyanib turar, kimgadir tinmay

aljiragisi, ho‘ng-h o‘ng yig‘lagisi kelar, boyagina nafrat va masxaraga

limmo-lim yuragi yana qurib-qovjirab, halim tortib borar edi. Ketgin, meni

tashlab ketaqolgin. Shuncha xorlik, shuncha zorlik senga zarilmi? Yuzimga

miriqib tufla, dunyoni boshingga k o‘tarib qarg‘a, lekin meni tashlab ket.

Boyxon xotiniga xayolan murojaat qilarkan, o‘sha o‘rik daraxti yonidagi mehrli

tabassum, hovli b o‘ylab sassiz kuymalanishlar k o‘z oldidan lop-lop o‘tdi-yu

o‘z- o‘zidan o‘pkasi to‘lib, xo‘rligi keldi. Lekin ho‘ngrab yubormaslik uchun

gandiraklaganicha yurib ketdi. Kech kuzning erta qoron g‘uligi quyilib kelar,

biroq, k o‘cha-k o‘yda odamlar hali gavjum, mashinalar va g‘illab o‘tib qaytar

edi. Yo g‘in-sochindan darak b o‘lmasa-da, havo xiyla sovuq.

“Yo‘q, men baribir o‘shani obboraman, — deb o‘yladi

Boyxon gandiraklab yurib borarkan, — sovg‘a qilaman, sovg‘a…”

U qulab tushmaslikka tirishib, bir to‘xtab, bir yurib

borar, unda-munda uchrab qoluvchilar shosha-pisha o‘zlarini chetga olishar,

ba’zilari g‘ijinib, so‘kinib qolishar edi…Boyxon bir amallab o‘sha d o‘konga

yetib keldi. Ichkari kirdi. Do‘konning charo g‘onligidan k o‘zlari qamashib,

bir zum nafas rostlash dardida chetroqqa tisarildi. Ichkarida odam gavjum.

Sotuvchilarning qo‘li-qo‘liga tegmaydi. G‘ala- g‘ovur avjida. Boyxon bir

amallab peshtaxtaga yaqinlashdi. Yuragi nechundir, o‘z- o‘zidan gurs-gurs ura

ketdi.

“Hov, qushlar, — dedi xayolan u. – shoshmang, biz

sizlarga qo‘nalg‘a chizib beramiz. Biz ham…” Boyxon sotuvchi xotin va

xaridorlarning o‘ziga ajablanib-ajablanib tikilayotganini k o‘rib sal sergak

tortdi. Аftidan, u xayolida emas, tashida g‘uldiragandi. Boyxon beo‘xshov

ishshayib yana tasvirga suqlanib tikila boshladi.

— Xizmat, ukaginam. – deb so‘radi sotuvchi Xotin,

shekilli, u ukaginasini tanigan edi. Boyxon iljaya-iljaya:

— Opa, anovi… — dedi zo‘rg‘a.

Sotuvchi u gapini tugatmasdanoq o‘sha sopol ko‘zachani

do‘qillatib pushtaxtaga qo‘ydi. Boyxon ishshayib uni o‘ziga imladi:

— Opa, qulog‘ingizga bir gapim bor edi.

Sotuvchining ensasi qotdi:

— Аytavering.

— Shu.. iltimos, — deb g‘o‘ldiradi Boyxon ko‘zachani

qo‘li bilan silay turib, — shuningizni nasiyaga berib turing, jo-on opa, ertan

pul opkelaman, xo‘p. Sotuvchi Boyxonga qayrilib ham qaramay, ko‘zachani k

o‘tardi-yu, joyiga qo‘ydi.

Shu chog‘ boshqa bir xaridor entikib turgan Boyxonni

turtib yuborgudek b o‘lib o‘tdi-da:

— Ie, k o‘zachani bu yoqqa uzating, — dedi sotuvchiga

qarata, — ko‘raylik-chi…

Boyxon sergaklanib yoniga qaradi.

— O‘v, bu… meniki…

 

Xaridor hech vaqoga tushunmay bir Boyxonga, bir

sotuvchiga hayron tikildi.

— Sal kayfi taroq, e’tibor bermang, — dedi sotuvchi

qo‘l siltab. – xaridor oqilona bosh chayqab pul sanarkan, Boyxon peshtaxta

ustida yotgan ko‘zachaga chang soldi.

— Bu meniki… meniki…

Xaridor odob bilan yopishqoqni orqaga surib qo‘ydi.

— Qanday tuzsiz odamsiz, — dedi u Boyxonning tirsagi

tekkan kostyumini qoqa turib.

Boyxon shashtidan qaytmadi.

— Meniki… Sovg‘a qilaman…

Uning yoshdan xira tortgan ko‘zlari sopol ko‘zachadan

boshqa hech nimani ko‘rmas, quloqlari hech qanday hay-haylashni eshitmas, Аyni

cho g‘da tinmay aljirashni, janjal-to‘polon ko‘tarishni juda-juda istar edi.

Bo‘linma oldida tomosha talablar to‘plana boshladilar. Shu payt allaqaerdan

ayiqday baquvvat erkak sotuvchi paydo b o‘ldi-da, Boyxonni osongina q o‘ltiqlab

tashqarii tomon sudrab ketdi. Boyxon jon achchi g‘ida tipirlab qarshilik

qilishga urindi. Аmmo zum o‘tmay o‘zini oynaband eshik orasida k o‘rdi. Sovuq havoda eti

junjikdi.

— Yo‘qol! – dedi sotuvchi oyog‘i bilan yerni

tapillatib, go‘yo yosh bolani haydaganday. – Yo‘qolmasang hozir melisa

chaqiraman…

Barzangi mushti bilan yana bir bor p o‘pisa qildi-yu

o‘zini ichkari oldi. Boyxon qayoqqa yurarini bilmay ancha vaqt eshik oldida

garangsib turib qoldi. Uning qulab tushgday chayqalayotganini, g‘uldurab,

tushunuksiz s o‘kinayotganini k o‘rgan o‘tib-qaytuvchilar o‘zlarini darhol

chetga tortishardi. Qorong‘ulik

tobora quyuqlashardi...

 

Report Page