Kristallogidratlarda foiz konsentratsiya
Mening birinchi instant view mavzuimKristallgidratlar - tuzlarning o'ziga kristallizatsion suvni biriktirishi natijasida hosil bo'lgan murakkab moddalardir.
Kristallogidratlarni nomlanishi 2 xil bo'lishi mumkin:
1. Tarixiy - bunda kiristallgidratning ishlatilish sohasi yoki topilgan manbasi asosida qadimdan qo'llanilib kelayotgan nomlari aks ettiriladi. Masalan,
CuSO4 ·5H2O - mis kuporosi.
2. Sistematik (IUPAC) - bunda dastlab kristallogidrat hosil qilgan tuz nomi so'ngra tarkibidagi suvlar sonining yunoncha nomi hamda oxirida gidrat so'zini qo'shish orqali hosil qilinadi. Masalan, CuSO4 ·5H2O -mis(II)-sulfatpentagidrat.
Foiz konsentratsiya - eritmaning ma'lum massasida erigan moddaning massasini foizlarda ifodalangan qiymatidir. Bunda erigan modda massasini eritmaning umumiy massasiga bo'lib 100 ga ko'paytirish orqali hisoblanadi.
m (erigan modda massasi)
C%= ------------------------------------*1000
M (eritma massasi)
Keling endi kristallogidratlar foiz konsentatsiya mavzusi yuzasidan beriladigan ayrim masalalarning yechimini o'rganib chiqamiz.
1-masala:
75 g CuSO4 ·5H2O 125 ml suvda eritilganda hosil bo'lgan eritmaning konsentratsiyasini (%) toping.
Yechim:
1. Ushbu masalani ishlash uchun biz dastlab kristallogidrat suvda eritilganda hosil bo'ladigan eritma massasini hisoblab olamiz.
75+125=200 g eritmaning umumiy massasi.
2. Kristallogidrat tarkibidagi tuzning massasini hisoblaymiz (Izoh: Kristallogidratlar suvda eritilganda kristallizatsion suv uning tarkibidan chiqib eritmadagi suvning ) massasini oshiradi).
250 g(CuSO4 ·5H2O) - - - 160 g(CuSO4)
75 g (CuSO4 ·5H2O) - - x =48 g tuz bor.
3. Biz eritma va erigan modda massalarini bilgan holda eritmaning foiz konsentratsiyasini hisoblaymiz.
C% =48*100/200=24 %
Javob: Hosil bo'lgan eritmaning konsetratsiyasi 24 %.
2 - masala: 55,6 g temir kuporosiga qancha (ml) suv qo'shsak 20 % li eritma hosil bo'ladi?
Yechim:
1. Dastlab temir kuporosi tarkibidagi tuzning massasini aniqlab olamiz.
FeSO4 · 7H2O (Mr=278 g/mol)
FeSO4 (Mr =152 g/mol)
278 g - - - - - 152 g tuz
55,6 g - - - - x=30,4 g tuz.
2. Kristallgidratga suv qo'shilganligi sababli uning tarkibidagi tuzning massasi o'zgarmasligini bilgan holatda, hosil bo'lgan eritmaning foiz konsentratsiyasi orqali eritma massasini aniqlab olamiz.
30,4 g - - - - - 20 %
152g =x - - - -100 %
3. Endi eritmaning umumiy massasidan kristallogidrat massasini ayirish orqali suvning massasini hisoblaymiz.
152 - 55,6 =96,4 g =96,4 ml suv.
Javob: 96,4 ml suv qo'shilgan.
3 - masala:
200 ml suvga necha g MgSO4 · 7H2O eritsak 20 % li eritma hosil bo'ladi?
4-masala:
80 g 10 % li CuSO4 eritmasiga 70 g mis kuporosi qo'shilganda hosil bo'ladigan eritmaning foiz konsentratsiyasini hisoblang.
Yechim:
5 - masala:
800 g 20 % li CaCl2 eritmasini hosil qilish uchun necha gramm CaCl2 · 6H2O va 10 % li CaCl2 eritmalari kerak?
Yechim:
6-masala:
25 g CuSO4 ·nH2O 55 ml suvda eritilsa 20 % li eritma hosil bo'ldi. "n" ning qiymatini toping.
Yechim:
E'tiboringiz uchun rahmat.
Ibodullayev Suhrob.