Koson tumani filiali hafta ichida
Koson tuman filialiga 8-12-may kunlari oralig'ida 10 ta noturar binoga, 26 ta yakka tartibdagi turar-joyga, 6 ta kop qavatli uydagi xonadonga, 2 ta yer uchastkasiga kadastr hujjati tayyorlash bo'yicha jami 44 ta murojaat kelib tushgan.
Mazkur arizalar asosida 10 ta ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasporti rasmiylashtirilib, Davlat xizmatlari markazlari orqali mulkdorlarga taqdim qilindi.
Turar obyektlarni foydalanishga qabul qilish bo'yicha esa filialga 4 ta murojaat kelib tushdi. Murojaatlarning 4 tasi filail mutaxassislari tomonidan ijobiy hal etilgan bo'lib, ayni vaqtda tuman Qurilish bolimi tomonidan o'rganib chiqilmoqda.
Obyektni ixtisosini o'zgartirish va rekonstruksiya qilish bo'yicha esa filialimizga 4 ta murojaat kelib tushdi. Kelib tushgan 4 ta murojaatning barchasi filial tomonidan ijobiy hal etildi.
Filialimiz arxivida saqlanayotgan 30 ta ko'chmas mulkka oid qog'oz ko'rinishidagi hujjatlar arxiv bazasiga kiritilib,. hujjatlarning elektron ko‘rinishga o‘tishi ta'minlandi.
So’rovnomalar shaklidagi jami 3 ta murojaatlardan 2 tasi ijobiy hal etilgan, 1 tasi o'rganib chiqilmoqda.
Mas'ul xodimlar tomonidan Ko‘chmas mulk-3” dasturiga kiritilgan ko’chmas mulklarga oid 30 dan ziyod kamchiliklar bartaraf etildi.
Bir hafta ichida Uz kad dasturiga tumandagi 108.40 gektar yer maydoni hisobga olindi. Hisobga olingan 24,0 gektar yer maydoni davlat ro’yxatidan o’tkazildi.