Kuni kecha “O‘zaeronavigatsiya” Markazi DUKning Yoshlar ittifoqi yetakchisi va Toshkent davlat transport universiteti talabalari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Kuni kecha “O‘zaeronavigatsiya” Markazi DUKning Yoshlar ittifoqi yetakchisi va Toshkent davlat transport universiteti talabalari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi


Do‘stona va professional ruhda o‘tgan tadbir TDTU “Havodagi harakatini boshqarish” yo‘nalishi talabalarini birlashtirdi.

Uchrashuvda aeronavigatsiya sohasida va HHB xizmatida amalga oshirilayotgan joriy va rejalashtirilayotgan islohotlar haqida to‘liq ma’lumot berildi. Talabalarga o‘qishni muvaffaqiyatli yakunlash va “O‘zaeronavigasiya” Markazi DUKning malakali mutaxassislari safiga qo‘shilishlari uchun zarur chora-tadbirlar bo‘yicha kompleks ko‘rsatmalar berildi.

Tadbir so‘ngida, Yoshlar ittifoqi yetakchisi, talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berdi va ularning takliflarini diqqat bilan tingladi. Ushbu ochiq muloqot talabalarning kelajakdagi kasbiy yo'lida qo'shimcha aniqlik va ishonchga ega bo'lishga yordam berdi va O'zbekistonda ННB sohasida yuqori malakali mutaxassislarni shakllantirish yo'lidagi muhim qadam bo'ldi.

 

Report Page