Koʻza shoʻrva
⏳Koza shorva
Uyda barcha qoidalarga rioya qilgan holda juda mazali qaynatma sho’rva tayyorlashni maslahat beraman. Ushbu sho’rva qo’y go’shti, sersuv sabzavotlar va xushbo’y ziravorlardan tashkil topgan.
Bunday sho’rva qovurilmay tayyorlanadi, ammo bu sho’rva ta’mini buzmaydi, aksincha, unga o’zgacha maza taqdim etadi.oddiy qozonda qaynagan shorvadan 😍keskin farq qiladi.
Kerakli masalliqlar:
1. Go’sht — 500 gr.
2. Piyoz — 2 dona
3. Kartoshka — 3 dona
4. Sabzi — 1 dona
5. Pomidor — 1-2 dona
6. Bulg’or qalampiri — 2 hil 1tadan
7. Sarimsoq piyoz — 5-6 bo’lak
8.dumba-ozgina
Ziravorlar
Tayyorlanishi:
Ko’zalarning ichiga, avval, kerakli bo’laklarga bo’lingan go’sht, sabzi, kartoshka, pomidor, piyoz, sarimsoq piyoz, bulg’or qalampirlari, ko’katlar solinadi va tuzi rostlanadi. Ta’bingizga ko’ra ziravorlar solsa xam bo’ladi. Ustidan, masallliqlarni ko’mgunicha suv solinadi. So’ng, ko’zalar oldindan qizdirilgan gaz duhovkasiga joylashtiriladi. Ko’zadagi suv qaynab chiqqach, gaz duhovkasining olovi o’rtacha pasaytiriladi. Bunda, ko’zadagi suv miqdori kamayib ketmasligi shart. Bu ko’za sho’rvani, go’shtning qattiq yoki yumshoqligiga qarab, 1,5-2 soat pishiriladi.(manda 3-3 yarim soatda pishdi)
Taom sho’rvasi aloxida kosada va masalliqlari likopchada dasturhonga tortiladi.
recept_saya sahifasidan olindi
Yoqimli ishtaxa azizlar😋🥰💛
Kunlik_retseptlar kanali