Kun.uz axborot nashrida e'lon qilingan maqola yuzasidan RASMIY MAʼLUMOT !

Kun.uz axborot nashrida e'lon qilingan maqola yuzasidan RASMIY MAʼLUMOT !


Poytaxt aholisini sifatli, qulay va xavfsiz jamoat transporti xizmatlari bilan taʼminlash maqsadida, Transport vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Ichki ishlar vazirligi hamda "Toshshahartransxizmat" AJ mutaxassislari hamkorlikda avtobuslarning yo‘nalishlarda barqaror harakatini taʼminlash bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda, jumladan:

Aholi harakatlanishiga katta ehtiyoji mavjud, jamoat transporti qatnov intensivligi yuqori bo‘lgan ko‘chalarda avtobuslar uchun alohida yo‘laklarni joriy etish, bunda bekatlar yaqinida yengil transport yo‘lovchilarini tushurish/chiqarish uchun hududlar tashkil etish, chorrahalarda avtobuslar harakatining ustuvorligini taʼminlaydigan alohida svetoforlarni joriy etish uchun har bir obyekt (bekat, chorraha, yo‘l uchastkalari) kesimida alohida o‘rganilib, mavjud muammolarning yechimlar ishlab chiqilmoqda va joriy etilmoqda;

Xususan, Yunusobod tumani Rixsili ko‘chasida yo‘l bo‘yida chinor daraxti yo‘lning qatnov qismiga qarab o‘sganligi, ushbu uchastkada harakatlanayotgan o‘ta katta sig‘imli 18 metrli avtobusning tom qismidagi gaz uskunalari tashqi qobig‘ini zararlanishiga sabab bo‘lgandi. Ushbu muammoli uchastkada Transport vazirligi Loyiha ofisi, IIV YHXB Yo‘l nazorat bo‘limi mutaxassislari tomonidan harakatni tashkil etishni takomillashtirish orqali avtobuslar harakat xavfsizligini taʼminlagan holda, hozirda amaldagi tartib bo‘yicha kesilishi kerak bo‘lgan daraxt saqlab qolindi;

Shu bilan birga, poytaxtda shaxsiy avtotransport sonining ortishi, ayrim haydovchilar tomonidan yo‘l harakati qoidalariga rioya etilmaslik natijasida, avtobuslarning belgilangan yo‘nalishlaridan harakatlanishida muammolar yuzaga kelmoqda. Ya'ni, 2023-yilning 2-may kuni soat 12:30 da, Yunusobod tumani, Bog'ishamol ko'chasidan harakatlanayotgan "4-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan davlat raqami 01| 476 MKD, saroy raqami 327-bo'lgan 38-sonli avtobus yo'nalishi belgilangan harakat chizmasiga asosan, “Olchazor mahallasi - O‘zbekqishloqmash zavodi” yo'nalishida harakatlanadi. "O‘zbekqishloqmash zavodi” so'nggi bekatida Bog'ishamol ko'chasi va Mingo'rik ko'chasi tutashgan chorraha orqali orqaga qayrilib olib harakatlanishi belgilangan. Ammo 2-may kuni soat 12:30 da ushbu chorrahada "Kobalt" va "Matiz" rusumli yengil avtotransport vositalari bilan sodir bo'lgan yo'l-transport hodisasi sababli, avtobus belgilangan chorrahadan emas, balki, 15 metr narida joylashgan (qayrilib olish taqiqlangan) joydan qayrilib olish uchun harakatni boshlagan. Ammo ushbu qayrilib olish joyida katta beton ustun mavjudligi sababli avtobus haydovchisi qayrilib olishni to'liq amalga oshirolmagan. Holatga guvoh bo'lgan yo'lovchilar 10 daqiqadan so'ng avtobus haydovchisiga qayrilib olishda yordam berishgan va haydovchi harakatni davom ettirgan. Ta'kidlash kerakki, 2- may kuni, ushbu avtobus yo'nalishidagi jadval asosida harakatlangan avtobuslar belgilangan chorrahadan qayrilib olishda hech qanday qiyinchilikka uchramagan, maqolada keltirilgan holat ushbu chorrahada yuz bergan yo'l-transport hodisasi oqibatida yuzaga kelgan.

Shuningdek, avtobuslar harakat barqarorligini taʼminlash, barcha harakat ishtirokchilari xavfsizligini hamda yo‘l infratuzilmalaridan foydalanish samaradorligini taʼminlash maqsadida, yuqoridagi idoralar hamkorligida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda, jumladan:

Yo‘lovchi va transport oqimi yuqori bo‘lgan, bir kunda 12 mingdan ziyod qatnovlar amalga oshiriladigan A.Temur, Shahrisabz, Shota Rustaveli ko‘chalari bo‘yicha harakatni tashkil etishni takomillashtirish, yo‘l bo‘yi tartibsiz parkovkalarni cheklash va tartibga solish, chorrahalar o‘tkazuvchanligini oshirish, avtobuslar harakati barqarorligini taʼminlashga qaratilgan kompleks yechimlar ishlab chiqilmoqda. Mazkur ko‘chalar misolidagi yechimlar joriy yilda poytaxtimizning 13 ta asosiy transport arteriyalari bo‘yicha ishlab chiqilib amaliyotga joriy etilishini ma'lum qilamiz!







Report Page